Prezident qarori bilan Jamol Nosirov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni Ramazon boshlanishi, shuningdek, davlat bayrami — Milliy suverenitet va bolalar kuni bilan tabrikladi.
Prezident farmoni bilan propiska tizimi tubdan isloh qilinadi. Xususan, 1 apreldan Toshkent shahri va viloyatida ko‘chmas mulkka ega bo‘lishda fuqarodan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish talab etilmaydi, poytaxtda ro‘yxatdan o‘tmasdan yashash muddati 15 kunga uzaytiriladi. Shuningdek, yagona «Manzil» avtomatlashtirilgan axborot tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Xorazm viloyatida yangi tashkil etilgan Tuproqqal’a tumaniga hokim, prokuror, IIB, DSI boshliqlari tayinlandi.
Narzullo Oblomurodov Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Islombek Boqijonov esa rais o‘rinbosari etib tayinlandi.
Regulation.gov.uz portaliga davlat tilida matni bo‘lmagan loyihalar portal ma’muriyati tomonidan avtomatik ravishda o‘chiriladi. Bu haqda ogohlantirish 20 apreldan joylashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myullerni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi.
Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel koronavirusga qarshi kurashishda O‘zbekistonga moliyaviy-texnik ko‘mak ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingani to‘g‘risida xabar berdi.
O‘zbekistonda bir qator hujjatlarning amal qilish muddati avtomat ravishda 1 iyungacha uzaytirildi. Muddati o‘tib ketgani uchun hujjat egalariga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmaydi.
Samarqand viloyatining Oqdaryo va Jomboy tumanlarida yangi hokimlar tayinlandi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida byudjetdan tashqari «Obod va xavfsiz mahalla» jamg‘armasi tashkil etildi. Jamg‘arma mablag‘lari «xavfsiz mahalla» tamoyilini joriy etish, ehtiyojmandlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar yig‘inlarini moddiy-texnik jihozlash kabi maqsadlarda sarflanadi.
Cotton Campaign O‘zbekiston paxtasiga boykot hozircha bekor qilinmasligini bildirdi. Koalitsiya mamlakatda hali majburiy mehnatga barham berilmagani hamda ishchilarni himoya qilishda qo‘shimcha kafolatlarga ehtiyoj sezilayotganini qayd etib o‘tdi.
Prezident farmoni bilan, Jamoatchilik palatasi tashkil etiladi. 50 nafar a’zodan iborat Jamoatchilik palatasining raisi maqomiga ko‘ra vazirga tenglashtiriladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Cotton Campaign koalitsiyasini o‘zbek paxtasidan boykotni olib tashlashga chaqirdi. Vazir o‘z murojaatida o‘zbek matolaridan tayyorlangan niqoblar, jarrohlik xalatlar va boshqa turdagi shaxsiy himoya vositalari global tanqislikni hal qilishda yordam berishini ta’kidlab o‘tdi.
Nikolay Doroshenko Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. U oldin Qirg‘izistonda elchi bo‘lib ishlagan.
Pensiya jamg‘armasiga rahbarlik qilgan Baxrom Ashrafxanov O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi etib tayinlandi.
Choriyev Jasurbek Ergashevich O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Vengriyaga koronavirus bilan kurashish uchun 500 mingta tibbiy niqob jo‘natdi.
Milliy gvardiya qo‘mondoniga o‘rinbosarlar tayinlandi. IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Bekmurod Abdullayev Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Tojikistonda vaqtincha bo‘lib turgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning viza hamda ro‘yxatda turish muddatlari epidemiologik vaziyat barqarorlashgunicha uzaytiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting