Adliya vazirligi maktablar va boshqa ta’lim muassasalari tomonidan ta’mirlash uchun o‘quvchi va o‘qituvchilardan pul yig‘ilishi noqonuniy hisoblanishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ortiq Otajonov 72 yoshida vafot etdi.
Namangan viloyatida joylashgan «G‘urumsaroy» poligonida O‘zbekiston hamda Belarus Respublikalari qurolli kuchlari hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Asaka tuman obodonlashtirish bo‘limining ikki xodimi yo‘l yoqasidagi gullarni sug‘orayotgan vaqtda avtomobil urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi, bir ayol shifoxonaga yotqizildi.
Yangiyo‘l shahrida «Makro» savdo majmuasida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida majmuaning 1-qavatidagi 30 kv. metr maydonda savdo rastasi va 3 dona muzlatgich yonib zararlangan.
Karmana tumanida maktabga ishga kiritib qo‘yish evaziga 500 dollar pora so‘ragan ikki ayolga nisbatan axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Italiya universiteti bilan hamkorlikda doktorantlar tayyorlanishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Kann festivali doirasidagi Marché du Film kinobozorida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
XTV tomonidan Dang‘ara tumanida konsert dasturiga xalq ta’limi muassasalari pedagoglariga 10000 so‘mdan majburiy chipta sotilganligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Toshkentdagi ta’lim yarmarkasiga Turkiyaning 30 ta universiteti vakillari tashrif buyuradi. Yarmarkadan tashqari, Turkiya OTMlariga kirish imtihoni bo‘lib o‘tadi.
Samarqand shahrida «Midibus» rusumli avtobusning «Spark» bilan to‘qnashuvi natijasida uch kishi shifoxonaga yotqizildi.
O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha umumiy vaziyat yanada yaxshilanishi kerak, deyiladi YeIning yillik hisobotida.
Mustaqil O‘zbekistonning birinchi aloqa vaziri, bosh vazirning transport va aloqa bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Komiljon Rahimov hayotdan ko‘z yumdi.
Qo‘shrabot tumanida joylashgan fermer xo‘jaligi yer maydonidan «Damas» ichida fermer xo‘jaligi ishchisi, uning rafiqasi va ikki o‘g‘lining murdasi topildi.
Har yili demensiya kasalligiga chalingan soni 10 mln nafarga ortmoqda. JSST kasallikning oldini olish uchun zararli odatlardan voz kechish va sport bilan shug‘ullanishni tavsiya etmoqda.
Ohangaron tumanida 6942 dona baliqning noqonuniy ovlanishi natijasida 281,5 mln. so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik 72 yoshida vafot etdi.
Fransiya ishbilarmonlarida O‘zbekiston, xususan, Toshkent bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish borligi ma’lum qilindi.
O‘zbekistonning tegishli vazirliklari va idoralarining mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Dubaydagi «Xavfsiz shahar» tizimi bilan tanishdi.
Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlarda bo‘linmalarning jangovor tayyorgarligi to‘satdan tekshirish bo‘yicha inspektorlik mashg‘ulotlari boshlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting