«Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» Davlat dasturi 284ta band bilan tasdiqlandi.
O‘zbekistonda Raqamli rivojlanish vazirligi tashkil etilishi mumkin. Bu haqdagi prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan O‘ktam Barnoyev hokimlikdagi mehnat jamoasi bilan xayrlashdi. Karim Kamolov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Dohadagi Abdulaziz Kamilov prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va afg‘on muammosini hal etish masalalari yuzasidan strategik qarashini ma’lum qildi. U bu haqda «Xalq so‘zi»ga bergan intervyusida gapirib bergan.
Xitoyning AQSHdagi elchisi, tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan oliy martabali siyosatchi Yan Szechi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga borishni ham rejalashtirgan.
Abdulaziz Kamilov Dohada boshlagan Afg‘oniston tinchlik muzokarasida ishtirok etmoqda. Uning aytishicha, afg‘on muammosi mintaqa davlatlarining qayg‘usi. Vazir o‘rinbosari Ilhom Ne’matov muzokaradan so‘ng O‘zbekistonda uchrashuv tashkil etish bo‘yicha fikrini bildirdi.
Toshkent shahar Mahallalar kengashi boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan Furqat Mahmudxo‘jayev poytaxt hokimligi matbuot xizmati rahbari — hokimning axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Ombudsmanning o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga sobiq deputat Aliya Yunusova nomzodi parlament quyi palatasi tomonidan ma’qullandi. Endilikda ushbu nomzod Senat tomonidan ham ma’qullanishi lozim.
Ombudsman yagona tergov qo‘mitasini tuzish taklifini bildirdi. U parlamentga bildirgan hisobotida shu haqda ta’kidlab, qo‘mitani tergovda qiynoqlar qo‘llanishiga barham berish yechimi sifatida ko‘rsatdi.
O‘zbekistonning Hindiston va Bangladeshdagi favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyev tashqi ishlar vaziriga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi.
Bokkoni va Harvard universitetlari bitiruvchisi Omonullo Nasriddinxo‘jayev moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bunga qadar u prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti va uning rafiqasiga nimalar sovg‘a qilgani va ularning narxlari ma’lum bo‘ldi.
Hukumatda iqtisodiy blok mas’ullari o‘zgardi. Jamshid Qo‘chqorov moliya, iqtisodiyot va kambag‘allik bilan kurashish bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri etib tayinlandi. Timur Ishmetov yangi moliya vaziri bo‘ldi.
2001 yildan buyon huquqni muhofaza qilish organlarida ishlab kelayotgan Dada-Ali Zufarov Toshkent hokimi o‘rinbosari — Mahalla va oila masalalari boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Sanjar Yusupov Chirchiq shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov prezident litsenziya va ruxsatnomalar sonini ikki-uch martaga qisqartirish bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qildi. Litsenziya aholi huquq va manfaarlari hamda jamoat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan sohalarda berilishi kerak.
Shavkat Mirziyoyev Anqarada Turkiya prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasiga «Usmon Mushafi» va boshqa noyob asarlar nusxalari hamda 350 dan ziyod turli mavzudagi kitoblarni taqdim etdi.
«Qishloq qurilish bank» rahbari Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, ichki ishlar polkovnigi esa hokim o‘rinbosari — Mahalla va oila masalalari boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Anqarada Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari hamraisligida olib boradi.
Anqarada O‘zbekiston va Turkiya prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting