Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun qaysi davlat tashkilotlari va kompaniyalarga tatbiq etiladi? Ro‘yxat
13 noyabr 2024, 15:45

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun qaysi davlat tashkilotlari va kompaniyalarga tatbiq etiladi? Ro‘yxat

O‘zbekistonda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlandi. Unga deyarli barcha davlat organlari, yirik davlat korxonalari, hokimiyatlar, vazirliklar kiritildi. Yil boshidan beri 1488 nafar xodim kompaniya ta’sischisi ekani aniqlandi.

Qonuniy tashqi reklama konstruksiyalari noqonuniy buzilganda Biznes ombudsmanga xabar berish so‘raldi
13 noyabr 2024, 15:27

Qonuniy tashqi reklama konstruksiyalari noqonuniy buzilganda Biznes ombudsmanga xabar berish so‘raldi

Tadbirkorlarning qonun talablariga mos o‘rnatilgan tashqi reklama obyektlari noqonuniy buzilsa, 1100 qisqa raqami orqali biznes ombudsmanga murojaat qilishga chaqirildi.

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning 35 foiz aksiyalari 200 mlrd so‘mga sotildi
13 noyabr 2024, 14:40

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning 35 foiz aksiyalari 200 mlrd so‘mga sotildi

Davaktiv “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” korxonasining 35 foiz ulushi sotilganini e’lon qildi. Kelishuv 200 mlrd so‘mga baholangan. Xaridor Cotton Logistics bo‘ldi.

Toshkentda pulli “parkovka”lar tashkil etish uchun auksion o‘tkaziladi
13 noyabr 2024, 14:37

Toshkentda pulli “parkovka”lar tashkil etish uchun auksion o‘tkaziladi

Toshkent shahri hokimligi pulli to‘xtash joylarini boshqarish huquqi uchun auksion o‘tkazadi. Maydonlarning umumiy hajmi 262,8 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Barcha to‘xtash joylari bir lot sifatida sotilmoqda.

Birjada Ai-80 benzini narxining yuqori chegarasi o‘rnatildi
13 noyabr 2024, 14:29

Birjada Ai-80 benzini narxining yuqori chegarasi o‘rnatildi

Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini narxining yuqori chegarasini belgiladi. 12-noyabr kuni yoqilg‘i narxi bir tonna uchun 10,6 mln so‘mga yetgan bo‘lsa, cheklovlar joriy etilgandan so‘ng kotirovkalar o‘rtacha 10 foizga pasaydi.

O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston rahbarlari “yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish to‘g‘risida bitim imzoladi
13 noyabr 2024, 13:55

O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston rahbarlari “yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish to‘g‘risida bitim imzoladi

COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon rahbarlari “yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

Grippdan so‘ng organizm qancha vaqtda tiklanadi?
13 noyabr 2024, 13:39

Grippdan so‘ng organizm qancha vaqtda tiklanadi?

Isitma me’yorlashib, yo‘tal va burun oqishi to‘xtagach, grippdan to‘liq tuzaldim, deb o‘ylash yanglish xulosadir, deb ta’kidlaydi SSV. Vazirlik kasallikdan qancha vaqtda to‘liq xalos bo‘lish va xastalikdan so‘ng nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida ma’lumot berdi.

Tramp o‘z ma’muriyatini shakllantira boshladi. Unda asosiy lavozimlarni kimlar egallamoqda?
13 noyabr 2024, 13:13

Tramp o‘z ma’muriyatini shakllantira boshladi. Unda asosiy lavozimlarni kimlar egallamoqda?

AQShning yangi prezidenti Donald Tramp o‘zining yangi ma’muriyatini shakllantirmoqda. Davlat kotibi lavozimini Trampning ishonchli vakili Marko Rubio egallashi kutilmoqda. Saylovoldi kampaniyasini de-fakto boshqargan Syuzan Uayls esa Oq uy ma’muriyati rahbari bo‘ladi. Tafsilotlar.

Tramp Ilon Maskni hukumat samaradorligi departamenti rahbari lavozimiga qo‘yadi
13 noyabr 2024, 11:58

Tramp Ilon Maskni hukumat samaradorligi departamenti rahbari lavozimiga qo‘yadi

Donald Tramp uni saylov chog‘ida qo‘llab-quvvatlagan Ilon Maskni hukumatning samaradorlik departamenti yangi rahbari etib tayinladi. Tramp, shuningdek, Pentagon rahbari lavozimiga Fox News boshlovchisi nomzodini ilgari surdi.

Uy-joy bozori savdolarida so‘nggi ikki oydagi pasayish to‘xtadi — ITIM
13 noyabr 2024, 11:56

Uy-joy bozori savdolarida so‘nggi ikki oydagi pasayish to‘xtadi — ITIM

Oktabr oyida uy-joy bozori savdolarida biroz o‘sish ko‘zatilib, so‘nggi ikki oydagi pasayish to‘xtadi. Ikkilamchi bozorda narxlar deyarli o‘zgarmadi, uy-joy ijara bozoridagi vaziyat ham barqarorlashdi. Toshkentda eng arzon uy-joy ijarasi Bektemir va Sergeli tumanlarida kuzatilmoqda (1 kv metr uchun 6 dollar).

Surxondaryoda mashinasida tojikistonlik narkokur’erdan olingan 50 kg “gashish” topilgan shaxs qamoqqa olindi
13 noyabr 2024, 11:32

Surxondaryoda mashinasida tojikistonlik narkokur’erdan olingan 50 kg “gashish” topilgan shaxs qamoqqa olindi

DXX Uzun tumanida mashinasida tojikistonlik narkosavdogardan olingan 50 kg 567 g “gashish” olib ketayotgan fuqaroni qo‘lga oldi. Farg‘onada esa 52 yoshli shaxs muqaddam tojikistonlik narkokur’erlar qoldirib ketgan joydan deyarli 5 kg narkotikni olganidan so‘ng ushlandi. Hozirda holatlar bo‘yicha tergov ketmoqda.

Yunusabad Residence va Onix 10% boshlang‘ich to‘lov va yillik 15% stavka bilan ipoteka taklif qilmoqda
13 noyabr 2024, 11:00

Yunusabad Residence va Onix 10% boshlang‘ich to‘lov va yillik 15% stavka bilan ipoteka taklif qilmoqda

Yunusabad Residence va Onix’dagi yangi kottejlar endi 10 foiz boshlang‘ich to‘lov va yillik 15 foiz stavkada ipotekaga mavjud.

Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi Surxondaryoda ham sezildi
13 noyabr 2024, 10:30

Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi Surxondaryoda ham sezildi

Chorshanba kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda ham sezildi (2 ball).

Xizmat vaqtida jarohat olgan harbiylarga sug‘urta to‘lovi beriladi
13 noyabr 2024, 10:26

Xizmat vaqtida jarohat olgan harbiylarga sug‘urta to‘lovi beriladi

Xizmat vaqtida jarohat olgan yoki halok bo‘lgan harbiylar uchun sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish tartibi belgilandi. Sug‘urtalangan yoki naf oluvchilarga to‘lov bir yil davomida amal qiladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Masdar O‘zbekistonda yana bir shamol elektr stansiyasi quradi
13 noyabr 2024, 10:09

Masdar O‘zbekistonda yana bir shamol elektr stansiyasi quradi

Energetika vazirligi va Masdar (BAA) o‘rtasida COP29 sammiti davomida Uchquduq tumanida 1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Loyiha yiliga 3,5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi.

Samarqandda 8-sinf o‘quvchi qiz bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlandi
13 noyabr 2024, 09:59

Samarqandda 8-sinf o‘quvchi qiz bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlandi

Samarqand viloyatida bir guruh shaxslar 8-sinf o‘quvchisini o‘g‘irlab ketib, bir necha kun ushlab turishgan va zo‘rlashgan. Bu vaqtda ular qizni kaltaklab, spirtli ichimliklar va noqonuniy moddalar qabul qilishga majburlagan. Nemolchi.uz gumonlanuvchilar hali ham ozodlikda yurganini qayd etdi.

Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorlangan 7 gumonlanuvchi hibsga olindi
13 noyabr 2024, 08:57

Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorlangan 7 gumonlanuvchi hibsga olindi

Qirg‘izistonda hokimiyatni egallash maqsadida ommaviy tartibsizliklar uyushtirmoqchi bo‘lgan 7 kishi qo‘lga olindi. Ular orasida Qirg‘izistonda tug‘ilganlar va chet elliklar bor.

Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
13 noyabr 2024, 00:10

Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Jizzax viloyatida darvoza yasash sexi elektr qurilmalarini tarmoqqa noqonuniy ulab, 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan foydalangani aniqlandi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Farg‘onada ETKning antikorrupsiya bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi
13 noyabr 2024, 00:01

Farg‘onada ETKning antikorrupsiya bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

Farg‘ona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi. U tuman bosh muhandisidan yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun ishdan bo‘shatilmasligi evaziga 1000 dollar olgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Boshqaruv kompaniyalari va UJMSHlarning ijara haqini undirishi osonlashtirildi
12 noyabr 2024, 23:13

Boshqaruv kompaniyalari va UJMSHlarning ijara haqini undirishi osonlashtirildi

Boshqaruv kompaniyalari va UJMSHlar ijara haqi undirish uchun sudga murojaat qilgandagi yig‘imlardan ozod etildi. Majburiy badallar va to‘lovlarni undirish bo‘yicha sud qarorini olish uchun hujjatlar ro‘yxati belgilandi. 2023-yilda ijara qarzlari miqdori 561 mlrd so‘mga yetgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting