Bosh prokuratura Karate federatsiyasining sobiq rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Ular hujjatlarni qalbakilashtirish va o‘ta yirik miqdorda budjet mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanmoqda.
Moskva, Qozon va Sankt-Peterburg shaharlariga muntazam avtobus qatnovlari 18 iyuldan haftasiga ikki marta amalga oshiriladi.
Qashqadaryoda davlat organiga tegishli xizmat mashinasini davlat raqamisiz boshqargan haydovchi jarimaga tortildi. Avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yildi.
Norvegiyada bo‘lib o‘tgan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchi Lazizbek Rajabboyev bronza medalini qo‘lga kiritdi.
15 iyuldan «Tashabbusli budjet» jarayonining ikkinchi mavsumiga start berildi. Bu safar qariyb 900 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi kutilmoqda. Navbatdagi mavsumda har bir bosqichga 20 kundan — jami 60 kun muddat beriladi. Qoraqalpog‘istonda esa tashabbusli budjet jarayoni bir oy farq bilan o‘tkaziladi.
FVVning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Hozirda Oqsuv-Ayuli kasalxonasida jarohatlangan besh nafar o‘zbekistonlik davolanmoqda.
Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga Jamshid Xodjayev nomzodi ma’qullandi. Bungacha u qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.
Sardor Umurzakov prezident Administratsiyasi rahbari lavomiziga tayinlandi, shu munosabat bilan u bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimidan ozod etildi.
IX Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi 24−28 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Forum mavzusi: «Rassom va jamiyat: kelajak san’ati konsepsiyasi». 2020 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli biyennale o‘tkazilmagandi.
“CSI” kompaniyasining self service mahsulotlari menedjeri Igor Chechulin riteylerlar nima uchun o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalarini o‘rnatishi kerakligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Volgograd viloyatida tadbirkor o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga kuch ishlatib, ularning hujjatlarini olib qo‘ygani va oylik maoshini ham to‘lmagani aniqlandi. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya huquq-tartibot organlari bilan ish beruvchini jinoiy javobgarlikka tortishga erishdi.
Yangiyer shahridan oqib o‘tuvchi Janubiy Mirzacho‘l kanaliga tushib ketgan 13 yoshli o‘smir FVV xodimlari tomonidan qutqarib qolindi. Aprel oyida mazkur kanalda cho‘milgan 17 yoshli bola cho‘kib ketgandi.
Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan mikroavtobus YTHga uchradi. Ikki nafari vafot etgan, uch nafari shifoxonada. O‘zbekiston FVV jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun Qozog‘iston rasmiylari bilan aloqada.
Menemen, skrembl, kruassan sendvichlar, pishloq va kartoshkali chalpak, tvorogli pankeyklar, tuxumli lavash, mini pankeyklar — Zira.uz turli xil mazali nonushtalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
2022−2023 yillarda Qozog‘iston bilan chegaradagi «Dovut-ota», «G‘ishtko‘prik», «Navoiy», «S.Najimov» bojxona postlari to‘liq rekonstruksiya qilinadi. Ta’mirlash jarayoni qo‘shni mamlakat bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Prokuratura O‘zbekiston-Iroq futbol uchrashuvida Sevimli telekanali jurnalisti ichki ishlar xodimlari tomonidan kaltaklangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Tergovni Bosh prokuratura nazorat qiladi.
Senat va Qonunchilik palatasi Qoraqalpog‘istonda yuz bergan voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma komissiya tuzdi. Unga ombudsman Feruza Eshmatova rahbarlik qiladi.
Samarqandni ziyorat qilgan Mirziyoyev va Berdimuhamedov, metanning narxi oshganiga izoh, antikorrupsiya bo‘yicha ishlari baholangan tashkilotlar, muhokamasi yana cho‘zilgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi, o‘qishni ko‘chirishga onlayn qabul va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 15 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Hukumat qarori bilan davlat oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 27 iyulgacha, chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun esa 17 iyulgacha uzaytirildi.
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandga tashrifini Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi. Undan so‘ng, ikki davlat yetakchilari Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Registon maydoniga ham borishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting