“Ancha paytdan beri yutqizmayotgan edik, shu sabab bu muxlislar uchun og‘ir” — Srechko Katanets
15 noyabr 2024, 15:25

“Ancha paytdan beri yutqizmayotgan edik, shu sabab bu muxlislar uchun og‘ir” — Srechko Katanets

Qatardan uchralgan mag‘lubiyat Srechko Katanets qo‘l ostidagi O‘zbekiston terma jamoasining 17 o‘yindagi mag‘lubiyatsiz seriyasini to‘xtatdi. U 2:2 hisobida futbolchilarga himoyada o‘ynashni tayinlamaganini aytdi. “Ancha paytdan beri mag‘lubiyatga uchramayotgan edik, shu sabab bu muxlislar uchun og‘ir” — dedi murabbiy.

Estoniya aholi orasida pul yetishmasligi tufayli jinoyatchilik ko‘payganini e’lon qildi
15 noyabr 2024, 15:17

Estoniya aholi orasida pul yetishmasligi tufayli jinoyatchilik ko‘payganini e’lon qildi

Estoniya adliya va raqamli texnologiyalar vaziri mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, jumladan, pul yetishmovchiligi tufayli jinoyatchilik 4 foizga ortganini ma’lum qildi. Bunda oziq-ovqat va velosiped o‘g‘irlash soni eng ko‘p o‘sgan. Mamlakat inflyatsiya bo‘yicha Yevrohududda uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi
15 noyabr 2024, 14:59

Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi

O‘zbekistonda 16−17-noyabr, dam olish kunlari havo asta-sekin ilib, harorat +14…+17 darajagacha ko‘tariladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, lekin kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim ishtirokchisiga aylandi
15 noyabr 2024, 14:53

O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim ishtirokchisiga aylandi

O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy qog‘ozsiz savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi. Hujjat elektron savdo hujjatlarini o‘zaro tan olishga ko‘maklashadi. Bu hamkor davlatlar bilan eksport-import operatsiyalarini tezlashtirish imkonini beradi, deb kutilmoqda.

Ukraina hukumati mamlakat uchun “matonat rejasi”ni e’lon qildi
15 noyabr 2024, 14:49

Ukraina hukumati mamlakat uchun “matonat rejasi”ni e’lon qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kelgusi haftada mamlakat uchun urush davridagi “matonat rejasi”ni taqdim etishini bildirdi. U o‘nta bandni, jumladan, Ukrainaning “madaniy suvereniteti”, xavfsizlik, energetika va qurol-yarog‘ va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

Yangiyo‘l shahriga yangi hokim tayinlandi
15 noyabr 2024, 14:07

Yangiyo‘l shahriga yangi hokim tayinlandi

Shu vaqtgacha Yangiyo‘l shahri hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan Dilshod Sultonov lavozimidan ozod etildi. Shahar hokimi lavozimiga Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan Ravshan Raimov tayinlandi.

SSV huzurida Xaridlar markazi tashkil etilib, dorilar 15 oylik talab asosida xarid qilinadi
15 noyabr 2024, 12:31

SSV huzurida Xaridlar markazi tashkil etilib, dorilar 15 oylik talab asosida xarid qilinadi

SSV huzurida dorilarini ishlab chiqaruvchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish hamda ularni hududlarga yetkazib berish imkoniyatini beruvchi Xaridlar markazi tashkil etilmoqda. Shifoxonalar uchun dorilar 15 oylik talabdan kelib chiqib sotib olinadi, yaroqlilik muddati yaqin qolgan dorilarni xarid qilish taqiqlanadi.

O‘zbekistonda bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skrining usullari takomillashtiriladi
15 noyabr 2024, 12:11

O‘zbekistonda bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skrining usullari takomillashtiriladi

O‘zbekistonda bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash uchun PSR va sitologik tekshiruvdan foydalangan holda skriningdan o‘tkazishni kengaytirish reja qilinmoqda. SSV rahbari Asilbek Xudayarovga ko‘ra, saratonni erta aniqlashning har bir holati uchun bonuslar berish tajribasi muvaffaqiyatli o‘tgan.

Samarqandda diniy ekstremistik materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigit qamaldi
15 noyabr 2024, 11:39

Samarqandda diniy ekstremistik materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigit qamaldi

Samarqandning Nurobod tumanida yashovchi yigit Telegram orqali diniy ekstremistik materiallarni tarqatib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Elektron shaklda sug‘urta polislarini rasmiylashtirish tartibi tasdiqlandi
15 noyabr 2024, 10:48

Elektron shaklda sug‘urta polislarini rasmiylashtirish tartibi tasdiqlandi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrug‘i bilan elektron shaklda sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi. Hujjat 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.

O‘zbekistonga ayrim quyosh panellari importi 2025-yildan cheklanadi
15 noyabr 2024, 10:04

O‘zbekistonga ayrim quyosh panellari importi 2025-yildan cheklanadi

2025-yildan boshlab O‘zbekistonda BNEF Tier-1 xalqaro ro‘yxatiga kirmaydigan ishlab chiqaruvchilardan quyosh panellari, invertorlar va akkumulyatorlarni olib kirishga taqiq joriy etiladi.

O‘zbekistonning mojaroli hududlardan qaytganlarni reintegratsiya qilish tajribasi BMTda ko‘rib chiqilmoqda
15 noyabr 2024, 09:58

O‘zbekistonning mojaroli hududlardan qaytganlarni reintegratsiya qilish tajribasi BMTda ko‘rib chiqilmoqda

BMT shtab-kvartirasida O‘zbekistonning mojaroli hududlardan qaytganlarni reintegratsiyalash tajribasi ko‘rib chiqildi. “Davlatlar O‘zbekiston tajribasidan kelib chiqqan holda reabilitatsiya va reintegratsiya strategiyalarini ishlab chiqishi dolzarb masala”, — dedi BMT Aksilterror qo‘mitasi rahbari Vladimir Voronkov.

Toshkentdagi School 21: sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha ta’lim intensivi o‘tkazildi
15 noyabr 2024, 09:00

Toshkentdagi School 21: sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha ta’lim intensivi o‘tkazildi

School 21 kampusida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasi uchun “SI-kasb transformatsiyasi: raqamli yordamchi bilan yangi marralar sari” mavzusida ta’lim intensivi bo‘lib o‘tdi.

JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston so‘nggi soniyalarda Qatarga mag‘lub bo‘ldi (video)
14 noyabr 2024, 23:40

JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston so‘nggi soniyalarda Qatarga mag‘lub bo‘ldi (video)

O‘zbekiston futbolchilari JCh-2026 saralashi bahsida Qatarga imkoniyatni boy berdi. Jamoa ikkinchi bo‘limda Abbosbek Fayzullayevning dubli evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lgandi, biroq qatarliklar o‘yinning so‘nggi soniyalarida g‘alaba to‘pini kiritdi (video).

Farg‘onada ohak sexi 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
14 noyabr 2024, 23:19

Farg‘onada ohak sexi 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Farg‘ona shahrida noqonuniy ohak ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, 1 mln kub metr tabiiy gazdan foydalangan fuqarolar ushlandi. Ular davlat manfaatiga 2,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan.

“O‘zini hamprezidentdek tutyapti”. Trampning atrofidagilar Maskdan charchay boshladi — NBC
14 noyabr 2024, 22:52

“O‘zini hamprezidentdek tutyapti”. Trampning atrofidagilar Maskdan charchay boshladi — NBC

Milliarder Ilon Mask saylangan prezident Donald Trampga deyarli doim yaqin bo‘lib, qarorlariga ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. Bu siyosatchi atrofidagilarni g‘azablantira boshlagan, ularga ko‘ra, Mask “o‘zini hamprezidentdek tutyapti”, Trampni “o‘zidan qarzdor his qildirish”ga harakat qilyapti, deb yozdi NBC.

Boy mamlakatlarga migratsiya rekord darajaga yetdi — FT
14 noyabr 2024, 22:16

Boy mamlakatlarga migratsiya rekord darajaga yetdi — FT

Dunyoning eng rivojlangan mamlakatlariga qonuniy migratsiya 2023-yilda rekord darajaga yetdi. Migrantlar oqimi ularga inflyatsiya inqirozidan chiqishga yordam bermoqda, ammo saylovchilarning noroziligini ham keltirib chiqarmoqda, bu esa saylov natijalariga ta’sir qilmoqda, deb yozdi Financial Times.

Ipoteka subsidiyalarini olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
14 noyabr 2024, 21:58

Ipoteka subsidiyalarini olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda ipoteka subsidiyalarini olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Arizalarni ko‘rib chiqish jarayoni 14 ish kunidan 5 ish kunigacha qisqartiriladi. Foiz to‘lovlarining kompensatsiyalangan qismi oshadi, subsidiya berishning ijtimoiy mezonlari ham o‘zgaradi.

Urganch va A380 trassasi o‘rtasidagi 81 km yo‘l 294 mln dollarga rekonstruksiya qilinadi
14 noyabr 2024, 21:31 1

Urganch va A380 trassasi o‘rtasidagi 81 km yo‘l 294 mln dollarga rekonstruksiya qilinadi

Xorazmdagi “Urganch — Xonqa — Hazorasp — Toshsoqa — Amudaryo — A380” avtoyo‘li rekonstruksiyasi uchun 294 mln dollar mablag‘ sarflanadi. Loyihani moliyalashtirish uchun YeTTBning 238 mln dollar miqdoridagi krediti jalb etildi. Shuningdek, yo‘l bo‘ylab 30 ming tup daraxt ekish rejalashtirilmoqda.

Maktab o‘quvchilari mini sun’iy yo‘ldoshning sinov parvozlarini amalga oshirdi
14 noyabr 2024, 21:09

Maktab o‘quvchilari mini sun’iy yo‘ldoshning sinov parvozlarini amalga oshirdi

“O‘zbekkosmos” agentligi CanSat mini sun’iy yo‘ldosh sinov parvozlarini tashkil etdi, unda 100 dan ortiq maktab o‘quvchisi ishtirok etdi. Modullar dron yordamida 500 metrgacha balandlikka ko‘tarildi, u yerda balandlik, harorat va bosim haqidagi ma’lumotlar qayd qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting