Avgustda qanday ob-havo kuzatiladi?
1 avgust 2022, 15:15

Avgustda qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda avgust oyida havo harorati iyulga qaraganda 1,5−2,5 daraja salqinroq bo‘ladi. Bu yilgi avgust nisbatan qulay harorat bilan boshlanadi va oy oxiriga qadar ustunlik qiladi. Biroq, juda issiq ob-havo kuzatilishi ehtimoldan holi emas, deb xabar qildi O‘zgidromet.

IT-mutaxassislar uchun sovrini $1 mlnlik prezident tanlovi o‘tkaziladi
1 avgust 2022, 12:51

IT-mutaxassislar uchun sovrini $1 mlnlik prezident tanlovi o‘tkaziladi

Inha universiteti talabasi Yasmina Ablayeva Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatda har yili IT-muxatassislar uchun prezident tanlovini o‘tkazish taklifini bildirdi. Davlat rahbari buning uchun $1 mlnlik ajratilishini ma’lum qildi. «Biz bu pulni topib, tanlovni e’lon qilishga harakat qilamiz», — dedi prezident.

Hafta davomida havo isib ketmaydi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi
1 avgust 2022, 11:54

Hafta davomida havo isib ketmaydi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi

Avgust oyi quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanadi, harorat +39 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li va tog‘ oldi hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi kutilmoqda. Shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi.

O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon ilk bor uch tomonlama muzokara o‘tkazadi
1 avgust 2022, 11:15

O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon ilk bor uch tomonlama muzokara o‘tkazadi

Toshkentda ilk bor O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon tashqi ishlar, savdo va transport vazirlari uch tomonlama muzokara o‘tkazadi. «Bu mutlaqo yangi mexanizm», — dedi O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Navoiyda 3,2 mlrd so‘mlik 30 dona mayning qurilmasi o‘g‘rilab ketildi
1 avgust 2022, 11:04 1

Navoiyda 3,2 mlrd so‘mlik 30 dona mayning qurilmasi o‘g‘rilab ketildi

Navoiy viloyatida qiymati 3 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 30 dona AntMiner T19 mayning qurilmasini o‘g‘rilagan ikki shaxs qo‘lga olindi. Hozirgacha 13 ta qurilma topilgan.

Andijon va Jizzax viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
1 avgust 2022, 10:08

Andijon va Jizzax viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Dilshadbek Karimov Andijon viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga, Akmal Savurbayev Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. O‘tkirbek Raxmanov esa Zafarobod tumaniga hokim bo‘ldi.

Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq muhokamasi yakunlandi
1 avgust 2022, 09:50

Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq muhokamasi yakunlandi

O‘zbekiston Konstitutsiyasini o‘zgartirish bo‘yicha fuqarolarning takliflarini qabul qilish muddati o‘z yakuniga yetdi. Konstitutsiyaviy komissiya 117 mingdan ortiq taklif yuborilganini ma’lum qildi. Deputatlar loyihani takomiliga yetkazadi. Bu jarayon qanchalik ochiq bo‘lishi esa hozircha noma’lum.

Toshkentda yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketgan Matiz haydovchisi vafot etdi
31 iyul 2022, 14:56

Toshkentda yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketgan Matiz haydovchisi vafot etdi

Toshkentning Bektemir tumanida Matiz va Howo yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.

Toshkent viloyatida 2 gektar yerni $500 mingga sotishga uringanlikda gumon qilingan shaxs ushlandi
31 iyul 2022, 13:24

Toshkent viloyatida 2 gektar yerni $500 mingga sotishga uringanlikda gumon qilingan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida fuqaro boshqa fuqaroga qarashli issiqxona uchun ajratilgan 2 gektar yer maydonini ishlab chiqarish sexi qurmoqchi bo‘lgan shaxsga 500 ming dollarga sotishga uringanlikda ayblanmoqda. U so‘ralgan puldan 50 ming dollarini olgan vaqtida DXX tomonidan qo‘lga olindi.

«Jamiyatimizda ko‘pmillatli katta yagona oila tuyg‘usini kuchaytirish muhim» — prezident
30 iyul 2022, 21:43

«Jamiyatimizda ko‘pmillatli katta yagona oila tuyg‘usini kuchaytirish muhim» — prezident

Prezident Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida mana shunday murakkab zamonda doimo ogoh va hushyor bo‘lib yashash, bebaho boylik bo‘lmish barqarorlikni saqlash, jamiyatda ko‘pmillatli katta yagona oila tuyg‘usini kuchaytirish qanchalik muhim va dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganini ta’kidladi.

Boks: Elnur Abduraimov Leonel Morenoni nokautga uchratdi
30 iyul 2022, 21:07

Boks: Elnur Abduraimov Leonel Morenoni nokautga uchratdi

O‘zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov AQShda meksikalik Leonel Morenoni nokautga uchratib, vakant bo‘lgan IBF North American kamari sohibiga aylandi. O‘zbekistonlik sportchi shu vaqtga qadar mag‘lubiyatga uchramagan va g‘alabalarining 90 foizini muddatidan oldin yakunlagan.

Ukrainada aholiga osh tarqatib kelgan Sardor Hakimov raketa zarbasidan halok bo‘ldi
30 iyul 2022, 17:52 1

Ukrainada aholiga osh tarqatib kelgan Sardor Hakimov raketa zarbasidan halok bo‘ldi

Ukrainada mahalliy aholiga palov ulashib kelgan o‘zbekistonlik Sardor Hakimov raketa zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. U otishma paytida yerto‘lada palov pishirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan.

O‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarida sirtqi va kechki ta’lim tartibi tasdiqlandi
30 iyul 2022, 16:44

O‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarida sirtqi va kechki ta’lim tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan professional ta’lim muassasalariga sirtqi va kechki ta’lim shakliga qabul qilish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, sirtqi ta’limda mustaqil, jumladan masofadan turib o‘qish, kechki ta’limda esa bu ikki uslubga qo‘shimcha ravishda tushdan keyin auditoriyada mashg‘ulot o‘tilishi mumkin.

«Mening yuzimni internetga qo‘yishga haqqing yo‘q». PPX inspektori voyaga yetmagan bolaga qo‘pol muomala qildi
30 iyul 2022, 13:32

«Mening yuzimni internetga qo‘yishga haqqing yo‘q». PPX inspektori voyaga yetmagan bolaga qo‘pol muomala qildi

Toshkentning Yashnobod tumanida PPX inspektori voyaga yetmagan bola bilan qo‘pol muomalada bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Xodim bolaga uning videosi, jumladan «yuzini internetga chiqarishga haqqi yo‘qligini» aytib, aks holda uni va ota-onasini sudga berish bilan qo‘rqitgan. IIV holatga munosabat bildirdi.

“Islohotlar oldinga siljishi, strategiyalar darajasida qolib ketmasligi muhim” — YeIning O‘zbekistondagi elchisi
30 iyul 2022, 13:10

“Islohotlar oldinga siljishi, strategiyalar darajasida qolib ketmasligi muhim” — YeIning O‘zbekistondagi elchisi

YeI elchisi Sharlotta Adrian “Gazeta.uz” ga Kengaytirilgan hamkorlik to‘g‘risidagi yangi kelishuvning ustuvor yo‘nalishlari, odamlar o‘rtasidagi muloqotning ahamiyati va prezident Shavkat Mirziyoyevning maslahatlari haqida gapirdi. U Rossiyaga qarshi G‘arb sanksiyalari haqidagi fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdi.

Qoraqalpog‘iston IIVga yangi rahbar tayinlandi
30 iyul 2022, 10:54

Qoraqalpog‘iston IIVga yangi rahbar tayinlandi

Qoraqalpog‘istonda kadrlar o‘zgarishi davom etmoqda. Bungacha Qo‘ng‘irot tumani ichki ishlar bo‘limiga rahbarlik qilgan Baxtiyar Torebekov respublika ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi.

Nima tayyorlaymiz: Sabzavotli taomlar
30 iyul 2022, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Sabzavotli taomlar

Tovuq va sabzavotli vok lapshasi, sabzavotli kish, ajabsanda, sabzavotli ragu, tovuq va sabzavotlardan qilingan toblatma, turkcha ratatuy, sabzavotlar bilan cho‘pchalarda pishirilgan tovuq — Zira.uz turli xil mazali sabzavotli taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Mudofaa vazirligi davlat xaridlari sohasida qonunbuzarliklar haqidagi xabarni rad etdi
30 iyul 2022, 09:48

Mudofaa vazirligi davlat xaridlari sohasida qonunbuzarliklar haqidagi xabarni rad etdi

Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun buzilishi haqidagi xabarini rad etdi. Huquqbuzarliklar Mudofaa vazirligi budjet mablag‘lariga aloqasi bo‘lmagan «Xarbiy savdo» korxonalarining 5 yillik faoliyati davomida sodir etilgan, deyiladi xabarda.

Moskvada yotoqxonadagi yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
30 iyul 2022, 09:02

Moskvada yotoqxonadagi yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Moskvadagi yong‘inda sakkiz kishi vafot etdi, ulardan ikki nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. FVVning xabar berishicha, derazalardagi panjaralar va yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda ishlamay qolgan signalizatsiya odamlarni qutqarib qolishga to‘sqinlik qilgan.

29 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
29 iyul 2022, 21:56

29 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yo‘l qurilishida noqonuniy sarflangan milliardlab so‘mlik mablag‘lar, tiriklik haqidagi ma’lumotnomaga izoh, magistraturaga topshirilayotgan sertifikatlarning 70 foizi soxtaligi, IT kasblar haqida gapirgan prezident, to‘siq tegib vafot etgan keksa ayol va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting