O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Xorazm viloyatidagi «Ulli hovli» majmuasiga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Urganch tumanida O‘zbek-turkman do‘stlik uyini ochib berdi.
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Xorazm viloyatiga keldi, bu yerda qator madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Toshkentda «Ashxobod» sayilgohini ochib berdi. Gurbanguli Berdimuhamedov o‘zini turkman poytaxtida yurgandan his qilganini ta’kidladi.
O‘zbekiston Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston transmilliy gaz quvuri loyihasiga qo‘shiladi.
O‘zbekiston va Turkmaniston suv masalalari bo‘yicha komissiya tashkil etib, transchegaraviy jinoyatchilik, terrorizm va narkotrafikka qarshi kurashda hamkorlik qiladi.
O‘zbekiston va Turkmaniston hududlararo hamkorlikni rivojlantirish va ishbilarmonlar kengashini tashkil etish va boshqa sohalarga doir 17 ta hujjatni imzoladi.
O‘zbekiston va Turkmaniston transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.
Shavkat Mirziyoyev Kobul va Puli-Xumridagi terrorchilik harakatlari munosabati bilan Afg‘onistonga hamdardlik bildirdi.
FVV 2010—2016 yillarda rahbarlik qilgan Tursinxon Xudoyberganov prezident davlat maslahatchisi lavozimini saqlagan holda vazirlik lavozimiga tayinlandi.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanining sobiq hokimi Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi bo‘ldi.
«O‘zsanoat» va «O‘zbekiston havo yo‘llari» kompaniyalarining sobiq rahbari Ulug‘bek Rozuqulov O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchisi bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev Migel Mario Dias-Kanelni Kuba Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashi raisi lavozimiga saylangani munosabati bilan tabrikladi.
Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda Vladimir Putinga tabrik yo‘llagani va Qandim gazni qayta ishlash zavodini ishga tushirishda Rossiya delegatsiyasi ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirdi.
23−24 aprel kunlari Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi.
Adliya vazirligi va BMTTD uch yillik «O‘zbekistondagi samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurash» loyihasini amalga oshiradi.
Buxoro viloyatida Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ishga tushirildi. Ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov qarorgohi Tehronda bo‘lgan Filippinning O‘zbekistondagi elchisi Vilfredo S.Santosni qabul qildi.
Prezident farmoni bilan qishloq va suv xo‘jaligi boshqaruv tizimida qator tuzilmalar tugatilib, yangi mahkamalar tashkil etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting