Sinov rejimida ishga tushayotgan Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil zavodi, YTHlardagi o‘limlar sonini kamaytirish uchun yechimlar, farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar rejasi, Madinaga uchib ketgan ilk ziyoratchilar guruhi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
BP Chirchiq daryosining qo‘riqlash zonasida 10 dan ortiq tadbirkor moratoriyga qaramay, noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olishda davom etayotgani haqida xabar berdi. Qurilish materiallari zavodi ham ishlamoqda. BP kompaniyalarning litsenziyalari haligacha bekor qilinmaganini afsus bilan qayd etdi. Foto.
Sud Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Olmaliq shahrida yashovchi 28 yoshli fuqaroni prezidentni haqorat qilgani uchun 2,5 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qildi. Erkak soliq idoralari uni ko‘p marta jarimaga tortgani uchun Instagram`da g‘azablangan holda haqoratomuz izoh va postlar joylaganini bildirdi.
Surxondaryodagi qadimiy “Hayvontepa” va “Qorabog‘tepa-1” arxeologik yodgorliklarining ayrim qismlari buzib yuborilishi oqibatida 227,4 mlrd so‘m zarar yetdi. Holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazini Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi etib qayta nomlandi. Markaz huzurida Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi.
Samarqandda to‘rtinchi Coca-Cola zavodi ochilishi munosabati bilan Anadolu Group O‘zbekiston iqtisodiyotiga 500 mln dollardan ortiq sarmoya kiritdi va Namangan viloyatida yangi Coca-Sola zavodini qurishni rejalashtirmoqda.
Sharof Rashidov va Ohangaron tumanida tashkil etilgan charm-poyabzal kichik sanoat zonasi hududini kengaytiriladi. Shu bilan charmni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi.
Ko‘kdala tumanida yuqori tezlikdagi KamAZ piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi, haydovchi qamoqqa olindi.
DXX viloyatlarda reyd tadbiri o‘tkazdi. Unda Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi o‘rinbosari tadbirkorga yordam berib, $20 ming talab qilgani ma’lum bo‘ldi. Toshkent viloyatida esa “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 2 xodimi ishlab chiqaruvchiga transformator o‘rnatib berish uchun $39 ming olgani aytilmoqda.
Toshkent shahrining Abdulla Qodiriy va Shayxontohur ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prik ta’mirlash ishlari sabab 25-maygacha transport harakati uchun yopildi.
Raqamli sug‘urta kompaniyasi Neo Insurance faoliyatining bir yilligini nishonladi va istiqboldagi rejalari bilan bo‘lishdi.
2024-yilgi Haj mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkentdan Madinaga jo‘nab ketdi. Tirbandlikni yuzaga keltirmaslik uchun ziyoratchilarning yaqinlaridan aeroportga kelmasdan, masjidlardan kuzatib qo‘yish so‘raldi. Foto.
Yandex Go Surxondaryoning Termiz shahrida ish boshladi. “Bu yerda avval bu kabi onlayn xizmatlar mavjud emas edi”, — deydi Yandex Taxi`ning MDHdagi rivojlanish bo‘yicha direktori.
Uzum Market milliy raqamli ekotizimi “Yil brendi” mukofotida sovrinlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.
Samarqandda Nexia-2 piyodalar o‘tish joyida SamDU talabasini urib yubordi, oqibatda u shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Afg‘oniston xalqi uchun insonparvarlik yordami, jahon bozoriga chiqarilgan 1,5 mlrd dollarlik yevrobondlar, 50 mln dollarga baholangan UNG Petro, “Ovoz” loyihasiga ajratilgan mablag‘ haqida gapirgan vazir va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkent shahri Ekologiya boshqarmasi sobiq MXX binosi oldidagi 26 tup eman daraxti kesilmayotganini, aksincha boshqa hududga belgilangan tartibda ko‘chirib o‘tqazilayotganini ma’lum qildi. Ushbu daraxtlar keyingi 3 yil davomida doimiy parvarish ostida bo‘ladi, deya ta’kidladi boshqarma.
Sud Shaffof metan “zapravka"lari egalari va ishchilariga hukm o‘qidi. Ish materiallarida 447,5 mlrd so‘mlik soliqlarni to‘lamaganlik, 1,37 trln so‘mlik savdo qoidalarini buzish, jinoiy daromadlarni legallashtirish holatlari qayd etilgan. Asosiy ayblanuvchilar — aka-uka Toshmatovlar — 9 yil 2 oyga qamaldi.
Andijondagi bog‘chada tarbiyachi sherigi bilan janjallashgan bolaning yuziga urdi. Bolaning otasi IIBga ariza berdi, hozirda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
ANORBANK 2024-yilda ketma-ket to‘rtinchi marta SNS Ratings agentligi tomonidan tuzilgan “O‘zbekiston tijorat banklari mobil ilovalarining yakuniy reytingi”da o‘z yetakchiligini saqlab qoldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting