To‘rtko‘l tumani hokimiyatiga ko‘p yillar Ellikqal’a tumani hokimi bo‘lib ishlagan Ne’matulla Xudaybergenov rahbarlik qiladi.
Senat 2018 yilgi davlat byudjeti, ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonun , Harbiy doktrinaning yangi tahriri va Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi va boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Prezidentining Qoraqalpog‘istonga safari jarayonida mintaqani yaqin ikki yilda rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni aniqlab olish belgilangan.
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan munosabatlardagi barcha to‘siqlarni olib tashlashdan manfaatdor, dedi Shavkat Mirziyoyev Sooronbay Jeenbekov bilan muzokaralarda.
Qirg‘iziston Issiqko‘l viloyatidagi to‘rtta pansionat joylashgan yer uchastkalarini vaqtincha foydalanish uchun O‘zbekistonga berdi.
Prezident «Yergeodezkadastr» qo‘mitasi rahbariyatini yetarlicha tashabbus ko‘rsatmayotgani va hal qilinmagan muammolar sababli tanqid qildi.
O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Qirg‘iziston Prezidenti Sooranbay Jeenbekovni bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi.
Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekiston paxta yig‘im-terimida tizimli ravishda bolalar mehnatidan foydalanishga chek qo‘yganini tasdiqladi.
O‘zbekiston uchun XMTning birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi 87-Konvensiyasi kuchga kirdi.
Davlat organlari aholiga «Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi» tamoyili asosida xizmat ko‘rsatadi. Uch yil ichida Davlat xizmatlari markazlari 60 ga yaqin davlat xizmatlarini ko‘rsatadi.
Slovakiya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda.
Olmazor tumaning sobiq hokimi Bahodir G‘oyibnazarov Shayxontohur tuman hokimi bo‘ldi.
Ashxobodda «Markaziy Osiyo davlatlari — Afg‘oniston» (S5+1) yangi konsultativ formati muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Istanbulda o‘tkaziladigan Islom hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari sammiti kun tartibi bo‘yicha fikr almashdi.
Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov 13−14 dekabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
O‘zbekistonda ilk bor Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni nishonlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev soha xodimlari anjumanida so‘zga chiqdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yillarda amnistiya qo‘llashda salbiy ko‘rinishlar, jumladan korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘yilganini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev xalq qabulxonalari asosida Tezkor davlat xizmatlari agentligini tashkil etishni taklif qildi. Internet asrida davlat organlarining o‘zlari odamlar tomonga borishi kerak, deb hisoblaydi Prezident.
Prezident Shavkat Mirziyoyev kelgusi yilning qanday nomlanishini yaqin kunlarda e’lon qiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2700 sudlanganlarni afv etish, jumladan 956 nafar shaxsni jazoni o‘tash koloniyalaridan ozod qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting