Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida pora olishda gumonlanayotgan soliq inspeksiyasi xodimlari qo‘lga olindi. Ular bir holatda tekshiruv o‘tkazmaslik uchun 2300 dollar, yana birida foyda solig‘ini kamaytirib berish evaziga 5 ming dollar olayotgan paytda ushlangan.
Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 34−39 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim joylarda chang-to‘zonli shamollar kuzatilishi mumkin.
Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida Cobalt haydovchisi tezlikni oshirish oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi pastlikka quladi. U voqea joyida halok bo‘ldi.
O‘zbekistonning “neytral va o‘ta muvozanatli” siyosatidan minnatdor Putin, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha imzolangan bitim, Do‘stlik bog‘ining ijaraga berilishi yuzasidan sud ishi, Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkent aholisi Do‘stlik (Bobur) bog‘ini tadbirkorga ijaraga berish to‘g‘risidagi qarorlarni bekor qilishni talab qilib, sudga ariza bilan murojaat qildi. Ariza beruvchilar jamoatchilikka ochiq bo‘lmagan hujjatlarda “aholining huquq va manfaatlarini buzuvchi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin”ligidan xavotirda.
“Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmini suratga olishga 30 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ sarflangan. Film rejissyori Jahongir Ahmedovning aytishicha, bu pulning teng yarmiga “O‘zbekfilm” paviloniga eng oxirgi texnologiyalar olib kelingan. Kartina to‘laligicha pavilonda suratga olingan.
Migratsiya agentligi Qozog‘istonga ishlash uchun borayotgan va o‘sha yerdagi o‘zbekistonliklarni noqonuniy migratsiya bo‘yicha “Nelegal-2024” reydlaridan ogohlantirdi. Qonun buzilishi holatlari Olmaota, Ostona, Chimkent shaharlari va Mangistau viloyatida ko‘p uchramoqda. Agentlik qoidalarga rioya qilishni so‘radi.
Toshkentda “Chilonzortumangaz” xodimi va yetakchi muhandisi 25 mln so‘m olayotgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Ular tadbirkorga gaz uchun to‘lovda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan chora ko‘rish bo‘yicha hujjat rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan.
Oltiariq tumanida fermer xo‘jaligi yeridagi sun’iy suv havzasiga cho‘milish uchun borgan 3 kishi (bir erkak va 2 nafar voyaga yetmagan bola) cho‘kib ketib, halok bo‘ldi. Prokuratura tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.
Samarqand viloyati Nurobod tumanida 25 yoshli “KamAZ” haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lakchasida ikki bolali ayolni urib yubordi. Ikkala bola ham halok bo‘ldi.
“Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev ishi bo‘yicha ochiq sud jarayoni davom etmoqda. Unda 37 nafar sudlanuvchining har biriga qanday ayblov qo‘yilayotgani o‘qib eshittirildi. Ularning 3 nafari aybiga qisman iqror bo‘ldi, qolganlari ayblovni rad etmoqda.
Kattaqo‘rg‘on shahrida turmush o‘rtog‘i bilan videomuloqot chog‘ida janjallashib, o‘g‘lini bo‘g‘ishga uringan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayolning aytishicha, eri Rossiyada boshqa ayolga uylangan va qaytishni istamayapti. Bolamni bo‘g‘madim, erimni shunday qilib qo‘rqitmoqchi bo‘ldim, dedi u.
Toshkentda bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan birinchi xalqaro kongress 300 ga yaqin ishtirokchini birlashtirdi. “Bolalar sog‘lom bo‘lishi, to‘laqonli hayot kechirishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish burchimizdir”, — dedi forumda so‘zga chiqqan birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva.
Bloger Murod Maxsudov 7,5 yilga hukm qilindi, u jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi. Sud uni tuhmat, tovlamachilik va o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda aybdor deb topdi.
BMT ma’qullagan O‘zbekiston tashabbusi, Turkiyaga jo‘nab ketgan prezident, vanihoyat qabul qilingan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonun, Buxoroni 2045-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Xivada fuqaro 2 nafar tanishini ishlash uchun Norvegiyaga yuborish evaziga 5600 dollar so‘ragani aniqlandi. U avans olayotganda ushlandi.
Uchtepa tumanida huquq-tartibot idoralari xodimlari fuqarolarni AQShga noqonuniy jo‘natish holatlariga chek qo‘ydi. Qo‘lga olinganlardan biri buning uchun 42 ming dollar, ikkinchisi esa 17 ming dollar so‘ragan.
Urgut tumanida 9-sinf o‘quvchisi boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 yuqori tezlikda 6 yoshli qizni urib yubordi. Qiz shifoxonada vafot etdi. Bola mashinani uyidan otasining ruxsatisiz olib chiqib ketgani aniqlandi.
May oyida O‘zbekistonda 971 ta holatda iste’molchilarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bunda davlat manfaatlariga 67,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Bunday holatlarning eng ko‘pi Navoiy, Surxondaryo va Andijon viloyatlariga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekistonda badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi. Tanlov 2025-yildan boshlab har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. G‘oliblarga BHMning 300 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting