Toshkentda SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tashkilot a’zolari Qirg‘izistonda aksilterror mashqlari hamda internetdan terroristik, separatistik va ekstremistik maqsadlarda foydalanishning oldini olish bo‘yicha birinchi qo‘shma axborot operatsiyasini o‘tkazishga kelishib olindi.
Oliy Majlis Senati Madaniy meros agentiligiga muammo va kamchiliklar yuzasidan yozma ravishda asoslantirilgan tushuntirish berish talabi qo‘yilgan parlament so‘rovi yubordi.
Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi sessiyada Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga 2022-yil noyabr oyidan beri hokim vazifasini bajarib kelayotgan Akmal Mahmudaliyev nomzodi tasdiqlandi.
Senatorlar “Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi. Endi ushbu jinoyatlarda aybdor deb topilganlar jazo muddatidan ilgari ozod qilinmaydi va yengil jazoga almashtirilmaydi.
Tanzila Narbayeva bolalar va ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ilg‘or deb atadi, uni qabul qilishdagi qiyinchiliklarni qayd etib, faollarga minnatdorlik bildirdi. 2021−2022-yillarda ayol-qizlarga nisbatan 72 mingta zo‘ravonlik holatlari bo‘lgan, ularning 85 foizi oilada sodir etilgan.
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan Raximjon Boboyev Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Markaziy saylov komissiyasi referendum uchun xorijdan 26 nafar, jumladan, Gruziyadan 3 nafar, Ozarbayjondan 2 nafar, Indoneziya va Niderlandiyadan 1 nafardan kuzatuvchi akkreditatsiyadan o‘tganini ma’lum qildi.
30-aprelda bo‘ladigan referendumda ovoz berish byulletenining shakli va tavsifi tasdiqladi. Unda yangi “Konstitutsiyani qabul qilasizmi?” degan savolga “ha” yoki “yo‘q” javoblari aks etgan. Byulletenlarni ko‘zi ojiz ovoz beruvchilar tomonidan to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida trafaretlar ham tayyorlanadi.
Shuxrat Dauletiyarov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar qurilish sohasida bir qator lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Senatning o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisi 6-aprel kuni chaqiriladi. Unda davlat chegarasini qo‘riqlash, Ozarbayjon bilan harbiy hamkorlik, Qozog‘iston bilan mahkumlarni topshirish hamda xotin-qizlar va bolalar huquqlari haqidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Tashqi ishlar vazirligi va ombudsman hisoboti eshitiladi.
Prezident farmoni bilan Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti negizida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tashkil etiladi.
Furqat Sidiqov O‘zbekistonning AQShdagi elchisi vazifasini bajarishga kirishdi. U bu lavozimda Javlon Vahobovning o‘rnini egalladi.
Xorijda yashayotgan o‘zbekistonliklar referendum o‘tkaziladigan 55 ta uchastkaning manzilini interaktiv xarita orqali aniqlashi mumkin.
Prezident tashrifidan so‘ng Xorazm viloyatida kadrlar almashinuvi ro‘y berdi. Urganch tumaniga G‘ayratjon Sultanov, Qo‘shko‘pir tumaniga Boburbek Egamov, Bog‘ot tumaniga Jahongir Nazarov hokim bo‘ldi. Shuningdek, RSHTYOIM filiali va ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi rahbarlari o‘zgardi.
Toshkent hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasi propagandasi bo‘yicha targ‘ibot guruhlarini tuzish to‘g‘risidagi to‘rt kun avval imzolagan qarorini bekor qildi.
Adliya vaziri Akbar Toshqulov O‘zbekiston firibgarlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun elektron ovoz berishga o‘tishni rejalashtiryaptimi, degan savolga onlayn ovoz berish tizimi ideal emas, deb javob berdi. “Ba’zi odamlar elektron tizimda qanday ovozini berganini kimdir bilishini xohlamaydi”, dedi u.
Toshkent shahri hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov yangi Konstitutsiya loyihasi targ‘iboti uchun guruhlar tuzilishini ma’qulladi. Uning tarkibida 1000 dan ortiq kishi, jumladan, oqsoqollar, o‘qituvchi, shifokor, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va boshqalar bor. Ularga 11 mingdan ziyod mahalla faollari yordam beradi.
Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi sessiyada Xorazm viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Jo‘rabek Rahimov nomzodi tasdiqlandi.
“Mitinglar to‘g‘risida“gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan hamda hozirda prezident Administratsiyasida ko‘rib chiqilmoqda, deya ma’lum qildi Adliya vazirligi departament boshlig‘i. Mitinglarni tashkil etish tartibi hali ham qonunlarda belgilanmagan, biroq uni buzganlik uchun javobgarlik bor.
O‘zbekistonda shtatlarni qisqartirishni ko‘zda tutgan ma’muriy islohotlar doirasida davlat organlarida ishdan bo‘shatish vaqtincha to‘xtatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting