Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov qarorgohi Tehronda bo‘lgan Filippinning O‘zbekistondagi elchisi Vilfredo S.Santosni qabul qildi.
Prezident farmoni bilan qishloq va suv xo‘jaligi boshqaruv tizimida qator tuzilmalar tugatilib, yangi mahkamalar tashkil etiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xvani qabul qildi.
Shavkatbek Irgashev yana Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimini egalladi.
O‘zbekiston Koreya yarim orolida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik o‘rnatish uchun Koreya Respublikasi sa’y-harakatlarini qat’iyan qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 aprel kunlari Buxoro va Navoiy viloyatlariga tashrif buyuradi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov majburiy mehnatga chek qo‘yish uchun choralar ko‘rishga va’da berdi. U avval ushbu masalaga e’tibor qaratmaganini tan oldi.
Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov o‘qituvchilarning o‘z vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb etilishiga nuqta qo‘yishda unga qat’iyat yetishmaganini tan oldi.
Majburiy mehnat bo‘yicha har bir holat favqulodda vaziyat sifatida ko‘rib chiqiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu topshirig‘i videoselektor yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan e’lon qilindi.
O‘zbekiston va Kolumbiya siyosiy maslahatlashuvlarni muntazam o‘tkazish va ishbilarmon doira vakillari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Prezident ijtimoiy soha vakillarini obodonlashtirish ishlariga jalb etishni taqiqlash bo‘yicha huquqiy mexanizm ishlab chiqishni topshirdi. U Bosh prokuraturaga o‘qituvchi Diana Yenikeyevaning o‘limida aybdor shaxslarni javobgarlikka tortishga buyruq berdi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov qarorgohi Moskvada bo‘lgan Argentina elchisi Rikardo Ernesto Lagorioni qabul qildi.
Abu Bakr O‘rozov O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Yevropol O‘zbekistonni strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashga imkon beruvchi ro‘yxatga kiritdi.
Prezident adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Sudyalar oliy kengashining sobiq raisi Ma’ruf Usmonov yana Qo‘qon hokimligiga tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni prezidentlikka qayta saylangani bilan tabriklab, uni O‘zbekistonga taklif qildi.
O‘zbekiston va Gretsiya TIVlar o‘rtasidagi muntazam siyosiy maslahatlashuvlar, Savdo-iqtisodiy va fan-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita majlislarini qayta boshlashga qiziqish bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 aprel kuni Sirdaryo viloyatiga boradi.
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan Sherzod Kudbiyev bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting