Yashnobod tumanida joylashgan MCHJ mas’ullari elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Buning oqibatida 7 mlrd 528 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Donald Tramp AQShda favqulodda holat joriy etish va migratsiyaga qarshi kurashish uchun harbiylardan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. U “deportatsiya qilishda eng yirik operatsiyani o‘tkazish uchun federal va shtat darajasidagi barcha vakolatlardan foydalanmoqchi” ekani aytiladi.
“Hizbulloh”ning Isroil poytaxti Tel-Avivga yo‘llagan raketa zarbasi oqibatida besh kishi jarohatlandi. Shfaram shahrida uch qavatli turar joy binosiga raketa tushib, 41 yoshli ayol halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlandi. O‘z navbatida, Isroilning Livan poytaxtiga bergan zarbalari tufayli 5 kishi halok bo‘ldi.
Rossiya bilan investitsiya bitimiga qarshi namoyishlardan so‘ng Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniya “barqarorlik va konstitutsiyaviy tartibni saqlash maqsadida” iste’foga chiqdi. Shuningdek, hukumat rahbari ham lavozimidan ketadi. Endi prezident vazifasini vitse-prezident Badra Gunba bajarib turadi.
Bosh prokuratura departamenti Toshkent shahrida uch kishini Angliyaga ishga yuborishini aytib, 12 ming dollar olayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida Traverse va Equinox to‘qnashuvida ikki yo‘lovchi jarohatlandi. Yashnobod tumanida esa 4 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi. Surishtiruv ishlari boshlandi.
Prezident 2025-yilda Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsion muhitni yaxshilashga doir yig‘ilish o‘tkazdi. Maqsadli vazifalarga ko‘ra, investitsiya hisobiga 305 ming aholi ish bilan ta’minlanib, 1 mlrd dollar eksport qilinadi. Qir-adirlar toifasi o‘zgartirilib, foydalanishga topshiriladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi majlisida avvalgi 12 ta qo‘mita o‘rniga yangi tarkibda 10 ta qo‘mita tuzildi, bir qo‘mitadan tashqari barchasiga rais tasdiqlandi.
O‘zbekiston prezidenti ikki nafar rossiyalik artist — Sergey Bezrukov va Andris Liyepani “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa o‘zbekistonlik san’atkorlar Farrux Zokirov va Sevara Nazarxonni Do‘stlik ordeni bilan taqdirladi.
Futbol bo‘yicha Shimoliy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Sin Yon-Nam O‘zbekistonga qarshi o‘yin uchun alohida strategiyasi borligini ta’kidladi. Uning aytishicha, futbolchilari o‘yinga to‘liq tayyor. Shuningdek, jamoa hujumchisi Xan Kvan Son ham O‘zbekiston terma jamoasi chuqur o‘rganib chiqilganini qayd etdi.
Rossiya Ukrainaning Odessa shahriga bergan raketa zarbasi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 43 kishi jarohatlandi. Shaharda turar joy binolari va fuqarolik infratuzilmasi zararlandi.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil faoliyatini tartibga soluvchi qonun imzolandi. Hujjat bilan ombudsmanning huquq va majburiyatlari belgilandi, xususan, u 5 yilga saylanadi va inson huquqlari bo‘yicha qonunlarga rioya etilishini nazorat qiladi. U fuqarolarning shikoyatlari asosida tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega.
O‘zbekiston va uning xalqi sha’nini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar qilgan yoxud harakatlar sodir etgan chet el fuqarosi mamlakat hududiga kiritilmaydi. “O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati” yuritiladi.
Poytaxtning Yakkasaroy tumanida joylashgan Askiya dehqon bozori rekonstruksiya qilinadi. Hokimlik loyiha amalga oshirilishi natijasida 150 mln dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirilishini ma’lum qildi.
Prezident o‘tgan chaqiriqdagi deputatlar ishiga baho berdi va parlament a’zolarining yangi tarkibi oldida turgan muammolarni sanab o‘tdi. Ular orasida vazirliklarning samarasiz ishlashi, renovatsiya qonunining qabul qilinishi, majburiy tibbiy sug‘urta, qonunchilikni JSTga muvofiqlashtirish va boshqalar bor.
Deputatlar davlat budjeti ijrosi hamda budjet xarajatlari ustidan nazorat mexanizmlarini kuchaytirishi kerak, dedi O‘zbekiston prezidenti. Shuningdek, u yer, mol-mulk va aylanmadan olinadigan soliqlarning 100 foizini, daromad solig‘ining kamida 50 foizini tuman budjetlarida qoldirish taklifini bildirdi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan qarindoshlarning birga ishlashlarini cheklash to‘g‘risidagi qoidalardan istisnolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davlat tashkilotlari xodimlarining ro‘yxati tasdiqlandi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov jamoa Shimoliy Koreya bilan o‘yinga 3 ochko olish uchun kelganini ta’kidladi. “Kuchli terma jamoa hech qachon ikki o‘yinda ketma-ket yutqazmaydi”, — dedi u. Murabbiy Srechko Katanets ham jamoa ertaga ijobiy natija uchun barcha ishni qilishini aytdi.
Prezident “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining istirohat bog‘lari, sayilgoh, xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash bo‘yicha pozitsiyasini ma’qulladi.
Diplomatlar va jamoat tashkilotlari xolavachchasi ish topib berishini aytib, Turkiyaga chaqirgan 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosining uyiga qaytishiga ko‘maklashdi. Qizni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilishgan. Mahalliy politsiya uyushgan jinoiy guruhni qo‘lga oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting