Prezident 2026 yilgacha maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dasturni tasdiqladi. Davlat maktablariga o‘quv dasturlariga o‘zgartirishlar kiritish va alohida fanlar bo‘yicha darsliklarni tanlashga ruxsat berildi. Qolaversa, Toshkent davlat pedagogika universiteti va uning tarkibidagi tashkilotlar XTVga tasarrufiga o‘tkazildi.
DTMning milliy baholash tizimi bo‘yicha chet tilidan sertifikatga ega pedagoglarning oyligiga 2025 yil 1 yanvargacha 50 foiz, 2025 yil 1 yanvardan 20 foiz miqdorida qo‘shimcha pul beriladi. Ustama sertifikatning amal qilish muddati davomida to‘lab boriladi.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda marafon yugurish ommalashib bormoqda. Yugurish bilan oldin shug‘ullanmaganlar birdaniga uzoq masofani zabt etolmasliklari mumkin. Marafonga tayyorlanishni nimadan boshlash kerak? Qulay sport kiyimlari qanday bo‘ladi? Uzoq masofaga yugurganda ovqatlanish va suv ichishda nimalarga e’tibor qaratish lozim? Marafonning inson organizmi uchun qanday foydali tomonlari bor? Tavsiyalar.
Urganch shahri markazida avtobus YTHga uchradi. Uning ikki yo‘lovchisi halok bo‘ldi, yaradorlar ham bor. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda o‘nlab odamlar ag‘darilib ketgan avtobusni ko‘tarib, yo‘lovchilarga yordam berayotganini ko‘rish mumkin.
Qozog‘istonning Jambil viloyatida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus YTHga uchradi. Hodisa oqibatida 48 nafar o‘zbekistonlik tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan, ulardan 16 nafari shifoxonaga yotqizilgan, to‘rt nafar fuqaro reanimatsiya bo‘limida. Ikki kishi halok bo‘lgan.
Juma va shanba kunlari O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda bu do‘lga ham aylanishi mumkin. 9 viloyatga sel kelish xavfi bor. (Hududlar ro‘yxati)
O‘zbekiston maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni baholash maqsadida 1 sentabrdan «Namunali maktab» reytingi joriy qilinadi. Uning natijalari asosida maktablar «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratiladi. Agar maktab «qizil» toifaga tushib qolsa, davlat organlari u yerda uchrashuv, motivatsion suhbat va master-klasslar, «Vatanparvarlik» darslari va poligonlarda ikki kunlik harbiy-dala mashg‘ulotlari, qolaversa, «Vatanga xizmat — oliy fazilat» mavzularida davra suhbatlarini o‘tkazadi.
Farg‘onaga borgan prezident, inson a’zolari transplantatsiyasi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingani, sel tufayli transport harakati to‘xtatilgan So‘x-Rishton yo‘li, tuman hokimi ustidan arz qilib, prezidentga murojaat yo‘llagan farg‘onalik fermer, Surxondaryodagi 5 ballik zilzila va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 12 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi bolalar maydonchalaridan birida bir necha bola qo‘lidan og‘ir jarohatlar oldi, ba’zilarining barmoqlari amputatsiya qilindi. Mazkur maydoncha «Obod mahalla» dasturi doirasida 2021 yil sentabr oyida qurilgan edi.
Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Bunyodkor shoh ko‘chasida haydovchi o‘z boshqaruvidagi Spark avtomashinasi bilan tezlikni oshirgani sababli ustunga borib urildi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi.
Hukumat qaroriga muvofiq, endi xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari qishloq xo‘jaligidagi shirkat xo‘jaligining ulushdori bo‘lish uchun subsidiya olishi mumkin. Shuningdek, ishsiz fuqarolar tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tsa, dastlabki 3 oyda bino va inshootlarning ijarasi qoplab beriladi. Qolaversa, issiqxona qurish, sug‘orish vositalari va ko‘chatlarni xarid qilish uchun 810 mingdan 8,1 mln so‘mgacha sudsidiya beriladi.
Payshanba kuni soat 15:27 da Surxondaryo viloyatida 5 ballik zilzila sodir bo‘ldi, epitsentr — Boysun tumani. Buning natijasida O‘zbekistonning o‘nlab hududlarida 2 balldan 5 ballgacha bo‘lgan yer silkinishlari kuzatildi.
Prezident qaroriga ko‘ra, maktablarda xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarga 50%, milliy test tizimida olingan sertifikatga ega o‘qituvchilarga 20% ustama to‘lanadi. Kutubxona hodimlarining oyligi esa 1,2 baravarga oshiriladi. Qolaversa, 1 sentabrdan «Namunali maktab» reytingi joriy etiladi.
Samarqand viloyatida Nexia avtomobilining kanalga tushib ketishi oqibatida ikki nafar maktab o‘quvchisi va 29 yoshli erkak halok bo‘ldi. Haydovchi va yana bir yo‘lovchi tirik qolgan, haydovchi voqea joyidan yashiringan.
Prezident inson a’zolari transplantatsiyasiga oid qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, inson a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish tibbiy xulosa asosida va bemorning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi. Murda a’zolarini olishga esa uning tiriklik chog‘idagi notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Qonun bilan shuningdek, inson a’zolarini va to‘qimalarini olish taqiqlangan holatlar ham belgilab berildi.
Prezidentning Farg‘onaga tashrifi arafasida fermer Iqboljon Meliboyev Buvayda tumani hokimi ustidan shikoyat qilib, videomurojaat yo‘lladi. Buni yoritgan farg‘onalik jurnalistga bosim o‘tkazilgani va ishdan bo‘shash haqida ariza so‘ralgani aytildi. Farg‘ona viloyati hokimligi vaziyatni o‘rganishni boshladi. Jamoatchilik faollari esa mazkur holatni keskin qoralab, «fermer va jurnalistdan qo‘llarni tortishni» talab qilmoqda.
So‘x-Rishton avtomobil yo‘liga sel natijasida loy va toshlar oqib kelgani sababli transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi.
May oyining o‘rtalaridan «Nukus — Beyneu — Nukus» va «Olmaota — Toshkent — Olmaota» temir yo‘l qatnovlari qayta tiklanmoqda. Ularning yo‘lga qo‘yilishi oldinroq rejalashtirilgandi, biroq Qozog‘istondagi karantin cheklovlari tufayli keyinga qoldirilgandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan 12−13 may kunlari Farg‘onaga boradi. Tashrif davomida mahallalardagi bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirish, yig‘ilish o‘tkazish hamda korxonalar faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.
Amazon kompaniyasining biznes-tahlil bo‘yicha muhandisi Shahlo Xodjayeva — “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasining navbatdagi mehmoni. U AQShda IT-mutaxassisi sifatidagi ish tajribasi, g‘arbcha va o‘zbekona turmush tarzi o‘rtasidagi farq hamda Amerika mehnat bozorida ish beruvchilar tomonidan qadrlanadigan xodimlarning shaxsiy fazilatlari to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting