Buxoro viloyatda aholi orasida koronavirus infeksiyasi ko‘payib borayotgani sababli Buxoroda 1 iyuldan noma’lum muddatga qadar jamoat transportlari soni va harakatlanish vaqti vaqtincha cheklanadi hamda buyum bozorlari faoliyati to‘xtatiladi.
«Biz juda hoxlasak ham bu muammolarni yecha olmaymiz» — Komil Allajonov hozirda O‘zbekistonda yuzaga kelgan muammolar va ularga yechim topish uchun vaqt kerakligi to‘g‘risida shaxsiy fikrlarini bildirdi.
“To‘g‘ri gapni gapirgan odam — islohotlarga xayrixoh”. Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi yig‘ilishda eskicha tushunchada qolib ketgan rahbarlar yo‘q emasligini ta’kidladi.
Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton Oq uyda ishlagan davri haqida kitob chop etdi. AQSH prezidenti va administratsiyasining qattiq e’tiroziga sabab bo‘lgan memuarda Trampning Rossiya va Putinga bo‘lgan munosabatlari, Shimoliy Koreya bilan muzokaralar, Ukrainadagi vaziyat va boshqa masalalar to‘g‘risida Boltonning xotiralari berilgan. «Gazeta.uz» ushbu kitobda keltirilgan asosiy fikrlarni taqdim etadi.
AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi amalga oshirilgan choralarni ijobiy baholadi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning bu boradagi sezilarli sa’y-harakatlari Markaziy Osiyo mintaqasi uchun yangi standartlar yaratmoqda.
Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi.
Barcha IIO hududiy bo‘linmalarida uzluksiz video va ovozni yozib oluvchi jami 497 ta so‘rov xonalari tashkil etilishi belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Shuningdek, bu yerga yig‘ilgan vatandoshlarni qutladi. Davlat rahbari Rossiyaga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvada G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan paradda ishtirok etdi. Mustaqil O‘zbekiston tarixida birinchi marta o‘zbekistonlik harbiylar ham ushbu tadbirda qatnashdi.
«U yerda [o‘zgartirishlarda — tahr.] aytilganlarning hammasini allaqachon qilish kerak edi». Shavkat Mirziyoyev 23 iyun kuni Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Rossiya konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ovoz berish jarayonining muvaffaqiyatli o‘tishini tilab, ularning dolzarbligini ta’kidlab o‘tdi.
Transport vazirligi iyul-avgust oylarida Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy, BAA, Rossiya va Qozog‘iston davlatlari bilan muntazam parvozlarni tiklash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya poytaxti Moskvaga yetib bordi. Davlat rahbarini «Vnukovo» aeroportida Rossiya hukumati rasmiy shaxslari kutib oldi.
Prezident farmoni bilan Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyasi tasdiqlandi. Unda O‘zbekistonning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reyting va indekslarda TOP-50 qatoriga kirishini ta’minlash ustuvor vazifalardan etib belgilandi.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev mamlakatda jinoiy avtoritet hisoblanadigan Aziz Batukayevni noqonuniy ravishda ozod qilganligi uchun korrupsiyada ayblanib, 11 yil va 2 oy qamoq jazosiga hukm qilindi.
Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish kiritish haqidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Unda dehqon xo‘jaligi uchun yer uchastkalarini meros qoldiriladigan umrbod egalik huquqi bilan ajratish tartibini bekor qilish taklif etilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish hamda G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etish uchun Moskvaga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23−24 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi. Davlat rahbari Buyuk G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi.
Toshkentning Sergeli tumani hududida tashkil etilayotgan Yangihayot tumani tarkibiga 13 ta mahalla to‘liq, 6 ta mahalla qisman o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda. Sergeli hokimining bu haqdagi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Feruza Maxmudova O‘zbekistonning Isroildagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. U oldinroq TIVning ikki tomonlama hamkorlik bosh boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting