Jamiyat

23-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
23 may 2024, 22:19

23-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Sinov rejimida ishga tushayotgan Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil zavodi, YTHlardagi o‘limlar sonini kamaytirish uchun yechimlar, farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar rejasi, Madinaga uchib ketgan ilk ziyoratchilar guruhi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Moratoriyga qaramay, Chirchiq daryosi bo‘yida noqonuniy qum-shag‘al qazib olish davom etmoqda
23 may 2024, 20:40

Moratoriyga qaramay, Chirchiq daryosi bo‘yida noqonuniy qum-shag‘al qazib olish davom etmoqda

BP Chirchiq daryosining qo‘riqlash zonasida 10 dan ortiq tadbirkor moratoriyga qaramay, noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olishda davom etayotgani haqida xabar berdi. Qurilish materiallari zavodi ham ishlamoqda. BP kompaniyalarning litsenziyalari haligacha bekor qilinmaganini afsus bilan qayd etdi. Foto.

Samarqandlik erkak prezidentni internetda haqoratlagani uchun axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi
23 may 2024, 18:33

Samarqandlik erkak prezidentni internetda haqoratlagani uchun axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi

Sud Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Olmaliq shahrida yashovchi 28 yoshli fuqaroni prezidentni haqorat qilgani uchun 2,5 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qildi. Erkak soliq idoralari uni ko‘p marta jarimaga tortgani uchun Instagram`da g‘azablangan holda haqoratomuz izoh va postlar joylaganini bildirdi.

Surxondaryodagi ikkita arxeologik yodgorlikka 227 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi
23 may 2024, 18:01

Surxondaryodagi ikkita arxeologik yodgorlikka 227 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi

Surxondaryodagi qadimiy “Hayvontepa” va “Qorabog‘tepa-1” arxeologik yodgorliklarining ayrim qismlari buzib yuborilishi oqibatida 227,4 mlrd so‘m zarar yetdi. Holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi
23 may 2024, 17:16

Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazini Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi etib qayta nomlandi. Markaz huzurida Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi.

Samarqandda 112 mln AQSh dollarlik to‘rtinchi Coca-Cola zavodi tantanali ravishda ochildi
23 may 2024, 15:00

Samarqandda 112 mln AQSh dollarlik to‘rtinchi Coca-Cola zavodi tantanali ravishda ochildi

Samarqandda to‘rtinchi Coca-Cola zavodi ochilishi munosabati bilan Anadolu Group O‘zbekiston iqtisodiyotiga 500 mln dollardan ortiq sarmoya kiritdi va Namangan viloyatida yangi Coca-Sola zavodini qurishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi
23 may 2024, 12:10

O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi

Sharof Rashidov va Ohangaron tumanida tashkil etilgan charm-poyabzal kichik sanoat zonasi hududini kengaytiriladi. Shu bilan charmni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi.

Qashqadaryoda KamAZ piyodalar o‘tish joyida urib yuborgan 2-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi
23 may 2024, 12:02

Qashqadaryoda KamAZ piyodalar o‘tish joyida urib yuborgan 2-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi

Ko‘kdala tumanida yuqori tezlikdagi KamAZ piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi, haydovchi qamoqqa olindi.

Sirdaryoda Xovos tumani hokimi o‘rinbosari korrupsiyada aylanib, qo‘lga olindi
23 may 2024, 11:48

Sirdaryoda Xovos tumani hokimi o‘rinbosari korrupsiyada aylanib, qo‘lga olindi

DXX viloyatlarda reyd tadbiri o‘tkazdi. Unda Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi o‘rinbosari tadbirkorga yordam berib, $20 ming talab qilgani ma’lum bo‘ldi. Toshkent viloyatida esa “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 2 xodimi ishlab chiqaruvchiga transformator o‘rnatib berish uchun $39 ming olgani aytilmoqda.

Toshkentda Navro‘z bog‘i yaqinidagi ko‘prik uch kunga transport harakati uchun yopildi
23 may 2024, 11:38

Toshkentda Navro‘z bog‘i yaqinidagi ko‘prik uch kunga transport harakati uchun yopildi

Toshkent shahrining Abdulla Qodiriy va Shayxontohur ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prik ta’mirlash ishlari sabab 25-maygacha transport harakati uchun yopildi.

Neo Insurance raqamli sug‘urta kompaniyasi faoliyatining bir yilligini nishonladi
23 may 2024, 11:00

Neo Insurance raqamli sug‘urta kompaniyasi faoliyatining bir yilligini nishonladi

Raqamli sug‘urta kompaniyasi Neo Insurance faoliyatining bir yilligini nishonladi va istiqboldagi rejalari bilan bo‘lishdi.

Haj-2024: Ilk ziyoratchilar Toshkentdan Madinaga uchib ketdi (foto)
23 may 2024, 09:57

Haj-2024: Ilk ziyoratchilar Toshkentdan Madinaga uchib ketdi (foto)

2024-yilgi Haj mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkentdan Madinaga jo‘nab ketdi. Tirbandlikni yuzaga keltirmaslik uchun ziyoratchilarning yaqinlaridan aeroportga kelmasdan, masjidlardan kuzatib qo‘yish so‘raldi. Foto.

Yandex Go Termiz shahrida ish boshladi
23 may 2024, 09:31

Yandex Go Termiz shahrida ish boshladi

Yandex Go Surxondaryoning Termiz shahrida ish boshladi. “Bu yerda avval bu kabi onlayn xizmatlar mavjud emas edi”, — deydi Yandex Taxi`ning MDHdagi rivojlanish bo‘yicha direktori.

Uzum servislari “Yil brendi 2023”da 8 ta mukofotga sazovor bo‘ldi
23 may 2024, 09:00

Uzum servislari “Yil brendi 2023”da 8 ta mukofotga sazovor bo‘ldi

Uzum Market milliy raqamli ekotizimi “Yil brendi” mukofotida sovrinlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.

Samarqandda Nexia-2 urib yuborgan talaba vafot etdi
22 may 2024, 23:42

Samarqandda Nexia-2 urib yuborgan talaba vafot etdi

Samarqandda Nexia-2 piyodalar o‘tish joyida SamDU talabasini urib yubordi, oqibatda u shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

22-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
22 may 2024, 22:41

22-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Afg‘oniston xalqi uchun insonparvarlik yordami, jahon bozoriga chiqarilgan 1,5 mlrd dollarlik yevrobondlar, 50 mln dollarga baholangan UNG Petro, “Ovoz” loyihasiga ajratilgan mablag‘ haqida gapirgan vazir va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Yunusoboddagi eman daraxtlari kesilmayapti, ko‘chirilyapti — Ekologiya boshqarmasi
22 may 2024, 22:32

Yunusoboddagi eman daraxtlari kesilmayapti, ko‘chirilyapti — Ekologiya boshqarmasi

Toshkent shahri Ekologiya boshqarmasi sobiq MXX binosi oldidagi 26 tup eman daraxti kesilmayotganini, aksincha boshqa hududga belgilangan tartibda ko‘chirib o‘tqazilayotganini ma’lum qildi. Ushbu daraxtlar keyingi 3 yil davomida doimiy parvarish ostida bo‘ladi, deya ta’kidladi boshqarma.

Shaffof gaz “zapravka”lari egalari va xodimlariga nisbatan hukm chiqarildi
22 may 2024, 20:42

Shaffof gaz “zapravka"lari egalari va xodimlariga nisbatan hukm chiqarildi

Sud Shaffof metan “zapravka"lari egalari va ishchilariga hukm o‘qidi. Ish materiallarida 447,5 mlrd so‘mlik soliqlarni to‘lamaganlik, 1,37 trln so‘mlik savdo qoidalarini buzish, jinoiy daromadlarni legallashtirish holatlari qayd etilgan. Asosiy ayblanuvchilar — aka-uka Toshmatovlar — 9 yil 2 oyga qamaldi.

Andijondagi bog‘chada tarbiyachi sherigini urgan bolani kaltakladi
22 may 2024, 19:17

Andijondagi bog‘chada tarbiyachi sherigini urgan bolani kaltakladi

Andijondagi bog‘chada tarbiyachi sherigi bilan janjallashgan bolaning yuziga urdi. Bolaning otasi IIBga ariza berdi, hozirda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

ANORBANK “O‘zbekiston tijorat banklarining eng yaxshi mobil ilovalari” reytingida birinchi o‘rinni egalladi
22 may 2024, 19:00

ANORBANK “O‘zbekiston tijorat banklarining eng yaxshi mobil ilovalari” reytingida birinchi o‘rinni egalladi

ANORBANK 2024-yilda ketma-ket to‘rtinchi marta SNS Ratings agentligi tomonidan tuzilgan “O‘zbekiston tijorat banklari mobil ilovalarining yakuniy reytingi”da o‘z yetakchiligini saqlab qoldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting