Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi.
Pezident ta’lim, tibbiyot, uy-joy kommunal, transport, qurilish, kadastr va boshqa sohalarni qamrab oluvchi «Raqamli Toshkent» loyihasi bilan tanishdi. Bu yil shahar miqyosida elektron tibbiyot kartasi joriy etiladi.
Qonunchilik palatasi bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga ma’qulladi.
Toshkent shahar prokurorining katta yordamchisi bo‘lib ishlagan Oybek Mannonov Olmazor tumani prokurori etib tayinlandi.
O‘zbekiston hukumati xalqaro moliya va tovar bozorlaridagi vaziyatning mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sirini kamaytarish bo‘yicha choralarni ishlab chiqmoqda. So‘m kursi hozircha barqaror deb baholanmoqda.
Brent neft narxi 35 AQSH dollari atrofida bo‘lib turibdi, rubl so‘nggi to‘rt yil ichida keskin arzonlashdi, jahon birjalari qulashni boshladi. Buning sabablari va oqibatlari — «Gazeta.uz» sharhida.
«Toshkentda juda katta resurslar bor. Hozircha ularning yarmidan ham foydalanilmayapti», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident hokimlar yerto‘la tozalashni bas qilib, tadbirkorlikni rivojlantirish bilan shug‘ullanish vaqti kelganini ta’kidladi.
Vazirlar Mahkamasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi-davlat maqomida hamkorlik qilish taklifini ma’qulladi. Ushbu taklif Oliy Majlisga kiritiladi.
«O‘zagrokimyohimoya» boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan Olimjon Isayev Namangan shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahriga senator Gavhar Alimova hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Qonunchilik palatasi Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimiga Shavkat Abdurazzoqovning nomzodini tasdiqladi. Bungacha u Namangan hokimi bo‘lib ishlagan.
O‘zbekiston Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasiga qo‘shildi. XXHGKga a’zolik milliy qonunchilikka bir qator o‘zgartishlar kiritish, jumladan, xorijdagi fuqarolar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga imkon beradi.
«Boqiy darbadar» romani muallifi Isajon Sulton Innovatsion rivojlanish vaziriga maslahatchi etib tayinlandi.
Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Qarshi tuman hokimi G‘ayrat Begaliyev tayinlandi. Uning o‘rnini Maqsuda Mustafoyeva egallashi mumkin.
Andijonda Asaka va Bo‘ston tuman hokimlari o‘zgardi. Yangi hokimlar — Inomjon Mamadaliyev va Sadbarxon Mamitova.
O‘zbekiston harbiy prokuroriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
Buxoro hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan O‘tkir Jumayev shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi Yan Szechi prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lib, unga Si Szinpinning O‘zbekiston rahbariga yo‘llagan shaxsiy maktubini yetkazdi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati Mirishkor tuman hokimi Baxtiyor Rajabovning so‘kong‘ichligini tan oldi. Hokim ishini tegishli tashkilotlar o‘rganmoqda.
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi Abdushukur Abdullayev ayrim tuman filial rahbarlarini ishdan olmoqda. U «tozalash»ni Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida o‘tkazdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting