IIV binosi yaqinidagi yerosti tunnelida yong‘in sodir bo‘ldi. “Elektr simlari tutashi”ga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi va u 1 soatda bartaraf etildi. Toshkent metropoliteni yong‘inning metro tizimiga bog‘liqmasligi, qurilmalar normal holatda ishlayotganini qo‘shimcha qildi.
Dushanba kuni ertalab Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila Surxondaryo viloyatida ham sezildi. Viloyat tumanlarida sezilish kuchi 2 ballni tashkil qildi.
Yuqori Chirchiq tumanida yuk mashinasi Chirchiq daryosiga tushib ketdi. Oqibatda yo‘lovchi vafot etdi, haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Tarmoqlarda hodisa poyga sabab yuz bergani aytilmoqda.
SSV yoz faslida oftob urishi, xalq tilidagi dam o‘tishi holati ko‘p uchrashini inobatga olib, undan saqlanish bo‘yicha bir necha tavsiyalar berdi. Ko‘proq suyuqlik ichish, yopiq joylarda bo‘lish, ochiq rangli liboslar va bosh kiyim kiyish shular jumlasidandir.
Toshkent shahrida barcha mozaikali turar joy binolari reklama bannerlaridan tozalanadi, deb xabar qildi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda poytaxt hokimligi. Dastur boshlangan 2021-yildan buyon jami 70 ta (shundan 40 tasi ikki oy ichida) panno reklamalardan xalos etildi.
Xiva shahrida 11 yoshli bolani devor bosib qoldi. Oqibatda bola tos suyagi sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi. Hodisa bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, holatni bolalar ombudsmani nazoratga oldi.
Qozog‘istonning Atirau viloyatida ichida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Lada Largus mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 2 nafar yo‘lovchi har xil darajadagi kuyish bilan kasalxonaga yotqizildi.
10-iyundan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi yangi viza olish tizimini ishga tushiradi. Ariza beruvchilar endi suhbatga yozilishdan oldin viza to‘lovlarini amalga oshirishi kerak bo‘ladi.
Shanba kuni tunda Telegram messenjeri faoliyatida global va uzoq davom etgan nosozlik yuzaga keldi. Muammolar O‘zbekiston, Rossiya, AQSh va Yevropa davlatlarida kuzatildi.
Toshkent shahri Yashnobod tumanida Captiva bilan to‘qnashuv oqibatida 39 yoshli piyoda halok bo‘ldi. Haydovchi mast edi. Mashina do‘kon devori oldida o‘tirgan erkakni bosib ketgan.
Chilonzor tumani sudi Telegram orqali notkoin yig‘ib, uni 800 ming so‘mga sotgan 24 yoshli TerDU talabasini 10 sutkaga qamash to‘g‘risida hukm chiqardi. Kriptoaktivlar aylanmasidagi qonunchilikni buzishda ayblangan surxondaryolik yigit bu ishi noqonuniy ekanini bilmaganini ta’kidladi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi 42 yoshli ayol 4 ayolga yaxshi daromad topadigan ish topib berishni va’da qilib, ularni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgani aniqlandi. Ular Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qolindi.
G‘allaorol tumanida MAN yuk avtomobilida nosozlik kuzatilib, 2 ta yuk mashinasi va UzAuto Motors avtotreyleri bilan to‘qnashdi. Kompaniya 4 ta Cobalt va 3 ta Equinox texnik shikastlanganini bildirdi. Yuk mashinalari ham jiddiy zararlangan, haydovchilar jarohat olmagan. 2 kilometrli tirbandlik hosil bo‘lgan.
G‘arbning Falastin muammosiga munosabatini tanqid qilgan Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekistonda kuchli siyosiy iroda ko‘rayotgan JST bosh direktori, kelasi hafta Toshkentga keladigan Janubiya Koreya prezidenti, O‘zbekiston energiya sektoriga kirib kelayotgan “Inter RAO” va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev IIV Jamoat xavfsizligi departamentining Muvofiqlashtirish markaziga tashrif buyurdi. U xodimlar kiberjinoyatlarning oldini olish uchun texnologiyalarni yaxshi bilishi kerakligini ta’kidladi. U, shuningdek, vazirlikda uchuvchisiz qurilmalardan foydalanish bo‘yicha tuzilma yaratish vazifasini ham qo‘ydi.
Toshkent shahrining Elbek ko‘chasida Lacetti avtomashinasi daraxtga urildi, haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi. To‘qnashuv oqibatida mashina butunlay vayron bo‘lgan.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi yangi suv sporti saroyini ko‘zdan kechirdi. 50 metrli basseynga ega majmua bir vaqtning o‘zida 100, kuniga esa 1000 dan ortiq odamga xizmat ko‘rsata oladi. Unda professional sportchilar ham, havaskorlar ham mashq qilishi mumkin.
30-iyundan Qanot Sharq aviakompaniyasi “Toshkent — Budapesht — Toshkent” muntazam qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi. Dastlabki reyslar haftada bir marta yakshanba kunlari amalga oshiriladi, 4-sentabrdan esa chorshanba kunlari qo‘shimcha reyslar parvozlarni boshlaydi.
Qashqadaryoda yilning birinchi choragida 351 mingdan ortiq xonadondan chiqindi tashish bo‘yicha ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun 15 mlrd so‘mdan ziyod to‘lov undirildi. Raqobatni riojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining aralashuvi bilan ular qayta hisob-kitob qilindi.
Forish tumanida daladan erkak kishining jasadi topildi. Jizzax viloyati IIBning ma’lum qilishicha, u mahalladoshining tosh bilan yetkazgan jarohati oqibatida vafot etgan. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting