Shimoliy vokzal qarshisidagi Toshkent gerbini ko‘tarib turgan qo‘l shaklidagi yodgorlik olib tashlandi. Nukus ko‘chasida Berdaq xiyoboni barpo etiladi.
Barat Mamenov Toshkent IIBB YHXB boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi.
Sud Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha so‘nggi ishtirokchi nutqini eshitdi. Hukmning 7 may kuni o‘qib eshittirilishi kutilmoqda.
Prezident huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etiladi. NNTlarga tadbirlar o‘tkazish hamda mablag‘ va grantlardan foydalanish soddalashtirildi.
Oxirgi bir necha oyda poytaxtimiz savdo shaxobchalarida sotuvga qo‘yilgan yangi mahsulotlar to‘planmasi.
Buxoro viloyatining Afshona qishlog‘ida xalq tabobati markazi, qishki bog‘, tabiiy giyohlar, tibbiy adabiyotlar savdo shoxobchalari va boshqalardan iborat majmua barpo etiladi.
Joriy yil birinchi choragi davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga E-SUD tizimi orqali 204 mingdan ziyodroq murojaatlar kelib tushdi.
Shavkat Mirziyoyev Namangandagi madaniyat va istirohat bog‘i qurilishi bilan tanishdi va uni «Afsona» deb nomlashni taklif qildi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi san’at saroyi va metro stansiyasiga «Xalqlar do‘stligi» nomini qaytarish hamda Toshko‘cha ko‘chasiga Shoahmad Shomahmudov nomini berish qarorini tasdiqladi.
1100 nafardan ziyod Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga kommunal xizmatlar to‘lovi uchun 300 ming so‘mlik sertifikatlar topshirilmoqda.
Prezident Sobir Rahimov haykalini qaytarish tarixiy adolatning tiklanishi ekanini ma’lum qildi.
G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida Setra avtobusi va MAN yuk mashinasi to‘qnashuvida ularning haydovchilari — O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi.
Parlament quyi palatasida o‘tkazilgan ilk «Hukumat soati"da aholini ichimlik suvi va dori vositalari bilan ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi.
2-may kuni harbiy orkestr Ikkinchi jahon urushi yillari texnikalaridan iborat avtokolonnada Toshkent bo‘ylab o‘tadi.
O‘zbekiston va Turkiya «Mehnat-migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi bitimni imzoladi.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, konslagerlarning voyaga yetmagan asirlari, Leningrad blokadasi paytida ishlagan fuqarolar bepul oziq-ovqat va kiyim-kechaklar ilan ta’minlanadi.
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga ichki ishlar organlari reabilitatsiya markazlarida huquqiy va tibbiy yordam ko‘rsatiladi. U yerdan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar «Saxovat» uylariga yuboriladi.
Buxoro viloyatida 49 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi, 4 kishi shifoxonaga yotqizildi.
Toshkent hokimiyati Xalqlar do‘stligi maydoni rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan vaqtinchalik noqulayliklar haqida ogohlantirdi.
Toshkentning Sergeli tumanidagi maktab yaqinida topilgan granata mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan o‘quv granatasi bo‘lib chiqdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting