Jamiyat

Toshkent viloyatida 6 kg sintetik narkotik modda aylanmasiga chek qo‘yildi (video)
30 may 2024, 09:34

Toshkent viloyatida 6 kg sintetik narkotik modda aylanmasiga chek qo‘yildi (video)

Bo‘stonliq tumanida avtomobil ehtiyot qismi ichidan taxminiy narxi 4,8 mlrd so‘m bo‘lgan 6 kg sintetik giyohvandlik vositasi topildi. Moddalar Telegram bot yordamida Qirg‘izistondan yetkazib berilgani aniqlandi.

IT`dagi qizlar: Toshkentdagi Women in Tech Talks uchrashuvlari qanday o‘tmoqda?
30 may 2024, 09:00

IT`dagi qizlar: Toshkentdagi Women in Tech Talks uchrashuvlari qanday o‘tmoqda?

Qizlarga texnologiya sohasida o‘z yo‘lini topishga yordam berish Women in Tech Tashkent jamiyatining asosiy maqsadidir.

Sirdaryoda mashinasini qasddan odamlar ustiga haydab borgan haydovchi qamoqqa olindi (+video)
29 may 2024, 23:41

Sirdaryoda mashinasini qasddan odamlar ustiga haydab borgan haydovchi qamoqqa olindi (+video)

Sirdaryoda Captiva haydovchisi mashinasini qasddan bir guruh odamlar orasida keskin boshqarib, ularni bosib ketishga harakat qildi. IIB unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

29-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
29 may 2024, 23:11

29-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

FNQIZ uchun to‘liq summani to‘lamagan Saneg, Toshkentga keltirilgan yangi metro poyezdlari, futzal bo‘yicha JCh muxlislari uchun transport chegirmalari, O‘zbekistonga vizasiz rejim joriy qilgan Tailand va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentda avtobus va teplovoz to‘qnashdi
29 may 2024, 22:22

Toshkentda avtobus va teplovoz to‘qnashdi

Toshkent shahri Sergeli tumanida King Long avtobusi teplovoz bilan to‘qnashdi. Hodisada jarohatlanganlar yo‘q. YTHga temiryo‘l kesishmasining nazoratchi xodimi voqea joyida bo‘lmagani sabab qilib ko‘rsatildi.

Namangandagi qamoqxonada mahkum o‘z joniga qasd qildi
29 may 2024, 21:03

Namangandagi qamoqxonada mahkum o‘z joniga qasd qildi

Namangandagi jazoni ijro etish muassasasida giyohvand moddalar savdosi sabab qamalgan 24 yoshli mahkum o‘zini osib, vafot etdi. Marhumning onasi o‘g‘lining tanasida qiynoq izlari borligini aytdi, Bosh prokuratura esa ma’lumotni rad etmoqda.

1-iyunda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i plyajiga 10 mingta plastik o‘rdak tushiriladi. Ekovazirlik — qarshi
29 may 2024, 19:26

1-iyunda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i plyajiga 10 mingta plastik o‘rdak tushiriladi. Ekovazirlik — qarshi

Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i 1-iyun kuni plyajiga 10 mingta o‘yinchoq o‘rdak tushirmoqchi. Ekologiya vazirligi bu kabi holatlar javobgarlikka sabab bo‘lishini bildirib, yangilikni “keskin qoraladi”.

Jizzaxda “KamAZ” Spark mashinasining orqasidan qasddan kelib urgani ortidan do‘konga shikast yetdi
29 may 2024, 16:02

Jizzaxda “KamAZ” Spark mashinasining orqasidan qasddan kelib urgani ortidan do‘konga shikast yetdi

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida “KamAZ” haydovchisi do‘kon yonida turgan Spark mashinasining orqasiga kelib urgan. Oqibatda mashinaga ham, do‘konga ham jiddiy zarar yetgan. Holat viloyat IIB tomonidan o‘rganilmoqda.

Toshkent va Farg‘onada Haj safariga noqonuniy yuborishga uringanlar qo‘lga olindi
29 may 2024, 15:05

Toshkent va Farg‘onada Haj safariga noqonuniy yuborishga uringanlar qo‘lga olindi

Poytaxtdagi turli sayyohlik firmalari xodimlari fuqarolarni soxta hujjatlar orqali Haj safariga yuborish evaziga ulardan pul olgan vaqtda ushlandi. Qo‘qon shahrida kuzatilgan ikkita holatda ham bunday xizmat uchun fuqarolardan 6000 dollardan so‘ralgani aniqlandi.

Uzum Market`dan buyurtmalarni mamlakat bo‘ylab 500 ta UzPost filialida olish mumkin bo‘ladi
29 may 2024, 15:00

Uzum Market`dan buyurtmalarni mamlakat bo‘ylab 500 ta UzPost filialida olish mumkin bo‘ladi

Uzum Market milliy marketpleysi mijozlarga buyurtmalarni UzPost bo‘limlaridan olish imkoniyatini taqdim qildi. Bugungi kunda xizmat Toshkent va Samarqand shaharlarida mavjud.

Toshkentdagi YTHda bir haydovchi jarohat oldi
29 may 2024, 14:16

Toshkentdagi YTHda bir haydovchi jarohat oldi

Mirzo Ulug‘bek tumanida Monza va Nexia-1 avtomobillari to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi jarohat oldi.

Xorazm viloyatida chiqindi xizmati uchun tariflar oshirildi
29 may 2024, 10:05

Xorazm viloyatida chiqindi xizmati uchun tariflar oshirildi

Xorazm viloyatida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari narxi oshirildi. Endilikda Urganch shahri va Urganch tumani aholisi xizmat uchun bir oyda 5880 so‘m, Xiva shahri va viloyatning boshqa tumanlari aholisi esa 4592 so‘m to‘laydi.

Toshkentga to‘rt vagonli yana 3 ta metro poyezdi keltirildi
29 may 2024, 09:56

Toshkentga to‘rt vagonli yana 3 ta metro poyezdi keltirildi

Toshkent metrosiga to‘rt vagonli 3 ta metro poyezdi olib kelindi. Ular 7−10 kun sinovdan o‘tkazilgach, “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida harakatga chiqariladi. Bungacha shunday poyezdlardan 5 tasi keltirilgandi.

28-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
28 may 2024, 22:10

28-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Jamoatchilikning AES qurilishi yuzasidan savollari, Moskvaga qaytib ketgan Putin, soliq tushumlari keskin kamaygan “O‘ztransgaz”, davlat tashkilotlari sotib olgan 6,6 mlrd so‘mlik telefonlar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Jizzaxda Nexia-2 ning gaz balloni portlashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
28 may 2024, 20:13

Jizzaxda Nexia-2 ning gaz balloni portlashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Jizzax viloyati G‘allorol tumanida Nexia-2 mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portladi, oqibatda uning ichidagi 4 kishi voqea joyida halok bo‘ldi.

Procter & Gamble va O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi hamkorlik shartnomasini imzoladi
28 may 2024, 19:00

Procter & Gamble va O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi hamkorlik shartnomasini imzoladi

Dunyoga mashhur katta kompaniya, Xalqaro olimpiya qo‘mitasining hamkori bo‘lgan Procter & Gamble O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Iyun oyida ob-havo qanday bo‘ladi?
28 may 2024, 17:33

Iyun oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

O‘zbekistonda iyun oyining birinchi besh kunligi yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda. Oy davomida harorat kunduzi +28…+40, kechalari +14…+20 daraja atrofida bo‘ladi. Sinoptiklarga ko‘ra, oyning ikkinchi o‘n kunligida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi ehtimoli katta.

Surxondaryoda ikki ming yillik tarixga ega shahar qoldiqlari topildi
28 may 2024, 15:46

Surxondaryoda ikki ming yillik tarixga ega shahar qoldiqlari topildi

O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiya a’zolari Uzun tumanida 4 ming yillik tarixga ega qabrlar va 2 ming yillik shahar qoldiqlarini topdi. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, topilmalar miloddan avvalgi II — milodiy III asrlarga tegishli ekani aytilmoqda.

27-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
27 may 2024, 22:49

27-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Jizzaxda quriladigan “hayotiy ahamiyatga ega” kichik AES, O‘zbekistonda ochiladigan ikkita Rossiya oliygohi filiali, mehnat migratsiyasini tartibga keltirish kerakligini aytgan prezident, ta’lim krediti ajratishning yangicha tizimi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Samarqandda magistral quvurdagi nosozlik tufayli ko‘chalarni suv bosdi (+video)
27 may 2024, 22:35

Samarqandda magistral quvurdagi nosozlik tufayli ko‘chalarni suv bosdi (+video)

Samarqandda o‘tgan asr 80 yillarida qurilgan markaziy suv quvuri teshilishi oqibatida ko‘chalarni suv bosdi. Nosozlik tufayli 20 ta ko‘cha va ularga tutash mahallalar ichimlik suvisiz qoldi. Video.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting