Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan To‘ra Bobolov viloyat hokimi vazifasiga tasdiqlandi.
Sergey Lavrov Giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasidagi hamkorlik memorandumi ishtirokchi davlatlari uchrashuvida qatnashish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Aziz Masutov O‘zbekistonning Shanxaydagi bosh konsuli lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.
«Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Pekinda bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.
«Bir makon, bir yo‘l» ikkinchi xalqaro forumida nutq so‘zlagan Shavkat Mirziyoyev «yashil iqtisodiyot» orqali oziq-ovqat xavfsizligiga erishish tashabbusini ilgari surdi.
Senatorlar xususiylashtirish, davlat-xususiy sherikchilik va qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risidagi qonunlarni ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegarasining ayrim uchastkalarida demarkatsiya chizig‘ini o‘tkazish bo‘yicha takliflar almashdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasining yangi binosini ko‘zdan kechirdi.
Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Shavkat Mirziyoyev Pekinda Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Li Chjanshu bilan uchrashdi.
Pekin shahrida «Bir makon, bir yo‘l» ikkinchi xalqaro forumi rasman ochildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.
Shavkat Mirziyoyev 25 aprel kuni «Dyaoyuytay» qarorgohida Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagardni qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Pekinda mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, turizm sohalarida hamkorlikni muhokama qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Huawei» kompaniyasining Tadqiqotlar va innovatsiyalar markaziga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan uchrashdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina prezidenti saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Pekinga jo‘nab ketdi.
Deputatlar bosh vazir o‘rinbosariga «Umumta’lim maktablarida tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi parlament so‘rovini yuborishga qaror qildilar.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting