Antigua va Barbuda O‘zbekiston diplomatik munosabatlarni o‘rnatgan 141-davlat bo‘ldi.
Qon hamma joyda kerak, ammo unga muhtojlar qonni hamma joyda ham ololmaydi. «Qon topshirish — birdamlik harakatidir. Donorga aylaning va hayotlarni saqlab qoling» — bu Butunjahon donorlar kuni chaqiruvidir. O‘zbekistonda qon topshirish mumkin bo‘lgan manzillar — «Gazeta.uz» materialida.
Toshkentda chorshanba-payshanba kunlari ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lmagan 4 ballik magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bo‘ron vaqtida arterial gipertoniya va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar ko‘proq aziyat chekadi, shu bois bu vaqtda kamroq harakat qilish tavsiya etiladi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralash o‘yinlari yakuniga yetmasdan turib, muddatidan ilgari Osiyo kubogi-2023 yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Senat inson a’zolari va to‘qimalarini ko‘chirish sohasidagi qonunchilik normalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartishlarni ma’qulladi. Senatorlar a’zo va to‘qimalarni olish maqsadida odam o‘g‘rilash yoki odam savdosi xavfi bilan bog‘liq vatandoshlarning qo‘rquvi haqida ham so‘z yuritishdi.
Bekobodlik ikki nafar ayol 356 ming dollarni kiyimlari orasiga yashirgan holda Tojikistonga olib chiqishga uringanida qo‘lga olindi. Ular bu ishni xizmat haqi evaziga tojikistonlik fuqaro iltimosiga ko‘ra amalga oshirgani aytilmoqda. Hozirda pullarning haqiqiy egalarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Server Ibragimov para o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogi bahslarida bronza hamda kumush medallarini qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, u O‘zbekiston delegatsiyasiga Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari uchun birinchi litsenziyani taqdim etdi.
Sovuq urush tugaganidan so‘ng yadro arsenallarini qisqartirish to‘xtatildi, to‘qqizta davlat yadro arsenallarini modernizatsiya qilmoqda. Stokgolm tinchlik tadqiqotlari instituti (SIPRI) o‘zining yillik «Qurollanish, qurolsizlanish va xalqaro xavfsizlik» sharhida ularning zaxiralari va siyosatlarini tahlil qildi.
Senatorlar davlat organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi tuzatishlarni ma’qulladi. Endilikda davlat organlarining mas’ul xodimlari ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumotlarni e’lon qilmasa, 3 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin.
Yer usti metrosining 2-bosqichi qurilishi 2023 yil mart oyida yakunlanishi kutilmoqda. «Qo‘yliq»dan «Quruvchilar» massivigacha bo‘lgan 5 ta bekatni yil oxirigacha, yana 2 bekatni «Navro‘z» bayramiga qadar yakunlash rejalashtirilgan.
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kichik biznes subyektlariga kreditlar va lizing shartnomalari bo‘yicha foizlarning bir qismini to‘lash uchun kompensatsiyalar hamda kreditlar bo‘yicha kafolatlar beriladi.
Hukumat qarori bilan xo‘raki va kishmishbop tokzorlarni barpo etgan talabgorga Bog‘dorchilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan, sanoatbop tokzorlarni barpo etganga esa Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan bir martalik subsidiya beriladi.
Alkogol va tamaki bo‘yicha qonunni rad etgan Senat, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘lovchi 3-tunnel topilgani, otasi va akasini bolg‘a bilan o‘ldirgan samarqandlik o‘g‘il, suv bosgan «O‘rikzor» bozori, kaltaklangan Sevimli muxbiri va operatori va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 13 iyundagi xabarlar dayjestida.
Buyuk Britaniya eksport vaziri Mayk Friyer Toshkentga tashrif buyurib, ITSV, Moliya vazirligi, OTMK va Uzbekistan Airports bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ularda O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun investitsiya jalb qilish, mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev quritilgan meva eksporti uchun 27 xil tahlilning birortasi O‘zbekistonda yo‘qligini, tadbirkor esa ushbu muammodan mahsulotini Yevropaga olib borgach xabar topayotganini tanqid qildi. Mas’ullarga Yevropaga eksport qiluvchi tadbirkorlar sonini 579 tadan 2 mingtaga yetkazish vazifasi yuklatildi.
Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlari O‘sh hududidagi uylardan birida O‘zbekistonga olib o‘tuvchi 177 metrlik maxfiy yerosti tunneli borligini aniqlandi. Bu so‘nggi bir oy ichida topilgan uchinchi tunnel hisoblanadi. Uni ikki nafar shaxs valyuta va tovarlar olib o‘tish uchun qaziganligi aytilmoqda.
O‘zbekiston «Rosatom» bilan AES qurish xarajatlarini kamaytirish masalasini muhokama qilmoqda, dedi energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev. «Agar stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasining narxi boshqa manbalar bilan raqobatbardosh bo‘lmasa, loyihani davom ettirishdan ma’no yo‘q», — dedi u.
Shahrisabz tumanida sayyor kassaning buxgalter-nazoratchisi va kassiri 150 nafar fuqaroning mart, aprel va may oylari uchun pensiya va nafaqa pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi. Ular tekshiruv vaqtida 100,5 mln so‘mlik zararni to‘liq qoplagan. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Turizm vazirligi O‘zbekistonda to‘siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirishni taklif qildi. Sayohatni nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulaylashtirish, pandus, lift va ovozli ma’lumotnomalarni o‘rnatish, imtiyoz va chegirmalar berish — 5 yilga mo‘ljallangan dastur haqida batafsil «Gazeta.uz» materialida.
Uchtepa tumanidagi «O‘rikzor» bozori hududida 800 mm diametrli magistral issiqlik tarmog‘i quvuri yorilib ketdi. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bunga kuz-qish mavsumiga sinov-tayyorgarlik ishlari sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting