Tojikistonga 30 kungacha muddatga boruvchi O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim kuchga kirdi. «Gazeta.uz» muxbiri chegaradan o‘tib ko‘rib, bunga guvoh bo‘ldi.
Ayol kishi poytaxt metropolitenining «Bunyodkor» stansiyasida o‘zini poyezd ostiga tashladi. Shu kabi holat fevralda ham sodir bo‘lgan edi.
Nurafshon va Beruniy, Nurafshon va Mannon Uyg‘ur ko‘chalari chorrahasida qizil chiroqda o‘ngga burilishga ruxsat berildi.
21 mart kuni O‘zbekiston poytaxtining 21 joyida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
YPX xodimi avtomobilini piyodalar o‘tish joyiga to‘xtatib turgani uchun jarimaga tortildi. Toshkent IIBB yo‘llarda harakatlanish madaniyatini oshirishdagi faollik uchun fuqarolarga minnatdorchilik bildirdi.
Hokimiyatni bosib olish yoki O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirishda ayblanayotgan Bobomurod Abdullayev sudda qanday qiynoqqa solingani haqida ko‘rsatma berdi.
Kattaqo‘rg‘on hokimiyati va viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi yuk mashinasi urib ketishi oqibatida halok bo‘lgan o‘qituvchi yo‘l tozalashga chiqarilmaganini ma’lum qildi.
20−22 mart kunlari Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkentdagi bir qator ko‘chalarda transport vositalari harakatini cheklash rejalashtirilmoqda.
Zira.uz dan mazali va bayramona taomlar jamlanmasi.
Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov magistral yo‘lni tozalashga olib chiqilgan maktab o‘qituvchisining o‘limi sabablari o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
20 mart kuni poytaxtda yoshlar marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalarda harakatlanish cheklanadi.
1 maydan xususiy tibbiyot tashkilotlari ruhiy buzilish holatlarini davolash bo‘yicha alohida xizmatlarni ko‘rsatishlari mumkin.
Toshkent yuridik kollejining sobiq direktori Natalya Temirova Jinoyat kodeksining sakkiz moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.
Toshkentda ikki tup chinor daraxtini kesib, o‘simliklar dunyosiga ko‘p miqdorda zarar yetkazganlik ayblanayotgan fuqarolar ustidan sud bo‘lib o‘tdi.
Ekspertiza Bobomurod Abdullayev qiynoqqa solingani haqidagi taxminlarni tasdiqlamadi. U o‘z aybini rad etmoqda. Hayotxon Nasriddinov aybini tan olmadi.
Senat to‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini muhokama uchun e’lon qildi.
O‘zbekiston Jahon baxtiyorlik hisobotida 44-o‘rinni egallab, MDHdagi eng baxtli mamlakat deb topildi.
Fuqarolik faolligini oshirish huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatiga katta yordam beradi, deb hisoblaydi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Toshkent IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev.
O‘zbekistonda qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev asari chop etiladi, har yili uning tug‘ilgan kunida turli tadbirlar o‘tkaziladi.
Majburiy ijro byurosi faoliyati yo‘lga qo‘yilgandan buyon uning inspektorlariga qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha 121 holat qayd etildi. 20 kishi tan jarohati yetkazgani uchun ozodlikdan mahkum etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting