Komil Allamjonov Saida Mirziyoyevaning ba’zi tashabbuslarini Gulnora Karimovaning g‘oyalari va loyihalari bilan taqqoslash haqida fikr bildirdi. «U paytdagi xatolar bizga ko‘proq bu yo‘lda xato qilishimizga yoki ularning qilgan xatoliklari bizga bir ko‘rgazma, aslida. Biz shu xatolarni qilsak, loyihalarni shunday xatolik bilan qilsak qanday oqibatlarga olib kelishini ko‘rganmiz. Bu bizga saboq», — deya qo‘shimcha qiladi u.
Prezident qarori bilan 2021 yil 1 sentyabrdan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi. Barcha davlat tashkilotlari, viloyat hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 1 avgystdan davlat xaridlari sohasidagi tenderlar natijalari ochiq e’lon qilinadi.
Prezident farmoni bilan korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilganlarning ochiq elektron reyestri yuritilishi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu ro‘yxatga kiritilganlar davlat xizmatiga qabul qilinishi va davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi, tadbirkorligi davlat xaridlarida ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashishi taqiqlanadi.
2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatchilari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi. Ularga xorijda bank hisobraqamlarini ochish taqiqlanadi. Manfaatlar to‘qnashuvini oshkor qilish va oldini olish bo‘yicha chora ko‘rmaganlik uchun javobgarlik joriy qilinadi.
Prezidentning yangi qarorlari, Toshkentdagi radar va kameralar ro‘yxati, Surxondaryoda 109 tup qimmatbaho daraxtlar ruxsatnomasiz kesib tashlanishi, Nurmat Otabekovning koronavirusga qarshi emlash to‘g‘risidagi fikri — “Gazeta.uz"ning 6 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Prezident farmoni bilan 2021−2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy strategiyasi tasdiqlandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Qonun PDXX faoliyatini asosiy yo‘nalishlari, huquq va majburiyatlari, qo‘riqlanadigan shaxslar va obyektlar, shuningdek, PDXX harbiy xizmatchilari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, sovuq va o‘q otar qurollarni qo‘llash shartlari va boshqalarni tartibga soladi.
Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari Afg‘onistonning shimoliy hududlaridagi ahvol yomonlashishi munosabati bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatning rivojini muhokama qildilar.
O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar faoliyati cheklanganidan so‘ng mobil VPN birdaniga ommalashishi, prezidentning joriy haftadagi ish grafiki, Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmoniing telefon orqali muloqoti, lotin yozuvidagi alifboga o‘tish bo‘yicha topshiriq — “Gazeta.uz"ning 5 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon mintaqada Afg‘oniston yo‘nalishidagi ahvolning yomonlashishi va keskinlikning kuchayishi bilan bog‘liq vaziyatning rivojlanishini muhokama qildilar. Tomonlar Afg‘oniston bilan chegarani qo‘riqlashni kuchaytirishda kuch ishlatar tuzilmalar va huquqni muhofaza qilish idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada muvofiqlashtirishga tayyorligini tasdiqladilar.
Prezident Shavkat Mirziyoyev shu hafta BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkir bilan uchrashadi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarining transformatsiyasi yuzasidan taqdimot va Olimpiya zaxiralarini tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston hukumati iyul oyining birinchi yarmida mamlakatga issiq havo oqimi kirib kelishi munosabati bilan shoshilinch choralar ko‘rishga kirishdi. Unga ko‘ra, aholi gavjum joylarda vaqtinchalik tibbiyot punktlarini tashkil etish, daryo va ko‘llar, aholi dam olish maskanlarida xavfsizlik masalalarini kuchaytirish, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash zarur.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovda koronavirus aniqlangani sababli u davolanish uchun Toshkentga jo‘nab ketdi. Bir hafta avval viloyat rahbari niqobsiz ko‘rinish berib, Buxoro aholisi bilan qo‘l berib ko‘rishgandi.
Yuqori palata raisi jurnalistlar bilan uchrashuvda davlat idoralari 100 foiz ochildi deb ayta olmasligi, ularning voqea va hodisalar yuzasidan darhol munosabat bildirishi talab darajasida emasligini qayd etdi. «Ijro organi hech qachon o‘z aybini o‘zi aytmaydi. Shuning uchun, parlament nazorati organi sifatida bizda yangi qo‘mita tashkil qilindi», — dedi u.
O‘zbekiston TIV rahbari Vashingtonda AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar afg‘on mojarosi hamda mintaqada tez muddatlarda tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashuvchi choralarni muhokama qilishgan.
Senat raisi jurnalistlar uchrashuvda davlat idora va tashkilotlari mansabdorlari senzura o‘rnatishi, OAV ishiga to‘sqinlik qilishi, tazyiq va bosim o‘tkazishiga qarshi javobgarlik yanada kuchaytirilishini ma’lum qildi. «Sizlarni faoliyatingizga aralashishga, ko‘rsatma, yo‘nalish berishga hech kimning haqqi yo‘q», — dedi u.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov daromad va mol-mulklarni majburiy deklaratsiya qilish tizimi nima uchun davlat xizmatchilari, ularning turmush o‘rtoqlari va voyaga yetmagan farzandlarini qamrab olish bilan cheklanayotgani, boshqa qarindoshlari hozircha hisobga olinmayotganiga izoh berdi. U tizim nima sababdan davlat xizmatchilarining xarajatlarini hisobga olmasligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
Toshkentda koronavirus bemorlari uchun taqsimlash markazlari qayta ochilishi, Abdulaziz Kamilovning AQShga tashrifi, poytaxtda bog‘lar, yashil hududlar va xiyobonlar soni ko‘paytirilishi, O‘zbekistonda bir nechta ijtimoiy tarmoqlar faoliyati vaqtinchalik cheklanishi — “Gazeta.uz"ning 2 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zLiDeP partiyani rebrending qilish doirasida o‘z logotipini o‘zgartirmoqda.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Markaziy Osiyodagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildilar. Tomonlar terrorizmga qarshi kurashish va mudofaa vazirliklarining salohiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting