Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlar birlashmalarining taklifiga binoan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari deputatlarga axborot berish uchun taklif etildi.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqiy teatri direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Qalbay Turdiyev Qoraqalpog‘iston Madaniyat vaziri etib tayinlandi.
2018 yilning 1−7-avgust kunlari Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati delegatsiyalari ishchi guruhlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Adliya vazirligi «O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida» va «Ijara to‘g‘risida"gi qonunlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni taklif etmoqda.
O‘zbekistonning beshta viloyatida prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari tashkil etiladi.
Xalq deputatlari Nishon tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi almashtirildi.
«Umid» fondi bitiruvchisi, bunga qadar AQSHda yashagan Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari v.b. etib tayinlandi.
Oliy Majlis Senatining qo‘mitalari tomonidan joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil axborot berildi.
Prezidentning «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimini yanada isloh qilishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Kuzda O‘zbekiston prezidentining Hindistonga davlat tashrifiga tayyorgarlik masalasi ikki davlat TIV rahbarlari tomonidan muhokama qilindi.
Aktam Xaitov O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.
Bosh prokuror o‘rinbosari, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i v.b. va uning o‘rinbosari, Bosh prokuratura huzuridagi boshqarma boshlig‘i tayinlandi.
Namangan viloyati Uychi tumanida 4 ta sektor rahbari egallab turgan vazifacidan ozod etildi.
Mira’zam Mirqosimov Qibray tumaniga, O‘ktamjon Karimov Olmaliq shahriga hokim etib tayinlandi.
O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi Kyongsang provinsiyasida o‘zbekistonlik talabaning migratsiya xizmati xodimlari tomonidan kaltaklanishi bilan bog‘liq hodisani o‘rganmoqda.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Turkmanistonning favqulodda va muxtor elchisi Shiri Shiriyevni qabul qildi.
Shuhrat Jo‘rayev O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining qurilish va muhandislik muhofasi ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani kengashining ham navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi o‘zgardi.
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ikki tumanga yangi hokim tayinlandi.
Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimovning 2018 yil 1 avgustdagi qaroriga muvofiq uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting