Chet elliklarga bir oygacha muddatga beriladigan propiskani bepul qilish taklif etilmoqda.
Urush yillarida 15 nafar bolani o‘z qanotiga olgan Shomahmudovlar oilasiga bag‘ishlangan haykal sobiq Xalqlar do‘stligi saroyi oldidagi maydonga qaytariladi.
Navoiy va Jizzax viloyatlari ichki ishlar boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimi o‘rinbosari xorijga ishlashga jo‘natishga yordamlashish taklifi bilan fuqarodan yirik miqdordagi pulni olayotganda ushlandi.
Bir hafta muqaddam yo‘qolgan bola jasadi uyi yaqinidagi daryodan topildi.
Minglab yoshlar Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni qarshi olish uchun Toshkent ko‘chalariga chiqdi — «Gazeta.uz» reportaji.
Fuqarolik sudlari birinchi chorakda 56653 ta ishni ko‘rib chiqdi, ularning asosiy qismini bitim va shartnomalaridan kelib chiqadigan, mehnat huquqlarini tiklash bilan bog‘liq nizolar tashkil etdi.
Qozog‘istonda mikroavtobus ishtirokidagi avariyada ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yetti nafari jarohatlandi.
Tibbiyot muassasalarida xodimlar mehnat huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha komissiyalar tashkil etiladi.
IIV kogonlik fuqarodan tovlamachilik yo‘li bilan yarim million dollarni olib ketgan guruh qo‘lga olinganini xabar qildi. Ularning uch nafari Qozon shahriga qochishga ulgurdi.
O‘quvchini oyoq kiyimi bilan kaltaklagan urganchlik kollej o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi.
O‘zbekiston prezidenti o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan «amnistiya» e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
IIV YHXBB yangi avtomobil raqamlari joriy etilishi haqidagi xabarlarni inkor qildi.
Zira.uz dan mavsumiy mahsulotlardan pishirish mumkin bo‘lgan taomlar to‘plami.
Toshkentda noyabrgacha sinov tariqasida fuqarolarga pasport va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar o‘rniga ID-kartalar berish boshlanadi.
Prokuratura organlari birinchi chorakda 65,8 ming fuqaroni, jumladan 634 kishini bevosita Bosh prokuratura rahbariyati qabul qildi.
Toshkentda ko‘p yillar davomida ma’muriy binolarni o‘rab turgan panjaralar olib tashlanmoqda.
Birinchi chorakda ma’muriy sudlar tomonidan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi qariyb 85 ming ishning katta qismi yo‘l harakati qoidalari buzilishlari bilan aloqador.
Yetti kishining zaharlanishiga sabab bo‘lgan marinadlangan qo‘ziqorin sotuvchisi shartli muddatga hukm qilindi.
Bexosdan O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tgan Tojikiston fuqarosi vataniga qaytarildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting