O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida ikkita GES qurish loyihasi bo‘yicha qo‘shma aksiyadorlik jamiyati tashkil etish to‘g‘risida, qolaversa, o‘zbek-tojik investitsiya kompaniyasi tashkil etish, sanoat va yangi texnologiyalar sohasida, tog‘-kon sanoatida hamkorlik to‘g‘risida jami 35 ta hujjatni imzoladi.
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari kengaytirilgan tarkibda muzokaralarni davom ettirdi. «Istiqbolga mo‘ljallangan aniq rejalarimiz bor», — dedi Shavkat Mirziyoyev. O‘zbekiston tomoni avtomobillarini yig‘ishni tashkil etish, aviaqatnovni kengaytirish va avtobus yo‘nalishlarini tiklash, shuningdek, diplomatik munosabatlarning 30 yilligiga bag‘ishlangan madaniy tadbirlarni o‘tkazish taklifini ilgari surdi.
Hukumat «Gidrometeorologiya xizmati a’lochisi» ko‘krak nishoni ta’sis etishga oid qarorni qabul qildi. Unga ko‘ra, nishon bilan gidrometeorologiya va iqlimshunoslik sohasini rivojlantirish ishlariga katta hissa qo‘shganlar 7 may — «O‘zgidromet» tashkil topgan kun arafasida taqdirlanadi.
Dushanbedagi «Qasri Millat» qarorgohida O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari tor doiradagi uchrashuvini o‘tkazdilar. Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni O‘zbekistonga javob tashrifi bilan kelishga taklif qildi.
Qonunchilik palatasining ikki nafar deputati iqtisodchi Yuliy Yusupovning O‘zbekiston energetika sohasini isloh qilish qachon boshlanishi so‘rab, e’lon qilgan postini tanqid ostiga oldi. Xalq vakillarining ta’kidlashicha, mamlakat energetika sohasida allaqachon, salmoqli ishlar bajarilgan, hozirgi uzilishlar esa — «yillar davomida to‘planib qolgan muammolarning oqibati».
Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga yetib keldi. Dushanbe xalqaro aeroportida uni mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikistonga yo‘l oldi. Tashrif chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning deyarli barcha sohalarini qamrab oladigan 30 dan ziyod hujjat qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Reklama bannerlarining buzilishi bilan bog‘liq holatlar, Milliy bog‘da qurilishi rejalashtirilayotgan kutubxona, Adliya vaziri ishtirokidagi brifing, Muborak hokimining ishdan olinishi, Toshkentdagi kanallarda ikki kishi cho‘kib ketishi — “Gazeta.uz"ning 9 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov yer munosabatlarini tartibga solishga oid prezident farmoni nima sababdan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmaganini izohladi. «Har xil o‘yin bo‘lib ketmasligi, butun davlat miqyosida yerlar talon-toroj qilinmasligi uchun mana shunaqa yondoshuv qilindi», — dedi u. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, endi hokimlar yer ajratish bo‘yicha qaror qabul qila olmaydi. Faqat viloyat hokimlarida qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratishga oid vakolat qolgan.
Prezidentning yer munosabatlarini tartibga solishga oid farmoniga ko‘ra xorijiy investorlarga yer maydonlari ijaraga berilishi haqidagi muhokamalarga adliya vaziri Ruslanbek Davletov munosabat bildirdi. «Nimaga yer berilmasligi kerak?», — dedi u. Qolaversa, vazir chet elliklarga faqat noqishloq maydonlardan yer berilishi ko‘zda tutilganini qayd etdi. Biroq, u aytgan tartib farmonda mavjud emas.
O‘zbekiston prezidenti Tojikistonga rasmiy tashrifi davomida Dushanbedagi qator tadbirlarda ishtirok etadi, jamoatchilik vakillari bilan uchrashadi va So‘g‘d viloyatiga tashrif buyuradi. 30 dan ortiq hujjatlarni imzolash rejalashtirilmoqda.
Prezident Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Hujjat Konvensiyaning 12-moddasiga qo‘shimcha shart bilan ratifikatsiya qilindi. Mazkur qo‘shimcha shart davlat mental nogironligi bo‘lgan kishilarga huquq layoqatini berishga tayyor emasligini, mazkur modda ijrosiga o‘tish birmuncha vaqt olishini anglatadi.
Navoiydagi ohak ishlab chiqarish sexida yong‘in chiqishi, Effect.uz jurnalistlari Andijonda kaltaklanishi, Everestga chiqqan o‘zbekistonlikka prezident sovg‘asi topshirilishi, 15 iyundan umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul boshlanishi va “Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar — “Gazeta.uz"ning 8 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev go‘shtning qimmatlashishi fonida narxlarni barqarorlashtirish tadbirkorlarni arzon narxda sotishga majbur qilishni anglatmasligini aytdi. Prezident bozorda taklif ortishi uchun sharoit yaratish zarurligini ta’kidladi. Shundan kelib chiqib, parrandachilik korxonalarining foyda, mol-mulk, yer va suv soliqlari 50 foizga kamaytiriladi.
«Parrandasanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Bahodir Isayev endi tashkilotga rahbarlik qiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev seshanba kungi videoselektorda ma’lum qilgan. Unga shuningdek, Veterinariya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajarish ham yuklatildi.
O‘zbekiston prezidenti aholi bandligini ta’minlashga bag‘ishlangan videoselektorda tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohasida, xususan, ishsizlarga yer maydonlarini ajratish orqali yangi ish o‘rinlari sonini 1,5−2 baravarga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Prezident seshanba kungi videoselektorda endi yer faqat auksionda sotilishi yoki ijaraga berilishini ma’lum qildi. «Kimga yer kerak bo‘lsa, davlat auksionida qatnashsin, haloli bo‘lsin, yerni sotib olsin», — dedi u. Qolaversa, davlat rahbari Surxondaryo tajribasi doirasida 2021 yilning o‘zida qariyb 100 gektar g‘alladan bo‘shagan yer ishsiz aholiga berilishini ta’kidlagan.
Alisher Qodirovning intervyusidan fikrlar, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida avtobus qatnovi tiklanishi, Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi ish grafiki, Samarqand YeTTBning “Yashil shaharlar” dasturiga kiritilishi — “Gazeta.uz"ning 7 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qonunchilik palatasi vitse-spikeri Alisher Qodirov LGBT hamjamiyati a’zolarini fuqarolikdan mahrum qilish zarurligi to‘g‘risidagi takliflariga izoh berdi. Uning fikriga ko‘ra, «bunday odamlar 100 yildan keyin ham o‘zbek jamiyatida yashay olmaydi, shuning uchun ularga yordam kerak». Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, uning bayonotlaridan so‘ng, yuzga yaqin LGBT vakillari unga minnatdorchilik bilan murojaat qilishgan.
Milliy tiklanish partiyasi rahbari Alisher Qodirov turli mavzularda qilgan munosabatlari «mutlaqo boshqacha talqin qilinishi»ni ta’kidladi. Deputatning fikriga ko‘ra, «o‘zbek segmenti bilan rus segmentiga qaraganda dialog qilish osonroq». «Men rusiyzabon auditoriya bilan oxirigacha kelisha olmayapman. Menda dialog o‘xshamayapti. Men buning ustida ishlamoqdaman», — deydi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting