2019 yilda ijtimoiy xarajatlarga 57,8 trln so‘m ajratish rejalashtirilmoqda, uning 5,3 trln so‘mi kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Kumushqirg‘oq» MFYda yashagan Yu.L. ismli fuqaro uyida isitish pechiga suyultirilgan gazni shlang orqali ulab, uxlab qolishi natijasida zaharlanib vafot etdi.
Bosh prokuratura 10 oy ichida prokuratura organlari xodimlariga pora taklif qilish bo‘yicha 81 holatni fosh etdi.
Amerikaning Oracle kompaniyasi O‘zbekiston maktablarida IT-ta’lim dasturlarini joriy etishi mumkin.
Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda badiiy film va teleserial tasvirga olishni mo‘ljallamoqda.
Prezident 2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
Toshkent hokimiyati shaharda veloyo‘laklar tarmog‘ini rivojlantirishda velohamjamiyatlar fikrlarini hisobga oladi. Jarayonga xorijiy ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
O‘zbekiston fuqarolarining Turkiyada vizasiz qolish muddati 30 kundan 90 kunga uzaytirildi.
Davlat MTMlari dam olish kunlari va ish kuni tugagandan so‘ng bolalarga qarash va ularga ta’lim berish bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin. Olingan mablag‘lar MTMlarni qayta jihozlash va xodimlarga ustama uchun yo‘naltiriladi.
«Debyut-2018» V respublika ko‘rik-festivalida namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilish bepul.
Taniqli jurnalist va BMTning O‘zbekistondagi Axborot ofisi rahbari Bobur Komilov uzoq xastalikdan so‘ng vafot etdi.
12 noyabrga o‘tar kechasi havo soviydi, seshanbaga o‘tar kechasi qor yog‘ishi, shamol tezligi 25−28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Yanvarda Qozog‘istonda 52 nafar O‘zbekiston fuqarosining yong‘inda halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan haydovchilar besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Toshkentdagi 324-davlat maktabgacha ta’lim muassasasi Janubiy Koreya standartlariga yaqinlashtirilgan holda rekonstruksiya qilindi. Muassasaning joriy yilda ochilishi kutilmoqda.
Poytaxt hokimiyati va uning qoshidagi Jamoatchilik kengashi shaharda hayot darajasini oshirishga qaratilgan «Toshkent-2025: transformatsiya» loyihasini taqdim etdi.
Bekoboddagi 59 bola ovqatdan zaharlangan 8-MTMda muzlatkich ishlamagan. Muassasa vaqtincha yopildi.
Mustaqil O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri, iste’fodagi general-polkovnik Rustam Axmedov 75 yoshga to‘ldi. Shavkat Mirziyoyev yubiley egasini orden bilan mukofotladi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Bekoboddagi MTM tarbiyalanuvchilarining ovqatdan zaharlanishi yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
O‘zbekiston AQSH mudofaa idoralari vakillari ishtirokida navbatdagi ikki tomonlama maslahatlashuvlarni o‘tkazdi.
Savitskiy muzeyi ma’muriyati «Nukus muzeyi do‘stlari» jamg‘armasi tortiq qilgan insonparvarlik sovg‘alari yo‘qolgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting