Siyosat

Senat davlat xizmati to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
28 may 2022, 12:19

Senat davlat xizmati to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senatorlar «Davlat xizmati to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi. Unda xalqqa xizmat ko‘rsatish davlat xizmatining tamoyillaridan biri sifatida belgilab qo‘yilgan, daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash, faoliyatni KPI asosida baholash, korrupsiyaviy jinoyatlarini sodir etgan shaxslarni davlat xizmatiga qabul qilishni taqiqlash talablari o‘rnatilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev YeOII davlatlarini bozorga chiqishdagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishga chaqirdi
27 may 2022, 18:57

Shavkat Mirziyoyev YeOII davlatlarini bozorga chiqishdagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishga chaqirdi

Juma kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan Shavkat Mirziyoyev YeOII davlatlarini bozorga chiqishdagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, mehnat migratsiyasi tartib-tamoyillarini soddalashtirish, transafg‘on temir yo‘li doirasida hamkorlik qilish, agrokooperatsiya dasturini ishlab chiqishni taklif qildi. Qolaversa, prezident ittifoq mamlakatlarini yo‘lovchi tashish aloqalarini to‘liq qayta tiklashga chaqirdi.

Prezidentlar o‘z muddatlarini qanday «nollashtirgan»? Jahon tajribasi
27 may 2022, 11:25

Prezidentlar o‘z muddatlarini qanday «nollashtirgan»? Jahon tajribasi

O‘zbekistondagi oldingi konstitutsion islohotlar Konstitutsiyaning prezidentlik muddatlarini cheklaydigan 90-moddasini chetlab o‘tishga imkon yaratgan. Virjiniya Universiteti tadqiqotchilari turli mamlakatlarda shunga o‘xshash cheklovlarni chetlab o‘tish bo‘yicha 60 ta urinishlarni o‘rganib chiqdi. Bu qanday amalga oshirilgan va qanaqa oqibatlarga olib kelgan (g‘aroyib holatlar ham bo‘lgan) — Komil Jalilov sharhida.

Hokimlarning ish o‘rni yaratish bo‘yicha rejalari qoniqarsiz — Shavkat Mirziyoyev
26 may 2022, 17:49

Hokimlarning ish o‘rni yaratish bo‘yicha rejalari qoniqarsiz — Shavkat Mirziyoyev

Prezident hokimlarning ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha rejalari qoniqarsiz ekanligini tanqid qildi. Viloyat hokimlariga qo‘shimcha 110 ming ish o‘rni tashkil etish, kamida 1 mlrd dollarlik eksport uchun sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi. Bundan tashqari, EIZlardagi loyihalarni ekspertiza qilish vakolati hamda sanoat zonalarning ma’muriy kengashlari vakolati Investitsiyalar vazirligiga o‘tkazildi. Zonalardagi yerlar endi hokimliklar tomonidan emas, balki direksiyalar tomonidan auksionga qo‘yiladi.

Konstitutsiyani isloh qilish bo‘yicha bugungacha qanday takliflar kelib tushdi?
26 may 2022, 17:24

Konstitutsiyani isloh qilish bo‘yicha bugungacha qanday takliflar kelib tushdi?

O‘zbekiston Bosh qonuniga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiya o‘zining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. 6 kun davomida 13,15, 29, 37, 40, 41, 53, 78 va 80-moddalarga bog‘liq takliflar kelib tushgan. Komissiya matbuot kotibi Odiljon Tojiyev prezidentga nomzod bo‘yicha talablar va vakolatlar muddati belgilangan 90-modda yuzasidan taklif yuborilgan yoki yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi.

«Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha taklif yuborish qulay va inklyuziv bo‘lishi kerak»
26 may 2022, 15:27 1

«Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha taklif yuborish qulay va inklyuziv bo‘lishi kerak»

Konstitutsiyaviy komissiya a’zosi, deputat Bobur Bekmurodov Asosiy qonunni isloh qilish bo‘yicha takliflarni qabul qilish, saralash va qonun loyihasida aks ettirish jarayoni qanday amalga oshirilishini tushuntirib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, takliflar veb-sahifa, Telegram-bot, pochta, davlat tashkilotlari orqali qabul qilinadi, tahlilchilar guruhi uni saralaydi va komissiyaga kiritadi. «Asosiy prinsip — bu taklif yuborish qulay va inklyuziv bo‘lishi kerak», — dedi u.

Xitoy O‘zbekistondagi ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam ajratadi
25 may 2022, 11:16

Xitoy O‘zbekistondagi ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam ajratadi

O‘zbekiston Xitoydan mamlakatda qo‘shma ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun 37,5 mln dollar beg‘araz moliyaviy yordam oladi.

Prezident — bitiruvchilarga: «O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar mamlakatiga aylanib bormoqda»
24 may 2022, 23:47

Prezident — bitiruvchilarga: «O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar mamlakatiga aylanib bormoqda»

Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini mustaqil hayotga qadam tashlayotganlari bilan tabrikladi. Prezident O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar mamlakatiga aylanib borayotganini ta’kidlab, oldiga aniq maqsad qo‘ygan yoshlarning ko‘zlagan cho‘qqilarga erishishlariga ishonch bildirdi.

Adliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
24 may 2022, 20:12

Adliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Intellektual mulk agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan Tulkin Abdusattarov adliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin hamkorlik masalalarini muhokama qildi
24 may 2022, 18:01

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin hamkorlik masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqotda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini rivojlantirish, mintaqaviy kun tartibi va xalqaro siyosat masalalarini muhokama qildilar.

«To‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonunlarni ishlab chiqish vaqti keldi» — Sodiq Safoyev
24 may 2022, 17:49

«To‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonunlarni ishlab chiqish vaqti keldi» — Sodiq Safoyev

Davlat ilgarigi davrlardan farqli o‘laroq, nafaqat boshqaruv, balki fuqarolarga xizmat ko‘rsatish markaziga aylanib bormoqda, dedi Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev. Shunday ekan, amaldorlarning faoliyatiga baho berish, muammolarni parlament usullarida hal etish, qonunlarni qabul qilishda yetuk ekspertlarga tayanish zarur. «To‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonunlarni ishlab chiqish amaliyotini keng joriy etish vaqti keldi deb o‘ylayman», — dedi u.

O‘zbekiston va Qozog‘iston favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda hamkorlik qiladi
24 may 2022, 17:05

O‘zbekiston va Qozog‘iston favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda hamkorlik qiladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni tasdiqladi. Tomonlar tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning monitoringi va prognozi bo‘yicha ma’lumotlar almashadi, ularni bartaraf etishda o‘zaro hamkorlik qiladi.

«Islohotlar buyruq bilan muvafaqiyatli amalga oshirilishi mushkul» — Sodiq Safoyev
24 may 2022, 17:00

«Islohotlar buyruq bilan muvafaqiyatli amalga oshirilishi mushkul» — Sodiq Safoyev

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev islohotlar buyruq bilan muvafaqiyatli amalga oshirilishi mushkulligi va tub o‘zgarishlar aholi ularni chuqur va to‘la anglashiga bog‘liqligini ta’kidladi. «Taraqqiyotni ta’minlovchi tizimli mexanizmlar ichida eng muhimi — hokimiyatning uch tarmog‘i o‘rtasida bir-birini tiyib turish tizimini takomillashtirishdan iborat», — dedi u. Senator shuningdek, davlat hokimiyatining aholi oldida javobgarligini ta’minlash zarurligini qayd etdi.

«Hozir butun dunyoda konstitutsiyaviy islohotlar sharpasi kezib yuribdi» — Akmal Saidov
24 may 2022, 14:05

«Hozir butun dunyoda konstitutsiyaviy islohotlar sharpasi kezib yuribdi» — Akmal Saidov

Seshanba kuni Konstitutsiyaviy komissiya rahbari Akmal Saidov Asosiy qonun islohoti zaruratini Karl Marks va Fridrix Engelsning «Kommunistik partiya manifesti»ga tayanib asoslantirishga harakat qildi. «Hozir butun dunyoda konstitutsiyaviy islohotlar sharpasi kezib yuribdi», — dedi u.

«Sportchilarni tayyorlash 30 yil oldingi dasturlar asosida amalga oshirilmoqda» — prezident
23 may 2022, 18:20

«Sportchilarni tayyorlash 30 yil oldingi dasturlar asosida amalga oshirilmoqda» — prezident

O‘zbekistonda biror sport turi bo‘yicha mahalliy olimlar tomonidan na metodika, na dastur ishlab chiqilgan. Sport diyetologiyasi, farmakologiyasi, psixologiyasi, kardiomashg‘ulotlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmaydi, deya tanqid qildi Shavkat Mirziyoyev sohani rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda. «Bugungi kunda sportchilarni tayyorlash 30 yil oldingi dasturlar asosida amalga oshirilmoqda», — dedi u.

O‘zbekistonda sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi
23 may 2022, 17:13

O‘zbekistonda sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi

O‘zbekistonda sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi. Shavkat Mirziyoyev yoshlarni bolalikdanoq sportga jalb qilish borasidagi yondashuvlar o‘zgartirilishini ma’lum qildi. Buxoro tajribasi asosida — yaxshi natijaga erishgan yosh sportchilarning elektron ro‘yxati shakllantiriladi va ular maxsus guruhlarda bepul o‘qitiladi, sport maktabi trenerlarining ish haqi 35 foizga oshiriladi.

Hokim yordamchisi Oltinko‘l tumani hokimi bo‘ldi
23 may 2022, 10:34

Hokim yordamchisi Oltinko‘l tumani hokimi bo‘ldi

Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi yordamchisi Maxamadmuso Obidov Oltinko‘l tumani hokimi etib tayinlandi. U oldinroq Milliy bankning Andijon viloyati filiali rahbari ham bo‘lgan.

Angren shahriga yangi hokim tayinlandi
23 may 2022, 09:50

Angren shahriga yangi hokim tayinlandi

Alisher Rayimov Angren shahri hokimi etib tayinlandi.

AQShning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga Jonatan Henik nomzodi taklif etildi
21 may 2022, 12:27

AQShning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga Jonatan Henik nomzodi taklif etildi

Prezident Jo Bayden AQShning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga Jonatan Henik nomzodini ilgari surdi. 2019 yildan buyon ushbu lavozimni Deniyel Rozenblyum egallab kelmoqda.

«Siyosiy shartlarimiz yo‘q». XXR elchisi — Xitoy kreditlari haqida
19 may 2022, 18:01

«Siyosiy shartlarimiz yo‘q». XXR elchisi — Xitoy kreditlari haqida

Xitoyning Toshkentdagi elchisi Szyan Yan Xitoy kreditlari mamlakatlarni «qarz tuzog‘iga» tushishiga sabab bo‘layotgani haqidagi xabarlarni asossiz deb atadi. «G‘arb banklari yoki xalqaro moliya muassasalari qarz bersa — pishloq, Xitoy qarz yoki kredit bersa — tuzoq. Odamlar ba’zida farqiga bormaydilar», — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting