Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun kelgan Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Maminni qabul qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHTga a’zo davlatlar bosh vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun kelgan Qirg‘iz Respublikasi bosh vaziri Muhammadqaliy Abilg‘aziyevni qabul qildi.
Parlamentda Vazirlar Mahkamasining «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturining 2019 yil uchinchi choragidagi bajarilishining borishi to‘g‘risida"gi hisoboti eshitildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevni qabul qildi.
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya «Breksit» sodir bo‘lgan taqdirda ikki davlat aloqalari uzilib qolmasligi uchun sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi.
Shavkat Mirziyoyev makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-byudjet siyosati, davlat byudjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020 yilga mo‘ljallangan parametrlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Adliya vazirligi ayrim bloger va OAVlar tomonidan bosh vazir nomzodini tasdiqlash yuzasidan qonunchilikka zid ma’lumot tarqatish, har xil asossiz so‘rovlar o‘tkazish holatlari uchrayotganini bildirdi.
Endilikda xorijda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari Qonunchilik palatasi saylovida qatnashishlari uchun konsullik ro‘yxatiga kirishlari shart emas.
Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod qilingan Zafar Ro‘ziyev Jizzax viloyatining Zarbdor tumaniga hokim bo‘ldi.
Qashqadaryo viloyatiga Zoyir Mirzayev hokim bo‘ldi. Zafar Ro‘ziyev, uning ikki o‘rinbosari, IIB, prokuratura va soliq xizmatlari rahbarlari, Qarshi va bir qator tumanlar hokimlari ishdan bo‘shatildi.
Sharof Rashidov tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Mirzayev Zoyir Toirovich Qashqadaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
«Endi banklar resurs jalb etish bo‘yicha „o‘z aravasini o‘zi tortishi“ kerak», — deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. So‘nggi ikki yil ichida banklar kapitalizatsiyasini oshirish uchun 3,3 mlrd dollar berildi, biroq ushbu mablag‘lardan samarali foydalanilmadi, dedi u.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dekabrdagi saylovlarda g‘alaba qozongan taqdirda, Ochilboy Ramatov nomzodini bosh vazir lavozimiga ilgari surishni rejalashtirmoqda. Boshqa partiyalar munosib nomzodlar zaxirasi mavjudligini ma’lum qildi, biroq ular nomini oshkor etmadi.
Shavkat Mirziyoyev sanoatni rivojlantirish, neft-gaz mahsulotlari ishlab chiqarish va iste’molchilarga muntazam yetkazib berish borasidagi ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Alisher Amirov Sherobod tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Shavkat Mirziyoyev barcha sohalarda o‘zbek tilidan to‘laqonli foydalanish, lotin yozuviga asoslangan alifboni takomillashtirish va boshqa millat vakillarining til o‘rganishi uchun sharoitlar yaratishning muhimligini ta’kidladi.
Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etiladi. Yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish bo‘yicha Atamalar komissiyasi tuzilmoqda.
Yangi «Kongress-xoll» saroyida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
«O‘zbekiston 24» telekanalida siyosiy sharhlovchi bo‘lib ishlagan Murod Sodiqov Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga rahbar bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting