AQSH Markaziy Osiyo davlatlariga harbiy tashkilot tuzish taklifini bildirmagan, dedi elchi Daniyel Rozenblyum. Rossiya nashrlari esa Vashington mintaqa davlatlari bilan shunday tashkilot tuzishini xabar qilgandi.
Bobir Jo‘rayev Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Sevara Husanova esa hokim o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.
AQSH Markaziy Osiyo bo‘yicha 2019−2025 yillarga mo‘ljallangan yangi strategiyasini e’lon qildi. Mintaqa davlatlarining mustaqilligini mustahkamlash, Afg‘onistonning Markaziy Osiyoga integratsiyasi va inson huquqlari sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish uning asosiy tamoyillaridan hisoblanadi.
Akmal Saidov 179 davlatni birlashtirgan jahon parlamentlarining xalqaro organi — Parlamentlararo ittifoq Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Adliya vazirligida xizmat kompyuterlari ish kuni yakunlangach, avtomatik ravishda o‘chirilmoqda. Rahbariyat xodimlarning mehnat soatidan tashqari ishxonada qolib ketishiga qarshi kurashmoqchi. Vazir shu masala haqida gapirib berdi.
Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi Maykl Pompeoning Toshkentda aytilgan so‘zlariga e’tirozini bildirdi. Elchixona fikricha, AQSH davlat kotibi Pekinga tuhmat va yolg‘onlarni tarqatmoqda.
O‘zbekiston prezidenti va AQSH davlat kotibi Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga ikki tomonning intilishi qat’iy ekanini ta’kidladi.
AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonning mo‘tadil tashqi siyosat yuritishini e’tirof etdi, ammo boshqa davlatlar istagi bilan qaror qabul qilmaslikka chaqirdi. Shuningdek, u AQSHning mintaqadagi maqsad va vazifalarini ochiqladi.
AQSH davlat kotibi Tramp ma’muriyati AQSHning Markaziy Osiyoga nisbatan yangi strategiyasi ustida ish olib borayotganini bildirdi. U tez orada e’lon qilinadi.
AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan yopiq eshiklar ortida muloqot o‘tkazdi. Qo‘shma bayonot vaqtida diplomatlar iqtisodiy hamkorlik masalalariga katta urg‘u berishdi. Pompeo diniy erkinlik va inson huquqlariga ham to‘xtaldi.
Shavkat Mirziyoyev koronavirus tarqalishining fojiali oqibatlari sababli Si Szinpinga hamdardlik bildirdi. U O‘zbekiston kasallik tarqalishiga birgalikda qarshi kurashish choralarini Xitoy bilan yaqindan muvofiqlashtirishga tayyorligini bildirdi.
O‘zbekistonda yangi tashkil etilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish organi davlat xizmatchilari xarajatlari va daromadlarining muvofiqligini nazorat qiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev kichkina bir bojxona posti boshlig‘ining uyidan 400 ming dollar topilganini ma’lum qildi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva kelgusida hokimlar mahalliy deputatlar ustidan rahbarlik qilmasligi, ijro hokimiyati va vakillik organlari ajratilishini ma’lum qildi.
Prezident tez orada bir qator oliy ta’lim muassasalari rektorlarini ishdan bo‘shatish haqida ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning ba’zilari hatto qorovul bo‘lib ishlashga ham loyiq emas.
Prezident Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasida faoliyat ko‘rsatadigan yangi universitet kampusiga tamal toshi qo‘ydi.
Hukumat qarori bilan transport sohasi rahbarlari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. Bu ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga qaratilgan. Uzbekistan Airways boshqaruvchisi v. b. Baxtiyor Xakimovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi.
Davlat turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari v. b. lavozimida ishlagan Ulug‘bek Qosimxo‘jayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi.
AOKA direktori v. b. Komil Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva nodavlat sektorda ishlash maqsadida o‘z lavozimlarini tark etdi. Dilshod Saidjanov AOKA direktori v. b. etib tayinlandi.
Xitoy hukumati Uxandagi chet el fuqarolarini evakuatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqayotgani yo‘q. Shu bilan birga, Xitoy chet el fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha majburiyatlarni bajarishini ma’lum qildi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev O‘zbekistonning ikki prezidenti — Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyevning sifatlari va siyosatini taqqosladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting