Konstitutsiyani fuqaroning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida qonunchilikda yuzaga keladigan, bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga hal qilishga oid norma bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev OAV xodimlariga tabrigida ular faoliyatiga to‘sqinliklar demokratik islohotlarga qarshi harakat sifatida baholanishi kerakligini ta’kidladi. «Sud va prokuratura organlari bizga mutlaqo yarashmaydigan bunday salbiy holatlar bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishi lozim», — dedi u.
Prezident qarori bilan shu yilning 1 iyulidan 2025 yilning 1 iyuliga qadar OAVlar foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamroq to‘laydi. Qolaversa, budjet tashkilotlariga elektron OAVlarga obuna bo‘lishga ruxsat berilmoqda.
Konstitutsiyani o‘zgartirishga oid qonun loyihasi «Bu mening Konstitutsiyam» portalida ikki tilda e’lon qilindi. U PDF formatida joylashtirilgan bo‘lib, alohida moddalarga izoh qoldirish imkoniyati mavjud emas. Lekin fuqarolar o‘z fikrlarini yozib qoldirish imkoniyatiga ega. Muhokama 10 kun davom etadi.
O‘zbekiston zilzila va toshqindan jabr ko‘rgan Afg‘onistonga 74 tonna gumanitar yordam jo‘natdi.
Konstitutsiyaga taklif qilingan o‘zgartishlarda O‘zbekiston prezidentining vakolat muddatini 5 yildan 7 yilgacha uzaytirish g‘oyasi ilgari surildi.
O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Moskvada MDH mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishida qatnashdi. Unda ishtirokchilar Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarini hisobga olgan holda dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyatni muhokama qildi.
Shavkat Mirziyoyev «BRIKS plyus» formatidagi onlayn forumda qatnashib, xalqaro keskinlik tobora kuchayib borayotgani va tizimli iqtisodiy inqiroz belgilari namoyon bo‘layotgan sharoitda O‘zbekiston keng ko‘lamli hamkorlik, shu jumladan «Janub-Janub» formatidagi sheriklik uchun ochiq ekanini ma’lum qildi.
Deputatlar Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishga oid qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi. Konstitutsiyaviy komissiya takliflarni Qonunchilik palatasiga kiritgan holda o‘z faoliyatini davom ettiradi. Bosh qonun loyihasi 25 iyundan 4 iyulga qadar umumxalq muhokamasiga qo‘yiladi.
2021 yil noyabr oyidan buyon Termiz orqali Afg‘onistonga 42 ming tonnaga yaqin oziq-ovqat mahsulotlari jo‘natilgan. O‘zbekiston TIV xalqaro sheriklarni Termiz logistika xabidan foydalangan holda mazkur davlatni qo‘llab-quvvatlashda faol hamkorlik qilishni taklif etdi.
O‘zbekistonda energetika bozorini boshqarishning yangi tizimi joriy etiladi, xususan, «O‘zbekiston MET» kompaniyasining elektr energiyasini yagona xarid qilish va magistral tarmoqlarni boshqarish vakolatlari xususiy korxonalarga o‘tkaziladi. Dastlab 14 ta tuman va shaharda xususiy kompaniyalar tashkil etiladi.
O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash to‘g‘risidagi qonun iyun oxirigacha tasdiqlanishi rejalashtirilgan. Prezident farmonida tizimni 2022 yil 1 yanvardan joriy etish ko‘rsatmasi berilgan edi.
O‘zbekiston TIV Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirib, hukumat tabiiy ofat oqibatlarini tezroq bartaraf etishda Afg‘oniston xalqiga har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Konstitutsiyaviy komissiyaning ilk yig‘ilishidan bir oy ham o‘tmasdan Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanib, Qonunchilik palatasiga kiritildi. Ta’kidlanishicha, Bosh qonunning 66 ta moddasiga 170 dan ortiq tuzatish kiritilmoqda. Biroq, loyihaning to‘liq shakli e’lon qilinmadi.
Bir yilda qabul qilingan hujjatlarning 30 foiziga, jumladan tadbirkorlik bilan bog‘liq hujjatlarning 80 foiziga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu qonunchilikning barqarorligiga salbiy ta’sir qilmoqda, «fuqarolar va biznes vakillari dalillarga asoslangan qonunchilikni talab etmoqda», dedi adliya vaziri.
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida 18 ta hujjat imzolandi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonga davlat tashrifini Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev nomidagi ko‘cha va xiyobonni ochishdan boshladi. Oliy martabali mehmonga prezident Shavkat Mirziyoyev hamrohlik qildi.
O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov Kobulga tashrifi doirasida Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosarlari — Mulla Abdul G‘ani Barodar va Abdusalom Hanafiy bilan muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston qonunchiligida bajarib bo‘lmaydigan yoki bajarish qiyin bo‘lgan normalar ham uchrab turadi, dedi prezident. U Konstitutsiyaga fuqarolarga bajarib bo‘lmaydigan majburiyatni yuklamaslik haqidagi nomrani kiritishni taklif qildi. Hayot daxlsizligi Bosh qonunda mustahkamlanishi kerakligi ham aytildi.
100 ming kishidan kam bo‘lmagan miqdordagi fuqarolar o‘z qonunchilik takliflarini Qonunchilik palatasiga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Prezident buning uchun Konstitutsiyada qonunchilik takliflarini kiritish institutini qayd etish taklifini ilgari surdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting