O‘zbekistonlik Abdulhay Shorahmatov faoliyatini professional boksda davom ettiradi. U Tayson Fyuri promouteri bilan ishlaydi.
Shavkat Mirziyoyev chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ipakchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kelgan Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Prezident qarori bilan Olimjon To‘ychiyev Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi noyabr oxirida Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Nursulton Nazarboyev hal qilinmagan masalalar borligini aytib o‘tdi.
Hukumat va BMT ijtimoiy himoya bo‘yicha yagona davlat organini tashkil etish, nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun integratsiyalashgan yondashuvni joriy qilishga qaratilgan qo‘shma dasturni amalga oshiradi.
Shavkat Mirziyoyev «Valday» xalqaro munozara klubining X Osiyo konferensiyasi ishtirokchilariga qutlovida O‘zbekiston savdo, sanoat kooperatsiyasi, investitsiya, innovatsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi sohasidagi, yirik transmintaqaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlikning mavjud salohiyatini to‘liq ishga solishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Siyosiy partiyalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi uchun nomzodlar ro‘yxtani e’lon qildi.
Prezident viloyat va tuman hokimlariga ikki kun ichida tadbirkorlarga murojaat qilib, bundan keyin ular oldida hech qanday to‘siqlar bo‘lmasligiga kafolat berishlarini topshirdi.
Yil boshidan buyon MDH maxsus xizmatlari xalqaro terroristik tashkilotlarning 13 ta boshlang‘ich bo‘linmalari faoliyatiga chek qo‘yib, 138 jangarini qo‘lga oldi.
Shavkat Mirziyoyev MDH xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari delegatsiyalari boshliqlarini qabul qildi.
Senat raisi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga rasmiy tashrif va SHHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlarining majlisida ishtirok etish uchun kelgan Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyanni qabul qildi.
2020 yil boshida BMTning Din yoki e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahidning O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi majlisi doirasida Toshkentda bo‘lib turgan Belarus bosh vaziri Sergey Rumasni qabul qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun kelgan Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Maminni qabul qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHTga a’zo davlatlar bosh vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun kelgan Qirg‘iz Respublikasi bosh vaziri Muhammadqaliy Abilg‘aziyevni qabul qildi.
Parlamentda Vazirlar Mahkamasining «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturining 2019 yil uchinchi choragidagi bajarilishining borishi to‘g‘risida"gi hisoboti eshitildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevni qabul qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting