18 va 19-may kunlari “Yil brendi 2023” mukofoti bilan taqdirlash marosimida “Asakabank” AJ “Moliya.Banklar” yo‘nalishi bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritdi.
23−26-may kunlari O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, sel va toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 31-may, 1−2-iyun kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Yozuvchilar uyushmasi faxriy a’zosi, turkolog va tarjimon Ramiz Asqar 70 yoshda vafot etdi. U Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari va “Xamsa”sini ozarbayjon tiliga tarjima qilib, Bokuda chop ettirgan. “Do‘stlik” ordeni sohibining ozarbayjonchaga o‘girgan “Boburnoma” asari Islom Karimovga sovg‘a qilingan.
Narpay tumanida mast holda mashina boshqargan 70 yoshli erkak 2-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Oqibatda uning qo‘li sindi. Erkak avval ham spirtli ichimlik ichib mashina boshqargani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgandi. “Endi ichmayman, mashina ham haydamayman”, — dedi u.
Ichki ishlar vazirligi xodimlari 1000 dollar olayotgan ikki shaxsni qo‘lga oldi. Ular mahkumni tanishi orqali Bo‘ka tumanidagi 43-sonli manzil koloniyadan Ohangaron yoki Olmaliqdagi koloniyaga ko‘chirishni va’da qilgan.
Farmatsevtika sohasining yetakchi mutaxassislaridan biri Farruh Mirazizov ma’lumotlarni tahlil qilish, yangi dori vositalarini izlash va tadqiqot jarayonlarini optimallashtirish loyihasini joriy etdi.
4−5-may kuni Toshkentda an’anaviy bahorgi IT ECO FEST 2024 eko-festivali bo‘lib o‘tdi. Festival “Toza havo qani?” va “Toza havo sari” shiorlari ostida tashkil etildi.
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi huzurida Mahallalar faoliyatini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda. Uyushmaga mahallalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha aholining murojaatlari uchun call-markaz ochish topshirildi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida fuqarolarni Haj safariga noqonuniy yuborishga uringanlarni qo‘lga oldi.
Bojxona xodimlari yoqilg‘i tashish mashinasini hujjatlarda vazni 18 tonnadan 20,6 tonnaga o‘zgartirib yozib, 791 million so‘mlik bojxona imtiyozlarini o‘zlashtirishga uringan shaxslarni aniqladi. 2025-yil 1-yanvargacha 20 tonnadan oshadigan maxsus va yuk transport vositalari bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.
Yunusobod tumanida tunda ekskavator yordamida bir tup daraxtni qo‘porib olgan ikki shaxsga sud hukmi o‘qildi. Ularga 5 sutka qamoq va jarima jazosi tayinlandi, 27,8 mln so‘m zarar undirib olindi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov budjet taqchilligi sharoitida “Ovoz” teleloyihasi uchun salkam 2 mlrd so‘m, “Bobolarim” kino-klipiga esa 2,7 mlrd so‘m ajratilganiga munosabat bildirdi. Uning aytishicha, boshqa sohalarni bo‘lgani kabi san’at va madaniyatni ham qo‘llab-quvvatlash kerak.
2023-yilda O‘zbekistondagi 140 ta muzeyga 5,7 mln kishi tashrif buyurgan. Registon ansambli va Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasining har biriga milliondan ortiq odam kelgan.
Toshkent xalqaro aeroportida 20-maydan Europcar brendi ostidagi avtomobillarni ijaraga olish imkoniyati yaratildi. U yerda ishlab chiqarilgan yili 4 yildan, yurgan masofasi 80 ming kilometrdan oshmaydigan avtomobillar ijaraga beriladi.
13-mayda e’lon qilingan 2024 Fortune China ESG Impact List ro‘yxatida Chery kompaniyasining ESG sohasida erishgan yutuqlari e’tirof etildi.
Ispaniyaning World2Fly aviakompaniyasi Urganch va Toshkent shaharlaridan Madridga charter reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Ilk parvoz 23-mayda amalga oshiriladi.
Farg‘ona tumanida joylashgan AGTKSH tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga 1 mlrd 136 mln so‘mlik zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Qoidabuzar iste’molchiga chora ko‘rish uchun hujjatlar tegishli organlarga taqdim qilindi.
Davlat tashrifi bilan Toshkentga keladigan Putin, Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasi, Qibraydagi 6 gektar maydonda quriladigan chiqindi poligoni, Parijdagi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun 73,3 mlrd so‘m va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Prezident Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi faoliyatiga doir yig‘ilishda dorilar xaridini tartibga solish, tez tibbiy yordam tizimini takomillashtirish, sohani raqamlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tibbiy sug‘urta tizimi soliqlar hisobidan bo‘ladi va qo‘shimcha badallar undirilmaydi, dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting