Siyosat

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi
15 sentabr 2022, 13:42

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida imzolangan hujjatlar orasida «yashil» taraqqiyot sohasida sarmoyaviy hamkorlik, foydali qazilmalarni o‘zlashtirish va korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum ham bor. Savdo va sarmoyaviy bitimlar hajmi $15 mlrdni tashkil etadi.

Eron ShHTga a’zo bo‘lish majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi
15 sentabr 2022, 12:49

Eron ShHTga a’zo bo‘lish majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

Samarqandda ShHTga a’zo davlat maqomini olish uchun Eronning majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum qabul qilindi. Hujjatga mamlakat tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon va tashkilot bosh kotibi Chjan Ming imzo chekdi.

Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin muzokaralar o‘tkazdi
15 sentabr 2022, 12:23

Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin muzokaralar o‘tkazdi

Samarqandda XXR raisini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida davlatlar rahbarlari o‘zaro hamkorlik hamda Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi. Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. O‘zbekiston yetakchisi javob tashrifi bilan Xitoyga taklif qilindi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy temir yo‘l loyihasi bo‘yicha bitim imzoladi
15 sentabr 2022, 10:19

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy temir yo‘l loyihasi bo‘yicha bitim imzoladi

«O‘zbekiston — Qirg‘iziston — Xitoy» temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Loyiha Xitoydan O‘zbekiston orqali Yevropaga va Janubiy yo‘llar bilan Fors ko‘rfazi davlatlariga tashuvlarni kengaytirishga xizmat qiladi. Loyiha qariyb 20 yil davomida muhokama qilingan.

Vladimir Putin Samarqandga keldi
15 sentabr 2022, 10:06

Vladimir Putin Samarqandga keldi

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga keldi. Mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Emomali Rahmon va Serdar Berdimuhamedov ham Samarqandga keldi
15 sentabr 2022, 09:29

Emomali Rahmon va Serdar Berdimuhamedov ham Samarqandga keldi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov SHHT davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi. Ikki prezidentni ham bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi.

XXR raisi Samarqandga keldi
14 sentabr 2022, 21:32

XXR raisi Samarqandga keldi

XXR raisi Si Szinpin O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi. Samarqand aeroportida uni prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev va Ibrohim Raisiy muzokara o‘tkazdi
14 sentabr 2022, 17:21

Shavkat Mirziyoyev va Ibrohim Raisiy muzokara o‘tkazdi

SHHT sammitida ishtirok etish uchun Eron prezidenti Samarqandga tashrif buyurdi. Shavkat Mirziyoyev va Ibrohim Raisiy muzokaralar davomida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, qolaversa, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashdi.

Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibi o‘rinbosari Rozmari DiKarloni qabul qildi
14 sentabr 2022, 14:28

Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibi o‘rinbosari Rozmari DiKarloni qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti BMT bosh kotibining siyosiy masalalar va tinchlikni barpo etish bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari DiKarloni qabul qildi. Tomonlar Orol dengizi halokatining oqibatlarini yumshatish, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va afg‘on xalqiga ko‘maklashish borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi.

Misr va Qatar SHHTning muloqot bo‘yicha hamkoriga aylandi
14 sentabr 2022, 14:03

Misr va Qatar SHHTning muloqot bo‘yicha hamkoriga aylandi

Toshkentda Misr va Qatarga SHHTning muloqot bo‘yicha hamkori maqomini berish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Ushbu maqomni yana to‘rtta davlat oladi.

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari Samarqandda uchrashdi
14 sentabr 2022, 13:55

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari Samarqandda uchrashdi

SHHT sammiti arafasida Samarqandda O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston yetakchilari muzokara o‘tkazdi. Shavkat Mirziyoyev va Uxnaagiyn Xurelsux ikki davlat o‘rtasida siyosiy va iqtisodiy aloqalarga tizimli tus berish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ni qabul qilishga kelishib oldi.

O‘zbekiston Ozarbayjon va Armaniston chegarasida tinchlikka erishilganini olqishladi
14 sentabr 2022, 13:49

O‘zbekiston Ozarbayjon va Armaniston chegarasida tinchlikka erishilganini olqishladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjon-Armaniston chegarasida yuzaga kelgan harbiy to‘qnashuv bartaraf etilganini olqishladi. Shuningdek, tomonlarni mavjud muammolarni tinchlik muzokaralari va maslahatlashuvlar doirasida hal etishga chaqirdi.

Senat raisi — hukumatga: «Hammasini davlat rahbariga tashlab qo‘yish kerak emas»
14 sentabr 2022, 12:15

Senat raisi — hukumatga: «Hammasini davlat rahbariga tashlab qo‘yish kerak emas»

Tanzila Narbayeva daraxtlar kesilishi, talabalar yotoqxonasi, poytaxtdagi tirbandliklar kabi muammolar tarmoqlarga chiqqanidan keyingina, hukumat harakatga tushishini tanqid qildi va prezidentning o‘zi yechim topib berayotganini aytdi. «Hammasini davlat rahbariga tashlab qo‘yish kerak emas», — dedi Senat raisi.

«SHHTning maqsadi — yangi devorlar emas, yangi ko‘priklar qurish» — Sodiq Safoyev
13 sentabr 2022, 21:54

«SHHTning maqsadi — yangi devorlar emas, yangi ko‘priklar qurish» — Sodiq Safoyev

Senat raisi o‘rinbosari Sodiq Safoyev SHHTning asosiy kuchi uning qandaydir blok yoki yopiq tuzilma bo‘lishdan yiroqligida ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Samarqand sammiti tashkilot xalqaro o‘zaro tushunish, ishonch va hamkorlik barpo etish uchun platforma ekanini isbotlashi kerak.

SHHTning Samarqanddagi sammitida olti davlat hamkor maqomini oladi
13 sentabr 2022, 17:40

SHHTning Samarqanddagi sammitida olti davlat hamkor maqomini oladi

Shanxay hamkorlik tashkilotining bo‘lajak sammitida tashkilotga muloqot bo‘yicha oltita yangi hamkorni qabul qilish to‘g‘risidagi qaror ma’qullanishi kutilmoqda, ulardan to‘rttasi arab davlati hisoblanadi.

Senat tashqi mehnat migratsiyasiga oid qonunni rad etdi
13 sentabr 2022, 17:12

Senat tashqi mehnat migratsiyasiga oid qonunni rad etdi

Senatorlar yalpi majlisda tashqi mehnat migratsiyasiga oid qonunni rad etdi. Unda migrantlar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qatorida bo‘lishi va ularni soliqqa tortish qayd etilgandi. Qonunning biror moddasida esa fuqarolarni kasb yoki chet tillariga o‘qitish kiritilmagan, deya qayd etdi Senat.

«Sud hali yakuniga yetmadi». Adliya vazirligi Gulnora Karimovaning advokatlari sudda g‘alaba qozongani haqida
13 sentabr 2022, 16:36

«Sud hali yakuniga yetmadi». Adliya vazirligi Gulnora Karimovaning advokatlari sudda g‘alaba qozongani haqida

Adliya vazirining o‘rinbosari Muzraf Ikramov Gulnora Karimovaning advokatlari sudda g‘alaba qozongani va $303 mlnlik mablag‘ni qaytarib olishi mumkinligiga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sud hali yakuniga yetmadi va O‘zbekiston tomoni Shveysariya organlari bilan tegishli choralarni ko‘rmoqda.

Qozog‘iston prezidenti poytaxtni Ostona deb qayta nomlashni ma’qulladi
13 sentabr 2022, 15:37

Qozog‘iston prezidenti poytaxtni Ostona deb qayta nomlashni ma’qulladi

Qozog‘iston parlamenti deputatlari poytaxt nomini Nursultondan Ostonaga o‘zgartirishni taklif qilishdi. Prezident Qasim-Jomart Toqayev shaharni avvalgi nomiga qaytarishni qo‘llab-quvvatladi. Endilikda konstitutsiyaviy qonun loyihasiga o‘zgartirish kiritiladi.

Ozarbayjon va Armaniston chegarasida navbatdagi keskinlik yuzaga keldi
13 sentabr 2022, 15:05

Ozarbayjon va Armaniston chegarasida navbatdagi keskinlik yuzaga keldi

13 sentabrga o‘tar kechasi Ozarbayjon-Armaniston chegarasida harbiy to‘qnashuv yuz berdi. Tomonlar o‘q otishni boshlaganlikda bir-birini aybladi. Ikki davlat harbiy xizmatchilari orasida qurbonlar mavjud.

Gulnora Karimovaning $1,4 mlrd aktiviga 1400 ta maktab qursa bo‘ladi — adliya vaziri o‘rinborsari
13 sentabr 2022, 12:10

Gulnora Karimovaning $1,4 mlrd aktiviga 1400 ta maktab qursa bo‘ladi — adliya vaziri o‘rinborsari

Shveysariya sudi Gulnora Karimova va uning jinoiy sheriklarining $336 mln mablag‘larini musodara qildi. Qo‘shimcha $350 mln mablag‘larni musodara qilish masalasi ko‘rilmoqda. Boshqa davlatlardagi aktivlarning umumiy hajmi 14,3‬ trln so‘mga teng. Bu mablag‘larga 1400 tadan ortiq maktab qursa bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting