Jamiyat

Toshkentdagi dehqon bozorlarida 6,8 tonna yaroqsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi
18 may 2022, 17:30

Toshkentdagi dehqon bozorlarida 6,8 tonna yaroqsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi

Toshkentdagi dehqon bozorlarida laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilgan 30,6 ming tonna go‘sht va go‘sht mahsulotlarining 6,8 tonnasi iste’molga yaroqsiz deb topildi.

2023-yildan faqat davlat granti bo‘yicha kvotalar e’lon qilinishi mumkin
18 may 2022, 16:38

2023-yildan faqat davlat granti bo‘yicha kvotalar e’lon qilinishi mumkin

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, 2023-yildan boshlab davlat OTMlariga kvotalarni faqat davlat granti asosida e’lon qilish taklif etilmoqda. Shunga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan barcha OTMlar to‘lov-kontrakt bo‘yicha kvotani mustaqil belgilashi mumkin bo‘ladi.

Uchta hududda yer maydonini noqonuniy tarzda sotishga uringan shaxslar ushlandi
18 may 2022, 13:29

Uchta hududda yer maydonini noqonuniy tarzda sotishga uringan shaxslar ushlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari Qoraqalpog‘istonda 0,5 gektar yerni 47 ming dollarga, Toshkentda 6 sotix maydonni 14 ming dollarga hamda Buxoroda 4 sotix yerni 9 mingga sotishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Prezident topshirig‘i bajarildi: UzAuto Motors yil boshidan buyon 108 300 dan ortiq avtomobilni o‘z egalariga topshirdi
18 may 2022, 13:00

Prezident topshirig‘i bajarildi: UzAuto Motors yil boshidan buyon 108 300 dan ortiq avtomobilni o‘z egalariga topshirdi

Korxonalar va ta’minot tarmoqlarining texnologik jarayonlarini optimallashtirish tufayli UzAuto tomonidan 108 300 dan ortiq avtomobil o‘z egalariga topshirildi.

Nukusda 2 kg geroinni 90 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi
18 may 2022, 11:59

Nukusda 2 kg geroinni 90 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Nukusda 34 yoshli shaxs 2 kgdan ziyod geroinni 90 ming dollarga sotayotganda ushlandi. Shuningdek, Toshkent shahri, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida ham giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

OTMga qabul uchun davlat buyurtmasini kamaytirish taklif etilmoqda
18 may 2022, 10:54

OTMga qabul uchun davlat buyurtmasini kamaytirish taklif etilmoqda

2022/2023 o‘quv yili uchun OTMlarga qabul kvotalarini belgilashga oid prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unga ko‘ra, davlat buyurtmasi sonini kamaytirish taklif etilmoqda. Xususan, bakalavrlarni tayyorlash uchun 110 278 nafar (2021 yilda — 157 755), magistrlarni tayyorlash uchun 11 082 nafar (2021 yilda — 12 900) talabaga o‘rin ajratish ko‘zda tutilmoqda. Moliyaviy mustaqillik berilgan 35 ta OTM esa to‘lov-kontrakt asosidagi kvotani o‘zi belgilaydi.

Tibbiyot xodimlarining oylik maoshi oshiriladi
18 may 2022, 10:22

Tibbiyot xodimlarining oylik maoshi oshiriladi

Prezident farmoni bilan 1 iyundan boshlab davlat tibbiyot muassasalaridagi tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarining oylik lavozim maoshlari oshiriladi. Bir qancha ustamalar ham joriy etiladi. 1 sentabrdan boshlab tibbiy-profilaktika muassasalari xodimlari ilmiy daraja uchun maoshining 30 foizidan 60 foizigacha qo‘shimcha oylik oladi.

Mastlik holatida bo‘lganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tashkil etiladi
18 may 2022, 10:13

Mastlik holatida bo‘lganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tashkil etiladi

O‘zbekistonning barcha hududlarida mast holatda bo‘lgan shaxslarga kamida 10 o‘rinli tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tashkil etiladi. Shuningdek, ichki ishlar organlariga narkologik kasalliklarga chalinganlarni majburiy davolashga yuborish huquqi berilmoqda. Qolaversa, yil oxirigacha narkologiya dispanserlarida qo‘shimcha 430 ta o‘rin yaratiladi.

«Mo‘ynoq qo‘ltig‘i»dagi qamishzorlarda yong‘in chiqdi
18 may 2022, 10:06

«Mo‘ynoq qo‘ltig‘i»dagi qamishzorlarda yong‘in chiqdi

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumani «Mo‘ynoq qo‘ltig‘i»dagi qamishzorlarda yong‘in yuz berdi. Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasi yong‘inni o‘chirish imkoni yo‘qligini, chunki qamishzorlar bo‘yi suv va botqoqlikdan iboratligini aytmoqda. Yong‘indan jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

«Farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan qizlar uydan ishlab, pul topishi ham mumkin» — Maftuna Mahkamova
18 may 2022, 09:01

«Farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan qizlar uydan ishlab, pul topishi ham mumkin» — Maftuna Mahkamova

«Gazeta.uz» O‘zbekistonning turli hududlaridagi IT sohasini o‘rganayotgan o‘smir qizlar bilan suhbatlar uyushtirdi. Birinchi suhbatdoshimiz, Toshkentdagi al-Xorazmiy maktabining 9-sinf o‘quvchisi Maftuna Mahkamova nega IT sohasi kelajakni boshqarishi, ayrim maktablarda o‘quvchilarning kompyuter xonalariga ham olib kirilmasligi va qiziqishi bo‘lmagan odamni IT sohasiga majburlamaslik kerakligi haqida so‘zladi.

17 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
17 may 2022, 22:00

17 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Birja nimaligini bilmaydigan tuman hokimlari ham borligini tanqid qilgan Shavkat Mirziyoyev, 700 dan ortiq Nest One quruvchisiga maosh vaqtida to‘lanmagani, O‘zbekistonda boshlangan mahalla raislari saylovi, Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishini 2 barobarga tezlashtirgan Orol fojiasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 17 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

700 dan ortiq Nest One quruvchisiga maosh vaqtida to‘lanmagan — Mehnat inspeksiyasi
17 may 2022, 18:55

700 dan ortiq Nest One quruvchisiga maosh vaqtida to‘lanmagan — Mehnat inspeksiyasi

Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi Nest One binosini qurayotgan «Ozguvn mimarlik inshaat» va «Ozguven tasarim mimarlik insaat sanayi ve ticar» kompaniyalari jami 739 nafar ishchiga maoshini o‘z vaqtida bermaganini aniqladi. Avvalroq quruvchilar namoyish o‘tkazib, avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygandi. Seshanba kuni 2,3 mlrd so‘mdan ortiq ish haqi to‘lab berilishiga erishildi va inspeksiya har ikkala kompaniya rahbari Guven Mehmetraga yozma ko‘rsatma kiritdi.

«Qoradori-2022»: Qamashida 50 tup kannabis yetishtirayotgan shaxs ushlandi
17 may 2022, 17:43

«Qoradori-2022»: Qamashida 50 tup kannabis yetishtirayotgan shaxs ushlandi

Samarqandlik fuqaro Qashqadaryoning Qamashi tumanida ijaradagi uyida 50 tup kannabis yetishtirayotgani aniqlandi.

Toshkentdagi Mehribonlik uyida sodir etilgan o‘g‘rilik va huquqbuzarlik yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
17 may 2022, 17:43

Toshkentdagi Mehribonlik uyida sodir etilgan o‘g‘rilik va huquqbuzarlik yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Prokuratura Toshkent shahridagi 21-sonli Mehribonlik uyi faoliyatini tekshirgandan so‘ng, jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Aprel oyida muassasa tarbiyalanuvchilari xodimlarning biridan norozi bo‘lib, namoyish uyushtirgandi. Prokuratura bir qator qonunbuzarliklar, jumladan, mablag‘larni o‘zlashtirish holatlarini aniqladi. Mehribonlik uyi direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

O‘zbekistonda mahalla raislari saylovi boshlandi
17 may 2022, 17:28

O‘zbekistonda mahalla raislari saylovi boshlandi

O‘zbekistonda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi boshlandi. Mamlakatda 9349 ta fuqarolar yig‘inlari mavjud. Nomzodlar 26,9 ming kishini tashkil etadi (har bir o‘ringa deyarli 3 nomzod). Birinchi kunda 834 nafar rais saylangan bo‘lib, ularning 52 foizi ushbu lavozimga qayta saylangan.

Nest One quruvchilari oylik kechikkani sababli chorrahani to‘sib qo‘ydi
17 may 2022, 16:18

Nest One quruvchilari oylik kechikkani sababli chorrahani to‘sib qo‘ydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Nest One binosining o‘nlab quruvchilari yo‘lni to‘sib qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi. Murad Buildings kompaniyasi «Gazeta.uz» ga namoyishlarga maoshdagi kechikishlar sabab bo‘lganini tasdiqladi. Kompaniya rahbari Murod Nazarov esa ayni vaqtda «hammayoq tinchligi, ishchilar o‘z o‘rnida ishlayotganini va bunga binoning oxirgi qavatida osh tayyorlagani» sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Poytaxt IIBB tekshiruv o‘tkazmoqda.

Poytaxtda 4 oy ichida 7777 ta jinoyat fosh etildi
17 may 2022, 13:54

Poytaxtda 4 oy ichida 7777 ta jinoyat fosh etildi

Toshkent shahrida yil boshidan beri 7777 ta jinoyat fosh etilib, 537 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi. Poytaxt IIBB ma’lumotiga ko‘ra, 2435 ta jinoyat ichki ishlar xodimlari tashabbusi bilan aniqlangan, shundan 769 tasi narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq. Buning natijasida 217,3 kg giyohvandlik va 24,3 kg psixotrop vositalar aylanmasining oldi olingan.

O‘zbekistonning 9 viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi
17 may 2022, 12:54

O‘zbekistonning 9 viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 18−23 may kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchiliklar tufayli O‘zbekistonning 9 viloyatida sel kelish xavfi mavjudligi haqida ogohlantirdi. Aholi va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.

58 yoshli erkak sirpanib, metro poyezdi ostiga tushib ketdi
17 may 2022, 12:33

58 yoshli erkak sirpanib, metro poyezdi ostiga tushib ketdi

Toshkent metrosida eshiklari yopilayotgan vagon tomon yugurib ketayotgan fuqaro sirpanib, poyezd tagiga tushib ketdi. Unga metropoliten xodimlari va yo‘lovchilar darhol yordam berishdi, u jarohat olmadi.

Ekspertlar Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarining tadbiq etilishini baholaydi
17 may 2022, 12:27

Ekspertlar Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarining tadbiq etilishini baholaydi

Xalqaro ekspertlar O‘zbekistonda Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarining ijrosi yuzasidan tashqi baholashni boshladi. Baholash natijalariga asoslangan tavsiyalar mamlakatning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi bo‘yicha yangi yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting