O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qo‘qon shahrida yashovchi ikki 8-sinf o‘quvchisi o‘zaro janjallashib, bir-biriga pichoq bilan urib tan jarohati yetkazgan.
«Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari Seuldan uchib kelgan fuqarolarda deklaratsiyada ko‘rsatilmagan tovar-moddiy boyliklari borligini aniqlashdi.
Qarshi hokimiyati shahar logotipini tasdiqladi, unda sardoba — suv ombori tasvirlangan.
Komil Allamjonov BBC Uzbek, Amnesty International, Voice of America, «Farg‘ona» agentligi, Uzmetronom va boshqa avval bloklangan saytlarga kirishga qo‘yilgan cheklov olib tashlanganini ma’lum qildi.
Shanba va yakshanba kunlari Toshkent botanika bog‘ida Ikkinchi jahon urushi yillari harbiy texnikalari va qurol-yarog‘lari ko‘rgazmasi davom etadi.
O‘zbekiston Adliya vazirligi uylarning noqonuniy buzilishi, tovon pulining to‘lanmasligi va ko‘chmas mulk sohasidagi boshqa qonunbuzarliklarda fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha aksiya e’lon qildi.
Olmazor tumanidagi «Damashi» kanalining uzunligi 1 100 metr bo‘lgan qirg‘oq bo‘yida «Soy bo‘yi» sayilgohi barpo etildi.
Izboskan tumanida o‘zboshimchalik bilan qurilgan uyni buzish bo‘yicha sud ijrosini ta’minlash jarayonida yuzaga kelgan mojaro yuzasidan IIV rasmiy munosabat bildirdi.
Bir yarim yil ichida 11 marta yangi tug‘ilgan uch egizlarga O‘zbekiston prezidenti sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari qo‘yilgan. Oilalarga avtomobillar sovg‘a qilindi.
IIV xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun anketaning yangi shakli loyihasini taqdim etdi. Anketada ish joyi yoki mahalla qo‘mitasidan muhr talab qilinmaydi.
Hukumat qarori bilan Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari uchun veterinariya, veterinariya-sanitariya normalari va qoidalari tasdiqlandi.
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida kitoblarni QR-kodlar yordamida maxsus tablolarda joylashtirish va ularni mobil qurilmalarga yuklab olish hamda o‘qish imkoniyati yaratildi.
Zangiota tumanida 169,3 mln. so‘mlik kompyuter qurilmalarini bojxona nazoratini chetlab o‘tgan holda olib o‘tib, boshqa bir fuqaroga 105,0 mln. so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi.
Seuldagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana biri ikkinchi darajali kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.
Hukumat qarori bilan Ommaviy ijroga mo‘ljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratganligi uchun mualliflik haqini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Terroristlarning boshqa davlatlarga ko‘chishiga qarshi kurash bo‘yicha BMT dasturi chegara punktlari, jumladan aeroportlarda nazorat, tekshiruv va ko‘zdan kechirish jarayonlarini kuchaytirishga chaqiradi.
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi binosi yonida 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan «Xotira monumenti» ochildi.
Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting