BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Afg‘oniston muvaqqat hukumati tomonidan ayollar huquqlarining cheklanishini «ayollarga nisbatan institutsional tizimli zulm» deb atadi. Shu bilan birga, mamlakatdagi gumanitar inqiroz fonida aholining 93 foizi to‘yib ovqatlanmaydi, deya ma’lum qildi BMT.
Toshkent davlat agrar universiteti sobiq rektori Botirjon Sulaymonov moliyaviy va qabul bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlikda gumonlanmoqda. Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov u hibsga olinganini ma’lum qildi. «Xatoliklar bo‘lmaganda rektorga nisbatan bunaqa katta ish bo‘lmas edi», — dedi vazir.
Xorijdagi ta’lim muassasalaridan O‘zbekistondagi davlat OTMlarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish taqiqlandi. Talabalar turmush qurganda, davlat xodimining ish joyi boshqa hududga ko‘chirilganda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.
Samarqanddagi shifoxonalardan birida ayol 1,5 yoshlar atrofidagi farzandini uxlamagani uchun qattiq siltab, bir necha bor kaltakladi. Viloyat IIB ayol ruhiy sog‘lomligi, biroq, voqea paytida stress va asabiy holatda bo‘lganini ma’lum qildi. Unga nisbatan qiynash moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqandda dala maydonida ona-bola birgalikda boshqa bir ayolni «samosud» qilgani aytilmoqda. Videoda yigit tokqaychi ushlab olgani, ayol esa jabrlanuvchining bosh qismiga urayotganini ko‘rish mumkin. Samarqand viloyat IIB hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston yaqin yillarda umumiy quvvati 8 GVt dan ortiq qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Biroq, «yashil» o‘tish rivojlanayotgan iqtisodiyot va aholining ijtimoiy zaif qatlamlari uchun shok holatini yaratmasligi kerak, deya ta’kidladi bosh vazir Abdulla Aripov.
Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov OTMlarga kirishda beriladigan barcha imtiyozlar qayta ko‘rib chiqilib, inventarizatsiyadan o‘tkazilishini ma’lum qildi. «Juda ko‘p va xo‘p imtiyozlarimiz bor. Keyingi o‘quv yilidan shu imtiyozlarning vaqtini yashab bo‘lganlaridan voz kechamiz», — dedi u.
Bank tizimi ta’lim sohasidan keyin eng korrupsiyalashgan tarmoq hisoblanadi, dedi Antikorrupsiya agentligi rahbari. Ikki yilda 676 nafar bank xodimi 354,2 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan. «Bu raqamlar islohotlarga soya solmoqda va xalq ishonchiga putur yetishiga sabab bo‘lmoqda», — dedi Akmal Burxonov.
25 iyundan boshlab «Toshkent-Volgograd-Toshkent» yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi qatnay boshlaydi. Kupe va platskartdagi joylar uchun chiptalar narxi belgilandi.
Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Kamilov davlat rahbarining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi.
Surxondaryoda kuyov to‘yda kelinni urgan voqeadan keyin Senatda maxsus Ishchi guruh tuzildi. Senatorlar xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Qolaversa, yigit va qizlarni to‘ydan oldin Oila markazlaridagi mashg‘ulot va davra suhbatlariga jalb etish taklifi bildirildi.
Prezident qarori bilan 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul yilda ikki marta — avgust va yanvar oylarida amalga oshiriladi. Kontrakt miqdori esa OTM tomonidan mustaqil belgilanadi.
Prezident 2022/2023 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqladi.
Davlat OTMlarga kirish uchun abituriyentlarni onlayn-qabul 20 iyundan 20 iyulgacha davom etadi. Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun esa qabul 10 iyulga qadar amalga oshiriladi. Abituriyentlar 5 tagacha yo‘nalish bilan birga ta’lim shaklini ham tanlash imkoniyati berilmoqda.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, ijtimoy tarmoqlarda keng tarqalgan kuyov kelinni urgan to‘y shu yilning 6 iyunida Surxondaryoda bo‘lgan. Kuyovga mayda bezorilik bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Er-xotin va ularning ota-onalari bilan «profilaktik suhbat» o‘tkazilgani aytildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiyachilari Yaponiyani mag‘lub etib, U23 Osiyo kubogi finaliga yo‘l oldi (video, foto, statistika).
Olmaliq shahridagi «Maxam-O‘zbekiston» qo‘shma korxonasi sexlaridan birida portlash sodir bo‘lib, bino konstruksiyalari buzildi. Yaqin atrofda bo‘lgan yuk mashinasi haydovchisi jarohatlangan.
Texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish bekor qilinishi, Toshkentning mamlakatdagi eng korrupsiyalashgan hududlardan biri ekani, dual ta’lim tizimi joriy qilinadigan kasb-hunar maktablari va texnikumlar, yozdagi yong‘in sababchilari va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 15 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Antikorrupsiya agentligi rahbari Toshkent O‘zbekistondagi eng korrupsiyalashgan hududlardan biri ekanini aytdi. Poytaxtda korrupsiyaga oid jinoyatlar soni yil davomida uch barobarga oshgan. Bundan tashqari, internetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqidagi xabarlarning yarmi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi.
Chorshanba kuni O‘zbekiston olimpiya jamoasi Osiyo kubogi yarim finalida Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. Jamoalar 2018 yilda ham to‘qnash kelishgan va unda o‘zbekistonliklar yirik hisobda g‘alaba qozongandi. Biroq bu safar Yaponiya U23 jamoasi bellashuvga o‘zgacha yondashuv bilan kelmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting