Shavkat Mirziyoyev BMTning Inson huquqlari kengashining sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayanni qabul qildi.
Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashga a’zo davlatlar 2020 yilda O‘zbekistondagi qator anjumanlarda yoshlarning radikallashuvi muammolarini muhokama qiladi.
Daniya qirolligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlayotgan Abdulla Azizov Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Hisob palatasi raisiga Mehriddin Abdullayev birinchi o‘rinbosar, Bahodir Turobov o‘rinbosar etib tayinlandi.
Markaziy saylov komissiyasi 22 dekabrni Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kuni etib belgiladi. Saylov kampaniyasi 20 sentyabrdan boshlandi.
Baxtiyor Xudoyberganov Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 21−29 sentyabr kunlari AQSHga tashrif buyurib, BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ishtirok etadi.
Surxondaryo viloyatining Boysun va Qumqo‘rg‘on tumanlari hokimlari o‘zgardi.
BMTning sudyalar va advokatlar mustaqilligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi.
Rahim Hakimov adliya vaziri o‘rinbosari va Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, To‘lqin Abdusattorov esa adliya vaziri o‘rinbosari va Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbar bo‘lgan Axadbek Haydarov hamda bunga qadar qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Abdimuxtor Ergashev moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoatni rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Olimxon Rustamov iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federal Majlisining Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin boshchiligida O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan delegatsiyani qabul qildi.
Shu vaqtga qadar Moliya vazirligida ishlagan Nodir Murotov jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Parlament to‘y-marosimlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. 1 yanvardan kuchga kiradigan qaror bilan ortiqcha dabdaba va isrofgarchilikni cheklashga qaratilgan.
Shavkat Mirziyoyev Qo‘qonda o‘tkazilayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivalining asosiy tadbirlarida ishtirok etish uchun Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi.
Deputatlar «Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini ratifikatsiya qilish haqida"gi qonun loyihasini qabul qildi.
Izabel Servoz-Galluchchi Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting