“Biz hozir birovdan qochib yoki birovga qarshi bu yerga [YeOIIga] a’zo bo‘lib kirayotanimiz yo‘q”. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov YeIH va YeOII bilan hamkorlik o‘rtasidagi “prinsipial farqni” aytib o‘tdi. TIV o‘rinbosari Ilhom Ne’matov YeOIIda qatnashish boshqa davlatlar bilan munosabatlarning yomonlashishiga olib kelmasligini ta’kidladi.
Senat ko‘pchilik ovoz bilan O‘zbekistonning YeOII bilan kuzatuvchi davlat sifatida hamkorligini ma’qulladi. 100 senatordan 91 nafari ovoz berishda ishtirok etdi. Ulardan 71 nafari qarorni ma’qulladi, 16 kishi «qarshi», 4 kishi betaraf bo‘ldi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari rahbari Maqtaaral tumani Mirzakent posyolkasida yangi mikrorayon qurilishini boshlab berdi. Bosh vazirlar ilk turar joylar poydevorlarini qo‘yish marosimida qatnashdi.
Arxiv ma’lumotlarining ochilishi va boshqa davlatlar bilan hamkorlik O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlashtirish imkonini berdi. Prezidentning ma’lum qilishicha, frontga qariyb 2 million o‘zbekistonlik safarbar qilingan, 538 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan, 158 mingdan ziyodi bedarak yo‘qolgan.
Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan toshqin suvlari 10 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari (23 ta aholi punktlari) hududlaridagi 4 711ta turar va 277 ta noturar joy ob’ektlariga hamda 30 718 ga ekin maydonlariga zarar yetkazgan. Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun 2500 dan ortiq texnika jalb etilgan.
AQSH hukumati Sardoba suv ombori o‘pirilishining oqibatlarini bartaraf etish uchun 100 ming dollar ajratadi. Ushbu mablag‘ suv ombori o‘pirilishi natijasida o‘z uylaridan ko‘chirilgan muhtoj oilalarga oziq-ovqat va boshqa zarur vositalarni tarqatish uchun O‘zbekistonga mazkur inqirozdan qutulish va qayta tiklanishda yordam berishga yo‘naltiriladi.
Surxondaryo viloyatida 73 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Captiva traktor bilan to‘qnashdi. Traktorda o‘tirgan (yo‘lovchi) 13 yoshli o‘smir jarohat olib, keyinroq shifoxonada vafot etdi.
Akmal Mirzayev O‘zbekiston transport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali suhbatda yaqinlashib kelayotgan bayram — fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan bir-birlarini tabriklab, ikki mamlakat faxriylari va xalqlariga sog‘lik-omonlik tiladilar.
Donald Tramp uning Eronga qarshi harbiy vakolatlarini cheklaydigan AQSH Kongressi rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi. Mazkur rezolyutsiya “qonunlarni noto‘g‘ri talqin qilishga asoslangan, haqoratli va AQSH o‘zining ittifoqchilari va sheriklarini himoya qilish vakolatlariga katta zarar yetkazgan bo‘lar edi”, dedi Oq uy rahbari.
Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Roman Sklyar boshchiligidagi delegatsiya favqulodda vaziyat yuzasidan O‘zbekiston bilan umumiy harakatlar algoritmini ishlab chiqish maqsadida Sirdaryoga tashrif buyurdi. Ularni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari S.Umurzoqov va viloyat xokimi G‘.Mirzayevlar kutib olishdi. Delegatsiya vertolyot aviatsiyasi yordamida Sirdaryo suv ombori atrofi hududlarini ko‘zdan kechirgan.
O‘zbekiston suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashish uchun Qozog‘istonga 209 nafar shaxsiy tarkib, 169 ta qishloq xo‘jaligi, muhandislik va yong‘in-qutqaruv texnikalaridan iborat qo‘shimcha kuch va vositalar jo‘natdi.
Senatning navbatdagi yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladi. Unda 20 ta masala, shu jumladan 10 ta qonun ko‘rib chiqiladi. YeOII bilan hamkorlik masalasi ham muhokama qilinadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi qo‘shni qozoq xalqiga ham ziyon yetkazganiga munosabat bildirdi. “Ularning aholi yashash joylari va ekin maydonlari zarar ko‘rganidan, albatta, biz juda afsusdamiz”, — dedi davlat rahbari.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi va suv toshqinlari aybdorlari, kim bo‘lishi va egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, qonun oldida javob berishini ma’lum qildi.
Andijon viloyatida mahalliy byudjetga qo‘shimcha manbalar hisobidan qariyb 112,4 mlrd so‘mlik manbasiz va maqsadsiz xarajatlarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. To‘plangan materiallar viloyat prokuraturasiga taqdim etildi.
Qozog‘iston Tashqi ishlari vazirligi Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi natijasida mamlakatning bir qism hududini suv bosishi munosabati bilan O‘zbekistonga norozilik notasini yuborish masalasi ko‘zda tutilmayotganini ma’lum qildi.
Andijon viloyatida 3750 ta tadbirkorlik subyekti, jumladan mehmonxonalar, taksi yo‘nalishliari, sartaroshxona va go‘zallik salonlariga faoliyatini tiklashga ruxsat berildi. Bunda karantin tadbirlariga qat’iy rioya qilinishi shart.
Hukumat tomonidan 2030 yilgacha mamlakatni elektr energiya bilan ta’minlash strategiyasi qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2030 yilgacha elektr energiya ishlab chiqarishni 5900 MVt dan 29200 MVt gacha ko‘paytirish, tabiiy gaz sarfini qisqartirish hamda elektr energiyani uzatishda yo‘qotishlarni sezilarli darajada kamaytirish rejalashtirilgan.
Sirdaryo viloyatida bo‘lib turgan prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘onini tiklash jarayonini ko‘zdan kechirib, dambani mustahkamlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting