Jamiyat

O‘zbekistonda “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
3 iyun 2024, 19:52

O‘zbekistonda “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston shifoxonalarida o‘tgan yili 60 mingdan ziyod xorijlik davolangan. Prezident ko‘rsatkichni oshirish uchun “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” dasturi boshlanishini e’lon qildi. Endi xususiy klinikalarning xalqaro standart olish xarajatlari qoplanadi, ularda davolangan chet elliklar uchun QQS qaytariladi.

Musulmonlar idorasining Fatvo markazi kriptovalyuta savdosidan voz kechishni tavsiya qilgan xabarini o‘chirib tashladi
3 iyun 2024, 16:46

Musulmonlar idorasining Fatvo markazi kriptovalyuta savdosidan voz kechishni tavsiya qilgan xabarini o‘chirib tashladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazi Islomda kriptovalyuta savdosi shariat qonunlari bo‘yicha tovar va pul shartlariga to‘g‘ri kelmasligi sababli taqiqlanganini ma’lum qildi. Keyinroq markaz ushbu postni o‘chirib tashladi va muammo o‘rganish va izlanishni talab qilayotganini aytib, uzr so‘radi.

Chery va ADM Global Zominda Tiggo 7 Pro avtomobil egalarining bayramona uchrashuvini o‘tkazdi
3 iyun 2024, 15:00

Chery va ADM Global Zominda Tiggo 7 Pro avtomobil egalarining bayramona uchrashuvini o‘tkazdi

ADM Global kompaniyalar guruhi Jizzax viloyatida navbatdagi With Chery With Love tadbirini tashkillashtirdi. Unda O‘zbekiston bo‘ylab 60 dan ortiq Tiggo 7 Pro egalari bir joyda yig‘ildi.

Bog‘ ichidagi shahar — Park City Labzak`dagi so‘nggi xonadonlarga chegirmalar amal qilmoqda
3 iyun 2024, 13:00

Bog‘ ichidagi shahar — Park City Labzak`dagi so‘nggi xonadonlarga chegirmalar amal qilmoqda

Bog‘ ichidagi shahar — Park City Labzak qulay shart-sharoitlar, yashil bog‘lar manzarasi va poytaxtning markaziy tumanlaridan birida joylashgan so‘nggi xonadonlarni taklif etmoqda.

IHTga turizm yo‘nalishi bo‘yicha raislik O‘zbekistonga o‘tkazildi
3 iyun 2024, 12:02

IHTga turizm yo‘nalishi bo‘yicha raislik O‘zbekistonga o‘tkazildi

Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ning turizm yo‘nalishi bo‘yicha raisligi Ozarbayjondan O‘zbekistonga o‘tkazildi. Ta’kidlanishicha, mamlakat o‘z raisligi davomida IHT hududida “kelajak turizmi”ni shakllantirishga alohida e’tibor qaratadi.

Hafta davomida havo isib boradi
3 iyun 2024, 11:14

Hafta davomida havo isib boradi

Iyunning birinchi ish haftasida ob-havo O‘zbekiston bo‘yicha quruq bo‘lishi kutilmoqda. Faqat 4−5-iyun kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat hafta boshida 32, keyinroq 35 darajagacha isiydi.

O‘tkir diareyadan qanday saqlanish mumkin? SSV tavsiyalari
3 iyun 2024, 10:48

O‘tkir diareyadan qanday saqlanish mumkin? SSV tavsiyalari

SSV yozda aholi, ayniqsa, bolalar o‘rtasida avj oladigan o‘tkir diareya belgilarini sanab, qanday qilib kasallikning oldini olish mumkinligi bo‘yicha tavsiyalar berdi. Gigiyenaga rioya qilish, qaynatilgan suv ichish, shifokor maslahatisiz antibiotiklarni qo‘llamaslik shular jumlasidan. Batafsil.

“Baxti Tashkentskiy” va yana 36 kishiga nisbatan sud boshlanadi
2 iyun 2024, 23:18

“Baxti Tashkentskiy” va yana 36 kishiga nisbatan sud boshlanadi

“Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev, uning o‘g‘li, akasi — jami 37 kishiga nisbatan 3-iyundan ochiq sud boshlanadi. Sudlanuvchilar tovlamachilik, jinoiy uyushma tashkil etish, firibgarlik, qasddan badanga shikast yetkazish, bezorilik va JKning boshqa moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.

Toshkentda otlar paradi bo‘lib o‘tdi — fotoreportaj
2 iyun 2024, 22:10

Toshkentda otlar paradi bo‘lib o‘tdi — fotoreportaj

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan poytaxtdagi Amir Temur xiyoboni atrofida otlar paradi bo‘lib o‘tdi (100 boshga yaqin zotdor ot qatnashdi). Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari otliq kavaleriya bo‘linmalari ishtirokidagi paraddan “Gazeta.uz” fotoreportaj tayyorladi.

Toshkentdagi “Ashxobod” bog‘i rahbarlari 15 sutkaga qamaldi
2 iyun 2024, 16:24

Toshkentdagi “Ashxobod” bog‘i rahbarlari 15 sutkaga qamaldi

Toshkentdagi “Ashxobod” ko‘ngilochar bog‘i direktori, uning o‘rinbosari va reklama bo‘limi boshlig‘i ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzgani va boshqa huquqbuzarliklar uchun 15 sutkaga qamaldi. Ularning “tekinga narsa tarqatish” aksiyalari bog‘da 40 mingga yaqin odam to‘planishi va xavf tug‘dirishga sabab bo‘ldi.

Foto: Qatar Airways Doha-Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni boshladi
2 iyun 2024, 16:05

Foto: Qatar Airways Doha-Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni boshladi

Yakshanba kuni Qatar Airways aviakompaniyasining Doha-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reysi uchib keldi. Muntazam parvozlar haftasiga to‘rt marta, Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Toshkent kompaniya uchun Markaziy Osiyoga qatnov yo‘lga qo‘ygan Olmaotadan keyin ikkinchi shahar hisoblanadi. Foto.

Sirdaryodagi lak-bo‘yoq ishlab chiqarish omborida yong‘in sodir bo‘ldi
2 iyun 2024, 11:12

Sirdaryodagi lak-bo‘yoq ishlab chiqarish omborida yong‘in sodir bo‘ldi

Guliston shahridagi lak-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarish omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in tunda kelib chiqdi va ikki soatda o‘chirildi. Hodisa oqibatida bino tom qismi va 2 ta yuk mashinasi qisman zararlandi.

“Xalq puli davlat budjetiga o‘tdimi, u davlatning puliga aylanadi” — Qashqadaryo adliya boshqarmasi boshlig‘i
2 iyun 2024, 09:58

“Xalq puli davlat budjetiga o‘tdimi, u davlatning puliga aylanadi” — Qashqadaryo adliya boshqarmasi boshlig‘i

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Nuriyev OAV vakillari bilan suhbatda “xalq puli, xalq mulki davlat budjetiga o‘tsa, o‘z-o‘zidan u davlatning puliga aylanishini” ta’kidladi. Adliya vazirligi davlat organlari xalq oldida hisobdor ekanini eslatib, holat o‘rganilayotganini bildirdi.

Tartibsizlik va tirbandliklar tufayli Toshkentdagi “tekinga narsa tarqatish” aksiyalari to‘xtatildi
1 iyun 2024, 15:20

Tartibsizlik va tirbandliklar tufayli Toshkentdagi “tekinga narsa tarqatish” aksiyalari to‘xtatildi

Toshkentda Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida tashkil etilishi rejalashtirilgan “tekinga narsa tarqatish” aksiyalari to‘xtatildi, deb xabar berdi IIV. O‘yinchoqlar, muzqaymoq va boshqalarning tekin tarqatilishi transport harakatidagi 10 balli tirbandlikka va bog‘larda odamlarning to‘planib qolishiga olib keldi.

“Bolalar ehtiyoji uchun xavfsiz cho‘milish havzalari kerak” — Surayyo Rahmonova
1 iyun 2024, 12:59

“Bolalar ehtiyoji uchun xavfsiz cho‘milish havzalari kerak” — Surayyo Rahmonova

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning fikricha, bolalarni taqiqlangan joyda cho‘milmaslik haqida ogohlantirishning o‘zi yetarli emas. “Ularning ehtiyoji uchun muqobil xavfsiz cho‘milish havzalari kerak”, — dedi u. Ombudsman bu masala bo‘yicha viloyat xokimlariga so‘rov kiritilganini ma’lum qildi.

Sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga bahorda 600 ming tupdan ortiq ko‘chat ekildi
1 iyun 2024, 09:47

Sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga bahorda 600 ming tupdan ortiq ko‘chat ekildi

Bahorda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga 600 ming tupdan ortiq ko‘chat ekildi. Bu haqda Senatdagi muhokamada so‘z bordi. Bu masala avvalgi yillarda ham bir necha bor ko‘tarilgan.

Poytaxtni egallagan Olot kutubxonasi. Turkmaniston bilan chegara yaqinida kutubxona ochish uchun Turkiyadan qaytgan Shahnoza Navro‘zova hikoyasi
31 may 2024, 23:55

Poytaxtni egallagan Olot kutubxonasi. Turkmaniston bilan chegara yaqinida kutubxona ochish uchun Turkiyadan qaytgan Shahnoza Navro‘zova hikoyasi

Olot somsasi Toshkentni “egallagani”ga ko‘p bo‘ldi. Ammo poytaxtga “yurish” faqat somsa bilan kifoyalanayotgani yo‘q. Uning yoniga endi kutubxona ham qo‘shildi. Ha, aynan Olotdagi kutubxona tajribasi 2024-yilda Toshkentdagi 100 mahallaga yoyildi. “Gazeta.uz” poytaxtga ibrat bo‘lgan Olotdagi kutubxonada bo‘ldi.

31-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
31 may 2024, 23:05

31-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Prezidentning Buxoroga tashrifi, yangi tariflar sabab gaz va elektr iste’moli kamayganini aytgan vazir, ketma-ket yettinchi sessiyada pastlagan dollar kursi, gazni subsidiyalash uchun sarflangan 8,1 trln so‘m va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkent aeroportining uchib kelish zalida yo‘lovchi ayol hushidan ketdi
31 may 2024, 22:59

Toshkent aeroportining uchib kelish zalida yo‘lovchi ayol hushidan ketdi

Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha poytaxt aeroportiga qo‘ngan yo‘lovchi ayol bojxona nazorati paytida sog‘lig‘idagi muammolar sabab hushidan ketdi. Unga birinchi yordam ko‘rsatildi.

Samarqandda 50 ming dollar evaziga AQShga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi
31 may 2024, 21:59

Samarqandda 50 ming dollar evaziga AQShga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

Samarqandda hudud aholisiga 50 ming dollar evaziga AQShga borishga yordam berishni va’da qilgan shaxs avans olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting