O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi saytida vatandoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari bo‘limi ishga tushirildi.
Jomboy va Samarqand tumanlaridagi o‘tkazgan sayyor qabullarda 12 nafar fuqaro jazodan shartli ravishda ozod qilindi, yana 12 kishiga tayinlangan jazo yengilrog‘iga almashtirildi.
Endilikda abituriyentlar fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan uchtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Abituriyentlar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hujjat topshiradi. Ta’lim muassasalarini avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlardan EKIHning yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi ayollarni turmushda, ish joylarida va ta’lim muassasalarida tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasini taqdim etdi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari «Ayritom» chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatdan kirib kelayotgan giyohvandlik moddasini fosh etdi.
Hafta oxirida respublika bo‘ylab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Sud Yunusobod tumaning sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatovni 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. U uch yil mas’ul lavozimlarda ishlash huquqidan ham mahrum etildi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.
“Amirsoy” tog‘ kurortiga Yevropadagi “Grandvalira” tog‘-chang‘i kurorti egasi Joan Viladomat va “Kurshevel” tog‘ kurorti sobiq prezidenti Klod For tashrif buyuradi.
Oliy sudda Sudyalar oliy kengashi qaroriga ko‘ra, besh yil muddatga sudyalik lavozimiga tayinlanganlarning qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan OAVni qo‘llab-quvvatlash fondi rahbari Said-Abdulaziz Yusupovning videomurojaatida unga bosim o‘tkazilgani aytildi. Bosh prokuratura esa ishning boshqa tafsilotlarini ma’lum qildi.
Karmana tuman sudi firibgarlikka qo‘l urgan Bandlikka ko‘maklashish markazi xodimlariga jazo tayinladi.
AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekistonda AKT hamda ingliz tilini o‘qitishni rivojlantirish uchun 165 milliard so‘m grant taqdim etish haqida qaror qabul qildi.
Bu yil abituriyentlar bir paytning o‘zida uchta ta’lim muassasasi tanlab, asosiy oliy ta’lim muassasasida imtihon topshirishi mumkin bo‘ladi.
Samarqandda homilador ayolni tug‘uruqxonaga olib borish uchun yo‘lga chiqqan tez yordam mashinasining YTHga uchrashi oqibatida ikki kishi reanimatsiyaga yotqizildi.
Parkent tumani Boyqozon qo‘rg‘onida joylashgan maydonini o‘z tanishlari yordamida tuman hokimligidan ijaraga olib berish uchun 100 000 dollar olayotgan shaxs qo‘lga olindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ilmiy merosini o‘rganish, kitoblarni chop etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
OAVni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi rahbari Said-Abdulaziz Yusupov firibgarlikda ayblanib qo‘lga olindi. O‘zini DXX xodimi deb bildirib, odamlardan yolg‘on yo‘li bilan pul olgani xabar qilindi.
Energetika vazirligi «Gazeta.uz» issiqxona xo‘jaliklarining ko‘mirga o‘tkazilishiga qarshi yozgan maqolaga javob qaytardi. Vazirlik O‘zbekiston uchun gazdan yoqilg‘i emas, balki xom ashyo sifatida foydalanish foydaliroq ekanini qayd etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting