Gofurjon Abdurahmonov Andijon shahar hokimi etib tayinlandi. Shaharning avvalgi hokimi Bahrom Haydarov talon-tarojlik to‘g‘risidagi jinoyat ishi doirasida qo‘lga olingan edi.
Prezidentning vakolat muddatini o‘zgartirish, «fuqaro» atamasini «vatandor» ga almashtirish, qo‘shfuqarolik va qo‘shxotinlikka ruxsat berish, Bosh prokuraturani Adliya vazirligiga qo‘shib yuborish, hokimlar va senatorlarni saylash — Konstitutsiya bo‘yicha yuborilayotgan takliflar haqida batafsil «Gazeta.uz» materialida.
Respublika 6-sonli skolioz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Axmed Narimbetov Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi.
Antigua va Barbuda O‘zbekiston diplomatik munosabatlarni o‘rnatgan 141-davlat bo‘ldi.
Senatorlar davlat organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi tuzatishlarni ma’qulladi. Endilikda davlat organlarining mas’ul xodimlari ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumotlarni e’lon qilmasa, 3 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin.
Senat alkogol va tamaki mahsulotlarini tarqatish va iste’molini cheklashga oid qonunni rad etdi. Senatorlar normalardagi ziddiyat va huquqni qo‘llash amaliyoti yetarlicha o‘rganilmaganini ta’kidladi. Qonun mahalliy pivo va vinolarni reklama qilishga ruxsat beruvchi qonunga muvofiqlashtirilishi kerakligi aytildi.
O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbarini qabul qilib, O‘zbekiston Amerika tomoni bilan mudofaa sohasida davlatlararo munosabatlarni faollashtirishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Senatorlar 2017 yildan beri Oliy sud raisi sifatida ishlab kelayotgan Kozimjon Komilovni prezident taqdimnomasiga muvofiq, lavozimga qayta saylash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha 11 iyun holatiga jami 20 148 ta taklif kelib tushdi, shuni 70 foizidan ortig‘i 30 yoshgacha bo‘lganlar tomonidan yo‘llangan. Hududlar kesimida esa Toshkent shahri, Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo va Jizzax viloyatlari yetakchilik qilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev avtomashinada Toshkent bo‘ylab bir yarim soat yurib, juda ko‘p qoidabuzarliklarga guvoh bo‘lganini aytdi. «Xohlagan odam xohlaganini qilib yuribdi. Odam qo‘rqib ham ketdi», dedi u.
Gurlan tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Murodjon Achilov Xorazm viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Kuzda viloyat hokimi unga hayfsan e’lon qilgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev BAA hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Vazir BAA hukumati Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali ro‘yobga chiqarilishida zarur ko‘makni ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyevning fikricha, vazirlik va idora, hokimlik, mahalla binolarini ham muqobil energiyaga o‘tkazish vaqti keldi. Qolaversa, Navoiyda «Yangi O‘zbekiston» massividagi ko‘p qavatli uylar hamda Mendeleyev universiteti tajribasi asosida barcha OTMlarda quyosh panellari o‘rnatiladi.
Konstitutsiyada davlat va jamiyat o‘zaro bir-birini tiyib turishini yanada mustahkamlash taklifi bildirildi. Senator Narimon Umarov buni «fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim omil» deb atagan bo‘lsa, Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov «hech xayolimizga kelmagan taklif» deya ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida bilan telefon orqali ikkitomonlama munosabatlarni muhokama qildi. Tomonlar Osaka shahrida o‘tkaziladigan «EKSPO-2025» butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekistonning ekspozitsiyasini tashkil etishga kelishib olishdi.
Chorshanba kuni prezident BMT bosh kotibi birinchi o‘rinbosari Amina Muhammadni qabul qildi. Suhbat davomida O‘zbekistonning Afg‘onistonda bardavom tinchlikni ta’minlashdagi sa’y-harakatlari e’tirof etildi. BMT vakili Tanzila Narbayeva hamda Saida Mirziyoyeva bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.
Prezident “Reklama to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, darsliklar va daftarlarda reklama bo‘lishi, milliy va oilaviy an’analarga zid obrazlardan, mashhurlar va tibbiyot xodimlari siymosidan foydalanish, tovar narxlarini valyutada ko‘rsatish taqiqlanadi. Qolaversa, reklamalarda yosh tasnifi ko‘rsatiladi.
Prezident yer maydonlarini auksionga qo‘yishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan Navoiy, Shahrisabz, Qo‘qon shaharlari, Bo‘stonliq, Bekobod, Kitob, Uzun tumanlari hokimlariga oxirgi marta “hayfsan” berdi. Ularning qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlarini ishdan olishga ko‘rsatma berildi.
Markaziy Osiyoga tashrifi doirasida BMT bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad O‘zbekistonga ham keladi. Senat va Yoshlar ishlari agentligida muzokaralar, shuningdek, O‘zbekistonning lider ayollari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Prezident qarori bilan 254 ta sport maktabi va 56 ta ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etildi. 4 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar 6 bosqichda saralanadi va professional sportga salohiyati borlargina ixtisoslashtirilgan sport maktabiga qabul qilinadi. Keyingi yildan maktablarga 35 mlrd so‘m ajratiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting