Davlat turizm qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlab kelgan Aziz Abduhakimov bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shodiyor Mamatqulov maktabgacha ta’lim vazirining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Zarafshon hokimi bo‘lib ishlagan Muhiddin Bozorov Navoiy hokimi etib tayinlandi.
Qahramon Akmalov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Rossiyalik mutaxassis Yevgeniy Birger «O‘zbekiston pochtasi» kompaniyasi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.
Aziz Aliyev O‘zbekistonning Bangkokdagi bosh konsuli va mamlakatning ESKATOdagi vakili etib tayinlandi.
O‘zbekiston tomonining Amnesty International’dan yashiradigan yoki muhokama kun tartibidan olib tashlanadigan masalalari yo‘qligi tashkilot vakillari bilan TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida qayd etildi.
Abdulaziz Oqqulov va Faxriddin Davrukov Davlat turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
O‘zbekiston prezidenti va Rossiya mudofaa vaziri harbiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi.
O‘zbekiston va Rossiya mudofaa vazirlari Abdusalom Azizov va Sergey Shoygu Toshkentda muzokaralar o‘tkazdi.
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqotda RF prezidentining O‘zbekistonga tashrifi, Rossiya kompaniyalari ishtirokidagi loyihalar va hududlararo birinchi forum kabi masalalarni muhokama qildi.
O‘zbekiston prezidenti Kubaga yo‘lovchi samolyotining halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.
Juma kuni AQSHdan qaytgan prezident Shavkat Mirziyoyev shanba kuni Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston prezidenti AQSH mudofaa vaziri va Kongress Vakillar palatasi a’zolari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Donald Tramp O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSHga rasmiy tashrifi munosabati bilan o‘tkazilgan qabul marosimi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.
Istanbulda o‘tadigan Islom hamkorlik tashkilotining G‘azo sektoridagi vaziyat yuzasidan chaqirilgan navbatdan tashqari sammitida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etadi.
Prezident O‘zbekiston tarixini chuqur o‘rganib, butun dunyoda keng targ‘ib etayotgan barcha amerikalik olimlarga tashakkur izhor etdi
O‘zbekiston va AQSH prezidentlari mintaqaviy xavfsizlik, inson huquqlari sohasidagi islohotlar va iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uyda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.
Bungacha Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Ravshan Usmonov O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting