Bosh prokuratura sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirovga nisbatan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha Farhod Mamajonovning qo‘lga olingani va mol-mulki musodara qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Qashqadaryo viloyatida jinoyatlar soni 2018 yilning dastlabki ikki oyi davomida ikki martadan ziyod kamaydi.
19 mingta tramadol tabletkasini sotayotgan O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari qo‘lga olindi.
Shifokorlar tanasidan 12 dona ignani chiqarib olgan Azizbek tuzaldi va uyiga ketishga ruxsat berildi.
26 yoshli haydovchi 96 km/s tezlik bilan harakatlandi.Qoidabuzarlik Toshkentdagi Qodiriy ko‘chasida qayd etildi.
Turkiyada ushlangan Abdulbosid Ahmadjonov terroristik tashkilotga a’zo bo‘lgani uchun 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Turkiya kompaniyasi bilan xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish bo‘yicha shartnomani imzoladi.
Qoraqalpog‘istonda qalbaki pullarni yasashda gumon qilinayotgan shaxs ushlandi, uning yonidan 28 mln so‘m va 2900 dollar miqdoridagi soxta pul chiqdi.
18−19 mart kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
Barcha avtoturargohlarda eng kamida ikkitadan o‘rin nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratiladi. Bunday joylar avtoturargohlar uzoqda joylashgan ob’ektlar yaqinida ham tashkil etiladi.
Toshkent IIBB boshlig‘i YPX xodimlariga daraxtlar va boshqa ob’ektlar ortiga yashirinishni taqiqladi.
Surxondaryo viloyatida Afg‘oniston fuqarosi 20 kg dan ortiq opiyni sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Toshkent IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev aholining ichki ishlar organlariga ishonchini oshirishni maqsad qilgan. «Odamlar bizga himoyachilar sifatida qarashlari kerak», — dedi u.
Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi jasadlari Andijon viloyatiga yetkazildi.
Toshkent IIBB YHXB ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasi dushanbadan ish boshlaydi. Navbatlarni qisqartirish uchun yangi bo‘linma ochildi.
Toshkent IIBB shahar ko‘chalarida transport tezligini cheklash bo‘yicha jahon tajribasini o‘rgandi. O‘zbekiston ruxsat berilgan tezlik 70 km/s bo‘lgan kam sonli davlatlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Samarqanddagi «So‘g‘diyona» istirohat bog‘i o‘rnida akvapark, muz saroyi, kart-klub va attraksionlari bo‘lgan Family Park quriladi.
O‘zbekiston o‘quvchilari bahorgi ta’tilda sakkiz kun — 18 dan 25 martgacha dam oladi.
Kelgusi yildan O‘zbekistonda yelim xaltalarni bepul taqdim etish taqiqlanib, ular narxi mahsulotlar qiymatiga kiritilishi mumkin.
Yo‘l-patrul xizmati xodimlari ko‘chalarda ayol-haydovchilar va yo‘lovchilarni 8 mart bilan tabrikladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting