Prezident xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolatlarini aniq belgilab beruvchi qonunchilik bazasini yaratish vaqti kelganini aytdi. Unga ko‘ra, «endi kengash rahbari ijroiya organi rahbari bo‘la olmaydi».
«O‘zkomnazorat» qonunda belgilangan talabni bajardi, shunga qaramasdan, regulyator rahbari ishdan bo‘shatildi, qonunbuzarlar ro‘yxatidan esa barcha ijtimoiy tarmoqlar ham chiqarib tashlangani yo‘q. Misol uchun, «VKontakte», Twitter, WeChat, TikTok va Skype hanuz qora ro‘yxatda. «Kelishilmagan harakatlar» ortidan ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi va javobsiz qolayotgan savollar haqida mutaxassislar fikri.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Avstriyaning Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Mixael Linxart bilan uchrashdi. Muzokaralarda 2022−2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.
Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov vazifasidan ozod etilishi kutilmoqda. Aprel oyida prezident videoselektor yig‘ilishida Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari hokimlariga hayfsan bergan edi.
Buyuk Britaniya O‘zbekistonga «UK GSP Enhanced Framework» Umumiy imtiyozlar tizimi bo‘yicha benefitsiar mamlakat maqomini taqdim qildi. Ushbu maqom keng turdagi o‘zbek mahsulotlarining Britaniya bozoriga kirishini osonlashtirishi va ularning raqobatbardoshligini oshirishi kutilmoqda.
Dekabr oyida O‘zbekiston prezidentining Janubiy Koreyaga rasmiy tashrifi rejalashtirilgan. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning O‘zbekiston rahbariga yo‘llagan tabrigida aytildi.
Prezident kelgusi besh yilda tinchlik va xavfsizlik masalalari hamda xalqaro hamkorlar bilan aloqalar yanada mustahkamlanishigi ma’lum qildi. «Biz — dunyoga, dunyo — bizga ochiq bo‘lishi kerak. Bugungi hayot, bugungi taraqqiyotning talabi ham aslida shu», — dedi u.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Kuziyev Tursunali Karimdjonovich Madaniy meros agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. U o‘z vaqtida madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari hamda vazir sifatida ham faoliyat yuritgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev inauguratsiyaga bag‘ishlangan marosimda Konstitutsiyani takomillashtirish masalasini ko‘rib chiqishga e’tibor qaratdi. «Tub burilish davrida ko‘pgina davlatlarda konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilganini ko‘ramiz», — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev qasamyoddan so‘ng nutq so‘zlab, prezidentlik lavozimiga birinchi marta kirishganida aytgan so‘zlarini yodga oldi: «Menga soxta va balandparvoz gaplarning keragi yo‘q», — dedi u. Qolaversa, u saylovoldi uchrashuvlarda bildirilgan hududlarni rivojlantirishga oid takliflar yillar davomida aniq dasturlar bo‘yicha amalga oshirilishini ta’kidladi.
oktabrda prezidentlikka qayta saylangan Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti sifatida qasamyod qildi va yana davlat rahbari lavozimini bajarishga kirishdi.
Toshkentda changli tuman haqida O‘zgidromet izohi va SSV maslahatlari, Milliy bog‘da Qonunchilik palatasi binosi yonidagi ko‘l quritilib, uning o‘rniga teatr qurilishi, “O‘zbekneftgaz” London fond birjasiga $700 mlnlik xalqaro obligatsiyalarni joylashtirishi — “Gazeta.uz"ning 5 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zLiDeP partiyasidan O‘zbekiston prezidenti etib qayta saylangan Shavkat Mirziyoyev inauguratsiyasi 6 noyabr kuni Senatning yangi binosida bo‘lishi kutilmoqda.
Bosh vazirning axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi Olimjon Umarov va AKT vaziri Shuhrat Sadikov lavozimlaridan ozod etildi. Bu ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini cheklash bilan bog‘liqligi aytilmoqda.
O‘zbekiston Amerika davlatlari tashkilotining 73-doimiy kuzatuvchisi bo‘ldi. Mamlakat 9−11 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan tashkilot Bosh assambleyasining sessiyasida ishtirok etishga taklif qilindi.
Qirg‘iziston Energetika va sanoat vaziri o‘rinbosari Taalaybek Ibrayev Toqtogul suv omborining suv sathi «o‘lik chegara» darajasigacha tushishi ehtimoli kattaligi tufayli Markaziy Osiyo davlatlarini kutilayotgan suv tanqisligidan ogohlantirdi. Uning fikricha, «vaziyatni o‘nglash uchun Qirg‘iziston elektr energetika tizimiga qo‘shni davlatlardan yordam olish zarur».
Yangi qabul qilingan hukumat qarorlari, “O‘zkomnazorat” Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki`ning O‘zbekistondagi faoliyatini cheklashi, mazkur holatdan prezidentning xabar topishi — “Gazeta.uz"ning 3 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
«O‘zkomnazorat» boshlig‘i G‘olibsher Ziyayev «noto‘g‘ri va kelishilmagan hatti-harakatlari uchun» egallab turgan vazifasidan chetlatildi. Ro‘y bergan holat yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilishi aytildi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov «„O‘zkomnazorat“ tomonidan bir yoqlama, uzoqni o‘ylamay qilgan harakati haqida prezident xabar topgani» haqida xabar berdi.
Prezident qarori bilan 1000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yer uchastkalari, bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini qo‘lga kiritgan mahalliy va xorijiy investorlarga mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashni 6 oyga kechiktirish huquqi berilishi mumkin. Davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar va soliq qonunchiligini buzish xavfi yuqori bo‘lgan tadbirkorlar bundan mustasno.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting