Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Yaponiya hukumati tomonidan «Ko‘tarilayotgan quyosh ordeni katta tasmasi» bilan taqdirlandi. Bunday darajadagi mukofot O‘zbekistonda ilk bor berilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi, Abdulaziz Kamilovning rossiyalik jurnalistlarga bergan intervyusi, respublika bo‘ylab 60 dan ortiq bozor va majmualarning xususiylashtirilishi kutilayotgani — “Gazeta.uz"ning 2 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Hozirda O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish masalasi loyihaning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi, yashil energetikaga sarmoya kiritish bo‘yicha ko‘plab takliflarni hisobga olgan holda ham, uning shaffofligi nuqtai nazaridan ham ko‘rib chiqilmoqda. «Biz nafaqat O‘zbekiston, balki mamlakatimiz bilan chegaradosh qo‘shni davlatlar jamoatchiligining ham bu masalaga munosabatini o‘rganamiz», — dedi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov.
Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistonining elchisi etib tayinlangan Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi. U O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Deputatlar inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi uchun bemorning yaqin qarindoshi bo‘lishi kerak degan cheklovni bekor qilishga oid qonun loyihasini ma’qulladi. Unga ko‘ra, donor sifatida o‘z a’zosi olinishiga ixtiyoriy ravishda, bepul asosda, notarial tartibda rozilik bergan inson tushuniladi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston bilan qo‘shma loyihalar bo‘yicha savolga javob berar ekan, mamlakat aktivlari muzlatilgani sababli muvaqqat hukumatning moliyaviy salohiyati mutlaq yo‘qligi hamkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidladi. «Butun iqtisodiyotni faqat gumanitar yordamga tayanib yo‘lga qo‘yib bo‘lmaydi», — dedi u.
2022 yilda mo‘ljallangan davlat budjeti loyihasida ta’lim va tibbiyot tizimiga 58 trln so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Prezident qo‘shimcha tarzda yana 12 trln so‘m ajratish taklifini bildirdi. Shuningdek, uy-joylar va ijtimoiy obyektlar qurish, mahallalarni obod etish chora-tadbirlari uchun 26 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.
2022 yilda O‘zbekiston prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi rejalashtirilgan. Bu haqda Vengriya bosh vazirining Shavkat Mirziyoyevning saylovdagi g‘alabasi munosabati bilan yo‘llagan murojaatida aytildi.
Vazir o‘rinbosari va viloyat hokimi o‘rinbosarlarining intizomiy jazoga tortilishi, oktabr oyida inflyatsiya 1,3 foizni tashkil qilishi, «O‘zbekneftgaz» raisi o‘rinbosarining jurnalistlarga bo‘lgan bosimi — «Gazeta.uz»ning 1 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Biznes-ombudsman mutaxassisining ta’kidlashicha, shu yilning 9 oyida 1000 dan ortiq mansabdor ma’muriy javobgarlikka tortilib, 225 tasiga intizomiy jazo qo‘llanilgan. Sudlarga 28 mlrd so‘mlik da’vo arizalar kiritilgan. «Tadbirkorlarning huquqlari buzilishi davlat budjeti uchun qo‘shimcha xarajat» — dedi u.
Vazirlar Mahkamasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan ikki nafar vazir birinchi o‘rinbosari va uch nafar viloyat hokimi o‘rinbosariga intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova SSV rahbaridan tug‘ruqdan keyin vafot etgan ayolning o‘limini yashirishga urinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. U mazkur xabarni rad etib, bu «vaziyatni noto‘g‘ri talqin qilish» deb hisoblashini ta’kidladi.
2023 yildan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jumlalarning soddaligi va qisqaligi, ta’riflarning aniqligi, atamalarning to‘g‘ri qo‘llanilganligi va boshqa talablar asosida lingvistik ekspertizadan o‘tkaziladi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonda siyosiy raqiblar manfaatlari to‘qnashuvi ehtimoli haqidagi savolga javob berar ekan, mamlakatni bir tomon tufayli boshqa tomon qabul qilmaydigan pozitsiyani tanlashga majbur bo‘ladigan holatga keltirishlari qabul qilinishi mumkin emasligini ta’kidladi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan uchrashuvlari haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar voqelikni to‘liq anglamoqda, yangi hukumat xalqaro hamjamiyatga qo‘shilishni istaydi va «ba’zi ijobiy qadamlar» qo‘yishga tayyor. Masalan, uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasining Kobuldagi tashrifidan so‘ng chegaraga tutash Balh provinsiyasida ertasi kuni barcha qizlar maktabga chiqqan.
Markaziy saylov komissiyasi Shavkat Mirziyoyevni prezident saylovi g‘olibi deb e’lon qildi. U ikkinchi muddatga qayta saylandi va deyarli 13 mln ovoz (80,12%) to‘pladi. Ikkinchi o‘rinni esa 6,63% ovoz bilan Maqsuda Vorisova egalladi.
Shavkat Mirziyoyev saylovdan keyingi birinchi majlisda qishloq xo‘jaligidagi islohotlar va klasterlar faoliyatidagi muammolarni muhokama qildi. Paxta-to‘qimachilik klasterlari yanada ko‘proq imtiyozli kreditlar, davlat grantlari, mustaqillik va boshqalar beriladi.
Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasiga qarashli korxonalarda masofadan boshqariladigan yirik kalibrli pulemyot namunasi ishlab chiqarildi va hozirda sinovdan o‘tkazilmoqda. Uni zirhli harbiy texnikalarga ham o‘rnatsa bo‘ladi.
Pedagogika universitetida dekan o‘rinbosari talaba qizga tegajog‘lik qilgani aytilayotgani, to‘rtta tuman hokimi o‘tib ketgan kunga yig‘ilish chaqirish to‘g‘risida qaror chiqarishi, Senatorlar jamiyatlar vakillari bilan uchrashuvi — “Gazeta.uz"ning 27 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston prezidenti va XXR raisi Si Szinpin telefon orqali muloqotda Afg‘onistondagi vaziyat, vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy markaz qurish va boshqa masalalarni muhokama qildi. Shavkat Mirziyoyev koronavirusning kelib chiqishi haqidagi masalani siyosiylashtirishga qarshi chiqdi, deya xabar qildi «Sinxua».
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting