Jamiyat

Sergelidagi avtoservisda yong‘in chiqib, 3 ta avtomobil zararlandi (video)
11 iyun 2024, 14:36

Sergelidagi avtoservisda yong‘in chiqib, 3 ta avtomobil zararlandi (video)

Poytaxtning Sergeli tumanidagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda avtoservisning ichki qismi va 3 ta avtomobil yonib zararlandi. FVB jarohatlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini qayd etdi.

Navoiydagi YTH oqibatida 6 kishi vafot etdi
11 iyun 2024, 14:03

Navoiydagi YTH oqibatida 6 kishi vafot etdi

Nurota tumanida Onix avtomobili Damas`ni quvib o‘tmoqchi bo‘lganida qarama-qarshi yo‘nalishdagi Gentra bilan to‘qnashdi. Oqibatda bir oilaning 5 a’zosi (xususan, 2 yoshli bola va 2 oylik qiz) hamda bir haydovchi vafot etdi.

O‘zbekistonning qator hududlarida chigirtkalarga qarshi kimyoviy kurash olib borilmoqda (video)
11 iyun 2024, 13:55

O‘zbekistonning qator hududlarida chigirtkalarga qarshi kimyoviy kurash olib borilmoqda (video)

Tarmoqlarda yo‘llarda chigirtkalar to‘dasi uchib yurgani aks etgan videolar tarqaldi. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Buxoro va Samarqand hududlarida ularga qarshi kimyoviy kurash olib borilayotgani, chigirtkaning bu turi faqat saksovul bilan oziqlanishini bildirdi.

O‘zbekistonda 2023-yilda odam savdosi bilan 126 nafar shaxs sudlangan
11 iyun 2024, 12:02

O‘zbekistonda 2023-yilda odam savdosi bilan 126 nafar shaxs sudlangan

O‘zbekistonda 2023-yilda odam savdosi bilan 126 nafar fuqaro sudlangan. Ularning 84 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 42 nafariga esa shartli va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Jinoyat oqibatida, jumladan, 24 nafar 3 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar jabrlangan.

JIB tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etiladi
11 iyun 2024, 11:12

JIB tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etiladi

️Prezident farmoni bilan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etilmoqda. Ularga sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati beriladi.

Smartbank birinchilardan bo‘lib Oracle Flexcube bulutli texnologiyasini joriy qildi
11 iyun 2024, 11:00

Smartbank birinchilardan bo‘lib Oracle Flexcube bulutli texnologiyasini joriy qildi

Smartbank O‘zbekistonda bank operatsiyalarini boshqarish bo‘yicha barcha funksiyalarni taqdim etish maqsadida Profinch bilan birgalikda Oracle Flexcube avtomatlashtirilgan bank tizimini ishga tushirdi.

Samarqandda Damas yo‘l chetidagi 2 nafar piyodani urib ketdi
11 iyun 2024, 10:41

Samarqandda Damas yo‘l chetidagi 2 nafar piyodani urib ketdi

Toyloq tumanida boshqaruvni yo‘qotgan Damas ikki nafar piyodani urib yubordi. Voqea sabab piyodalar va Damas ichidagi yo‘lovchi jarohat oldi.

O‘zbekistonda Qurbon hayiti 16-iyunda nishonlanadi
11 iyun 2024, 10:39

O‘zbekistonda Qurbon hayiti 16-iyunda nishonlanadi

Prezident qaroriga ko‘ra, Qurbon hayiti 16-iyun — yakshanba kuni nishonlanadi. Haftasiga 5 kun ishlaydigan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi: 17-iyun ko‘chirilgan dam olish kuni, 18-iyun esa barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.

Tojikistondagi zilzila kuchi yana O‘zbekiston janubida sezildi
11 iyun 2024, 09:43

Tojikistondagi zilzila kuchi yana O‘zbekiston janubida sezildi

Tojikistonda sodir bo‘lgan 4,3 magnitudali zilzila kuchi Surxondaryo viloyati tumanlarida 2−3 ball darajasida sezildi. Yer silkinishi bir kun avval ham xuddi shu hududlarda qayd etilgandi.

Buxoroda bolasini 2 yildan buyon kaltaklab kelgan ayol 3 yilga qamaldi
11 iyun 2024, 09:27

Buxoroda bolasini 2 yildan buyon kaltaklab kelgan ayol 3 yilga qamaldi

Shofirkon tumanida bolasini ikki yildan buyon kaltaklab, qiynab kelgan ayol 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. 6 yoshli bolaga vasiy tayinlanib, unga topshirildi. Bolalar ombudsmani ayolni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi ham ko‘rilayotganini bildirdi.

“Vaziyat nazorat ostida”. “Hisorak” suv omboridan suv sizib chiqdi (+video)
11 iyun 2024, 00:07

“Vaziyat nazorat ostida”. “Hisorak” suv omboridan suv sizib chiqdi (+video)

Qashqadaryodagi “Hisorak” suv omboridagi texnik tadbirlar vaqtida to‘g‘ondan suv sizib chiqdi. FVV hodisada hech kim jarohatlanmagani, suv omboriga shikast yetmagani va vaziyat to‘liq nazorat ostida ekanini bildirdi.

10-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
10 iyun 2024, 22:35

10-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Elektromobilni uyda quvvatlantirish uchun tungi tariflar, “Yashil makon” doirasida ekilmay, qo‘shib yozilgan 1 mln ko‘chat, 10-iyun — Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni, Qozog‘istondagi reydlarda ushlanayotgan o‘zbekistonliklar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“HET” elektr energiyasi iste’molining kunlik normasi mavjudligini rad etdi
10 iyun 2024, 21:44

“HET” elektr energiyasi iste’molining kunlik normasi mavjudligini rad etdi

“Hududiy elektr tarmoqlari” elektr energiyasining kunlik normasi 6,6 kVt/soatni tashkil etishi haqidagi xabarlarni rad etdi.

“Saidaziz medgorodok” va yana 28 kishiga nisbatan sud boshlanadi
10 iyun 2024, 20:33

“Saidaziz medgorodok” va yana 28 kishiga nisbatan sud boshlanadi

11-iyun kuni “Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev, shuningdek, yana 28 kishiga nisbatan sud jarayoni boshlanadi. Ular Jinoyat kodeksining tovlamachilik, firibgarlik, bezorilik, jinoiy uyushma tashkil etish kabi jami 14 ta moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.

“Yashil makon” loyihasi doirasida 1 milliondan ortiq ekilmagan ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilgani aniqlandi
10 iyun 2024, 18:06

“Yashil makon” loyihasi doirasida 1 milliondan ortiq ekilmagan ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilgani aniqlandi

Bosh prokuratura “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 541 ta holatda amalda ekilmagan 1 milliondan ziyod ko‘chatlar hisobotlarga qo‘shib yozilganini aniqladi. Shuningdek, 441 ta holatda 580 ming tup ko‘chatlar sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga ekilgan.

ITPU talabalari Ispaniyada amaliyot o‘tash borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi
10 iyun 2024, 17:00

ITPU talabalari Ispaniyada amaliyot o‘tash borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

IT Park University`ning a’lochi talabalari may oyida Ispaniyada amaliyot o‘tadi. Ular o‘z tajribalari haqida so‘zlab berdi, shuningdek, bir qator trening hamda seminarlardan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Toshkentda kabel tarmog‘idagi yong‘in sabab ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatishda uzilishlar yuzaga keldi
10 iyun 2024, 12:39

Toshkentda kabel tarmog‘idagi yong‘in sabab ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatishda uzilishlar yuzaga keldi

Ichki ishlar vazirligi binosi yaqinida yerosti kabelida yuz bergan yong‘indan so‘ng pasport va manzil bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilmoqda, deb xabar qildi Adliya vazirligi va Toshkent shahar IIBB. Shuningdek, yaqin atrofdagi aholi punktlarida elektr energiyasi vaqtincha uzilgan.

Toshkent viloyatida 14 yoshli yigit suvga cho‘kib, halok bo‘ldi
10 iyun 2024, 12:35

Toshkent viloyatida 14 yoshli yigit suvga cho‘kib, halok bo‘ldi

Bekobod tumanidagi “Do‘stlik” kanalidan Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan 14 yoshli yigitning jasadi topildi. Tergovga qadar tekshiruv ketmoqda.

2024-yilning mayi eng nam may oylari beshligiga kirdi — O‘zgidromet
10 iyun 2024, 11:58

2024-yilning mayi eng nam may oylari beshligiga kirdi — O‘zgidromet

O‘zbekistonda o‘tgan may oyida hatto eng issiq kunlarda ham harorat o‘zining rekord qiymatlariga yaqinlashmadi, +25…+30 daraja atrofida bo‘ldi. Ko‘plab hududlar bo‘yicha oy eng nam may oylari beshligiga kirdi, yog‘ingarchilik me’yordan 1,3−2,8 marta ko‘p bo‘ldi.

Hafta boshida harorat +41 darajagacha isiydi
10 iyun 2024, 11:18

Hafta boshida harorat +41 darajagacha isiydi

Haftaning birinchi yarmida harorat +41 darajagacha ko‘tariladi. So‘ngra +32…+35 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Bunday harorat iyun oyi iqlimiy me’yoridan 1−2 darajaga yuqori. Ayrim tog‘li hududlarda kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, joylarda chag-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting