AQSH hukumati O‘zbekistonga 15 mingta koronavirus testini o‘tkazishga mo‘ljallangan reagentlaridan iborat yordamning birinchi qismini yetkazib berdi. Yana 10 mingta test reagentlari bir necha hafta ichida O‘zbekistonga olib kelinadi.
Qozog‘istonning bir qator shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarning asosiy talablari davlat tomonidan kredit bo‘yicha amnistiya e’lon qilinishi, chet el fuqarolariga yer sotish amaliyotni taqiqlash va siyosiy faollarni ozod etish bo‘ldi. 100 nafardan ortiq namoyishchilar hibsga olingan.
Prezident Farg‘ona viloyati rahbarlari va aholisi bilan uchrashuvda eng muhim masalalarni muhokama qilishga chaqirdi. So‘x tumanidagi voqealarga to‘xtalib, ular qirg‘iz xalqi bilan do‘stona munosabatlarga ta’sir qilmasligi kerakligini ta’kidladi. “Vazmin, sabr-toqatli, mehr-oqibatli bo‘lishimiz zarur”, — dedi prezident va tumani aholsining hayotini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarga to‘xtaldi.
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida bir qator loyihalarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, viloyatda qambag‘al aholi bilan ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar bilan ham tanishdi.
8 iyundan “sariq” va “yashil” hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berildi.
Xalq ta’limi tizimida masofaviy ta’limni rivojlantirish maqsadida «Online Maktab» loyihasi davom ettirilishi rejalashtirirlmoqda. Tegishli qaror loyihasiga ko‘ra, 1 avgustdan televizion videodarslarni tasvirga olish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda va 1 sentyabrgacha yagona markazlashgan maktab.uz platformasi yaratiladi.
Shavkat Mirziyoyev bosh vazir birinchi o‘rinbosari Achilbay Ramatovga chegaradosh hududlarga borib u yerdagi muammolarni o‘rganishga topshiriq berdi. Alohida urg‘u chegaradosh hududlardagi kambag‘allikni kamaytirish va aholi yashash darajasini rivojlantirishga qaratiladi.
Kanada hukumati O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun 185 ming AQSH dollari ajratadi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning «Kalyon» kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan Toshkent shahrining transport konsepsiyasi bilan tanishdi. Konsepsiyada ustuvorlik piyodalar, velosipedlar va jamoat transporti harakatiga berilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona aholisining hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi.
1 iyuldan xorijiy aviakompaniyalar o‘z yo‘lovchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni DXXning chegara qo‘shinlariga majburiy ravishda taqdim etadi. Ma’lumotlar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining standart formatida berilishi belgilangan.
40 nafardan ortiq Fanlar Akademiyasining yosh olimlari ko‘p qavatli uylar uchun birinchi to‘lovni 2019 yil noyabrda to‘lab berishgan. Sergeli tumanidan ajratilishi kerak bo‘lgan uylar yuzasidan, Senat qo‘mitasi Toshkent shahar hokimiga senator so‘rovi yubordi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xorijlik sayyohlarni qabul qilishni Turkiya bilan bir vaqtda boshlashini ma’lum qildi. «Qayerda bizni qabul qilishga tayyor bo‘lsa, biz ham tayyor bo‘lamiz. Biz darrov samolyotlarimizni uchiramiz», — deya ta’kidladi davlat rahbari.
So‘x tumanidagi barcha muammolarni bartaraf etish uchun 1 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu masala bo‘yicha prezident qarori loyihasi tayyorlanmoqda. Co‘xlik yoshlarning oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinishi uchun 500 ta kvota ajratiladi, ular oliy o‘quv yurtlariga imtihonlarni o‘z ona tillari — tojik tilida topshirishlari mumkin bo‘ladi.
So‘x tumani ichki ishlar bo‘limiga Rahimberdiyev Qosimjon rahbar etib tayinlandi. IIBning oldingi rahbari So‘x tumaniga hokim etib tayinlangan edi.
«Ish uslubimiz shunday bo‘lishi kerak: 50 foiz karantin, 50 foiz iqtisodiyot» — prezident pandemiya sharoitida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarga e’tibor berish kerakligini ta’kidladi. Iqtisodiy kompleks a’zolariga Xitoy tajribasini o‘rganish tavsiya etildi.
Farg‘ona viloyati So‘x tumaniga Sayidbahrom Sayidmusayev hokim etib tayinlandi. U 2019 yildan buyon tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilish talab etilishini ko‘zda tutgan hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, fuqarolikni olish uchun talabgorlar o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlovchi imtihondan muvaffakqiyatli o‘tib, tegishli sertifikatga ega bo‘lishlari shart bo‘ladi.
Prezident farmoniga binoan, davlat organlarida xalqaro reytinglar bilan ishlash masalasini muvofiqlashtirish maqsadida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etiladi va u Parlament nazorati ostida bo‘ladi. Shuningdek, 1 oktyabrga qadar “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali ishga tushiriladi.
Prezident topshirig‘i bilan bir guruh hukumat a’zolari va vazirlar So‘x tumaniga vertolyot orqali yetib kelishdi. Ular tumandagi muammolarni o‘rganib, ularni bartaraf etish bo‘yicha dastur ishlab chiqadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting